Ma'naviy omillar - bu faktorlar soliq qonunlarini ijtimoiy, doimiylik va daxlsizlik printsiplariga to'g'ri kelmaslik bo'lib, qonunlarning obro'sini va ta'sirini pasaytiradi.
Bundan tashqari soliq stavkalarining yuqori bo'lishi, o'z navbatida, soliq to'lovchilar tomonidan unga nisbatan ichki qarshilik hissini uyg'otadi va soliq to'lashdan bo'yin tovlash to'g'risidagi turli xil fikrlarga olib keladi.
Masalan; foyda solig'ining stavkasini yuqoriligi, korxonadan foyda olishga bo'lgan ishtiyoqini pasaytirib yuboradi yoki qandaydir yo'llar bilan soliqqa tortiladigan foyda hajmini kamaytirish harakat qiladi. g'ki bo'lmasa, bizning qonunlarimizga asosan soliqlarni realizatsiya qilingan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun emas, balki yuklab jqnatilgan va hali puli to'lanmagan paytdan boshlab hisobga olinishi va boshqalar.
Iqtisodiy omillar - bunda soliq to'lovchilar soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida unga bo'ladigan ta'sirlarni qrganadilar.
Agarda, soliq stavkasi qanchalik yuqori va qo'llaniladigan jarima summalari qanchalik past bo'lsa, soliq to'lovchi uchun shunchalik soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasi samarali bo'ladi.
Albatta, bunday holatlarda soliq soliq to'lovchilar soliq to'lamaslik har qanday yo'llar bilan harakat qilishadi, chunki birinchi tomondan joriy etilgan barcha turdagi soliq va to'lovlarni to'lanishi soliq to'lovchining iqtisodiy holatiga katta ta'sir qilib, uni ahvolini og'irlashtirishiga olib kelishiga ta'sir qilsa, soliq to'lamaslik esa unga o'z iqtisodiy potentsialini saqlab qolishi uchun yagona iqtisodiy yo'l bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Ikkinchi tomondan moliyaviy jarimalarni iqtisodiy jihatdan kuchsiz bo'lgan sub'ektlarga qo'llanilishi, nafaqat uni rivojlanishdan balki undan keyin umuman faoliyat ko'rsata olmaslikka olib kelishi mumkin. Chunki barcha foydasini qarzlarni to'lashga sarflamasa, unga hisoblanayotgan ustama foiz summalar ham tobora oshib boraveradi.
Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, soliq to'lashdan bo'yin tovlashning barcha formalari, iqtisodiy qsish sur'ati pasayayotgan hamda tanazzulga uchrayotgan mamlakatlarda yuqori darajada bo'ladi.
Chunki bunday sharoitlarda soliq to'lovchilaming moddiy sharoitining yomonlashuviga mamlakat miqyosida mahsulot, tovar va xizmatlarga bo'lgan talablaming pasayishi ham katta ta'sir qiladi.
Albatta, to'lov qobiliyatining pasayishi natijasida tovar oborot hajmi qisqaradi hamda korxona o'ziga tegishli soliqlarini ololmay qoladi. Natijada korxona o'z qobiliyatini saqlab qolish maqsadida soliq qonunchiligida ta'kidlangan turli yo'llarni izlashga tushadi.
Masalan: soliq organlari tomonidan soliq to'lovchilarni to'la hisobga ola olmaslik, xo'jalik operatsiyalarga taalluqli hujjatlarni barchasini tekshirishdan to'la o'tkaza olmaslik, tekshiruvchilarning bilim darajasi, korruptsiya va shunga qxshash holatlarning mavjudligidir.
Ko'pgina mamlakatlarda, ayniqsa, g'arbda, soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlarini xalq xo'jaligining tarmoqlari va faoliyat turlaridan kelib chiqib taqiq etadilar. Afsuski, biz mamlakatimiz bo'yicha ana shunday ma'lumotlarga ega emasmiz. Bizda ham, hech bo'lmaganda, kompleks tekshiruvlar yakunlari bo'yicha soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlashga doir ma'lumotlarni qrganish va tahlil qilish tashkil etilsa maqsadga muvoflq bo'lar edi. Qaysi tarmoqlarda va qanday soliq turlari bo'yicha bo'yin tovlashlar mavjudligini, ularning sabablari, soliq qonunlari yoki yqriqnomaviy hujjatlarning zaif tomonlarini aniqlash joiz.
Jahon amaliyotida soliq to'lashdan bo'yin tovlash hamda soliqdan qochish degan tushuncha mavjud bo'lib, ularning amaliyotda qo'llanilishi turlichadir. Ularning bir - biridan farqi shundaki, soliq to'lashdan bo'yin tovlash deganda mamlakatning mavjud bo'lgan qonun qoidalariga amal qilmagan holda yoki unga zid ravishda ayrim paytlarda ochiqdan - ochiq bo'ysunmasdan faoliyat ko'rsatish natijasida olgan daromadlarni yashirish tushuniladi.
Soliqdan qochish yoki soliqlarni aylanib qtish deganda esa, mavjud barcha qonun qoidalarni to'la o'zlashtirgan holda, soliq to'lovchi uchun tegishli bo'lgan imtiyoz va vaqtinchalik engilliklardan foydalanib o'zining davlat oldidagi majburiyatlarni eng minimum holatga keltirish tushuniladi.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning turli formalarini yuqorida sanab o'tgan bo'lsak, soliqdan qochishning quyidagi formalari mavjud:
soliq qonunlarining takomillashmaganidan yoki qonun, qaror,
yqriqnoma va ko'rsatmalaming ayrim tomonlarini bir - biriga zid
kelishidan foydalanish;
ma'lum muddatga soliq to'lashdan imtiyoz berilgan mamlakatlar
bilan qqshma korxonalar tuzish;
soliq stavkalari past bo'lgan mamlakatlar bilan turli xil shartnoma
va sxemalar orqali yoki mablag'larni aylantirish yoki jalb qilish;
mamlakatlar o'rtasida ikki yoqlama soliq solish to'g'risida
shartnomalarnig yqo'ligidan foydalanish;
flliallar tashkil qilish va soliq solinmaydigan tovar ishlab chiqarish
va xizmatlar ko'rsatish kabilardir.
Umuman olganda soliq to'lashdan qonuniy yo'l bilan qochish yoki soliqlarni aylanib qtish, bu soliq to'lovchilarning bilimdonligi, ijodkorligi va soliq maslahatgqylarining yuqori darajada professionalligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |