Soliq amaliyotida huquqbuzarlikning quyidagi xarakterli turlari mavjud:
Mansabdor shaxslar tomonidan yo'l qo'yilgan huquqbuzarliklar;
Coliq to'lovchining xo'jalik faoliyatiga qonunga xilof ravishda to'sqinlik qilish, ya'ni soliq hisobiga qo'yishdan, ruxsatnoma yoki bank yoxud boshqa kredit muassasasida hisob raqami ochish uchun zarur boshqa hujjatni berishdan soliq organi mansabdor shaxsining noqonuniy bosh tortishi;
- soliq to'lovchining banklar yoki boshqa kredit muassasalaridagi hisob raqamlari bo'yicha operatsiyalarini noqonuniy tqxtatib qo'yish yoki soliq to'lovchining mol-mulkini noqonuniy ravishda xatlash;
-soliq organi mansabdor shaxsi tomonidan soliq to'lovchining oddiy amaliy operatsiyalarini amalga oshirishni jiddiy ravishda mushkullashtiradigan usullar va yo'llar bilan nazorat harakatlarini qonunga xilof ravishda amalga oshirilishi;
-hisob harakatlari va hisobot hujjatlarining turlari va hajmlarini qonunga xilof ravishda kengaytirish talabi;
-maslahatlar berishdan bosh tortish yoki maslahatlarni taqdim etmaslik, ya'ni soliq organi mansabdor shaxsining soliq to'lovchi yoki soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchisiga soliq solish tartibi va shartlari, uning huquqlari va majburiyatlari to'g'risida bepul yozma axborot berishdan bosh tortish yoki bunday axborotni belgilangan muddatda taqdim etmasligi;
-soliq sirini oshkor etish, ya'ni qonunchilikka muvofiq soliq sirini tashkil etadigan, ularning o'z munosabati bilan soliq organining mansabdor shaxsiga ma'lum bo'lgan ma'lumotlardan g'ayriqonuniy foydalanish yoki ularni boshqa shaxsga berish. Kredit beruvchi va boshqa muassasalar xodimlari tomonidan yo 7 qo 'yiladigan bir qator huquq buzilishlari ham mavjud bo'lib, ular ham soliq to'lovchilar tomonidan huquq buzilishlari paydo bo'lishga imkon yaratadi. Bular quyidagilardir:
Soliq to'lovchiga hisobraqamini noqonuniy ravishda ochish, ya'ni bank yoki boshqa kredit muassasasi tomonidan soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob kitob, joriy, ssuda, depozit va boshqa hisobvaraqlarning ochilishi;
soliq to'lovchi to'g'risidagi axborotni taqdim etishdan bo'yin tovlash, ya'ni soliq organining uchinchi shaxs-soliq to'lovchiga taalluqli hujjatlarni taqdim etish to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab uzoq vaqt bajarmaslik yoki bunday hujjatlar yohud axborotni taqdim etishdan soliqni hisoblab chiqish uchun zarur axborotni taqdim etishdan bosh tortish, ya'ni soliq organining shaxsni soliq to'lashga jalb etish uchun asos bo'lib hisoblanadigan yuridik faktlarni qayd etadigan hujjatlarni taqdim etish to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab uzoq vaqt bajarmaslik;
soliq to'lovchiga hisobraqamini noqonuniy ravishda ochish, ya'ni bank yoki boshqa kredit muassasasi tomonidan soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob-kitob, joriy, ssuda, depozit va boshqa hisobvaraqlarning ochilishi.
Soliq to 'lovchilar yol qo`yadigan eng xarakterli huquq buzilishlari quyidagilar hisoblanadi:
soliq organida o'z vaqtida ro'yxatdan o'tmaslik, ya'ni soliq
to'lovchi sifatida ro'yxatdan qtish uchun soliq organiga murojaat qilish
uchun belgilangan muddatni o'tkazib yuborish;
soliq organida ro'yxatdan qtishdan bo'yin tovlash, ya'ni ataylab,
soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan qtish uchun soliq organiga murojaat
qilish majburiyatini uzoq vaqt bajarmaslik;
buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibini buzish, ya'ni
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida soliq to'lovchi tomonidan amalga
oshirilayotgan xo'jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining umumiy
qabul qilingan uslubiy qoidalariga muvofiq aks ettirish tizimining
yqo'ligi;
buxgalteriya hisobini yuritish tartibining buzilishi, ya'ni xo'jalik
operatsiyalarini buxgalteriya hisobining umum qabul qilingan uslubiy
qoidalariga muvofiq aks ettirish tizimining yqo'ligi;
buxgalteriya hisobini yuritish tartibining buzilishi, ya'ni xo'jalik
operatsiyalarini hujjatlashtirish va ularni buxgalteriya registrlarida aks
ettirish qoidalarining buzilishi moliya-xo'jalik faoliyatining natijalarini
buxgalteriya hisobining tegishli bo'lmagan hisobvaraqalarida aks ettirish
balansning raqam ko'rsatkichlarini hisob-kitob qilish tartibini buzadi,
soliqlarni to'g'ri hisoblash va to'lash ustidan nazoratni qiyinlashtiradi.
Bunday harakatlar natijasida hatto to'g'ri ma'lumotlar asosida soliq
solish ob'ektining hajmi kamaytirilishi mumkin. Jinoyatchilar
buxgalteriya ma'lumotlarini hisobga olmasdan noto'g'ri balans tuzadilar
yoki balans tuzish uchun to'g'ri bazadan foydalangan holda raqamlardan
o'z xohishlaricha foydalaniladilar yoki balans pozitsiyalarini
o'zgartiradilar, bunda balansning to'g'ri tuzilgan pozitsiyalari odatda
qonunga xilof ravishda tuzilgan pozitsiyalar uchun yaxshigina niqob
vazifasini qtaydi;
buxgalteriya hisobotini tuzish tarkibining buzilishi, ya'ni soliq
organiga belgilangan shaklga muvofiq kelmaydigan va me'yoriy
hujjatlar tomonidan belgilangan barcha ma'lumotlarni aks ettirmaydigan
buxgalteriya hisoboti hujjatlarni soliq organiga taqdim etish;
buxgalteriya hisobotining taqdim etish tartibini buzish, ya'ni
buxgalteriya hisoboti hujjatlarini belgilangan muddatdan keyin taqdim
etish yoki buxgalteriya hisobini taqdim etishdan bo'yin tovlash, ya'ni
hisoboti hujjatlarini belgilangan muddatlarda ataylab bir necha marotaba
taqdim etmaslik yoki soliq organining talabi bo'yicha taqdim etmaslik;
soliq imtiyozidan noqonuniy foydalanish, ya'ni soliq to'lovchi
tomonidan soliq organiga oldidan asossiz bo'lgan, soliq miqdorini
kamaytirish yoki ilgari to'langan yohud undirilgan soliqni qaytarish
uchun bevosita yoki bilvosita asos beradigan ma'lumotlar ko'rsatilgan
hujjatlarning taqdim etilishi yo'li bilan soliq to'lashdan bo'yin tovlash;
soliq to'lamaslik yoki o'z vaqtida to'lamaslik, ya'ni soliq
to'lovchining soliqni qonun tomonidan belgilangan muddatda
to'lamasligi yoki belgilangan muddatdan keyin to'lashi;
g'ayriqonuniy naqd hisob-kitoblar, ya'ni qonun hujjatlari
tomonidan belgilangan cheklashlarni buzgan holda hisob kitoblarni naqd
pul mablag'lari bilan amalga oshirish;
kassa intizomini buzish, ya'ni naqd pul mablag'larini kirim qilish,
saqlash va ishlatishning qonun tomonidan belgilangan tartibini buzish;
korxonaning moliya-xo'jalik faoliyati natijalarini buxgalteriya
hisoblarida to'liq yoki qisman aks ettirmaslik. Masalan, bitimlarni
rasmiylashtirmasdan amalga oshirish, tovar-moddiy boyliklarni kirim
qilmaslik;
iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisobga olish tarkibini buzish, xususan,
moliya-xo'jalik faoliyatining raqamli natijalarini buxgalteriya hisobining
tegishli bo'lmagan hisob-varaqlarida aks ettirish. Ko'p hollarda
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar yashiriladi, odatda,
tadbirkor sifatida ro'yxatga olingan shaxslar yoki imorat, uy-joy
xonalari, garajlar, avtomobillar va boshqa mol-mulkni ijaraga berishdan
daromad oladigan shaxslar soliq to'lamaydi;
nazorat harakatlarini amalga oshirishda tqsqinlik qilish, ya'ni
xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mansabdor shaxslari, shuningdek,
yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug'ullanadigan jismoniy shaxs tomonidan soliq organining qaroriga
ko'ra hujjatli yoki faktlar bo'yicha nazorat qilish chora-tadbirlarini
amalga oshirishni jiddiy tarzda qiyinlashtiradigan yoki ularni yo'qqa
chiqaradigan shart-sharoitlarning ataylab barpo etilishi;
soliq organi mansabdor shaxsining qonuniy talabi yoki
farmoyishiga itoat etmaslik, ya'ni soliq organi mansabdor shaxsining
soliq qonunchiligi buzilishlarini bartaraf etish yoki ularni oldini olish
to'g'risidagi qonuniy talabi yoki farmoyishini uzoq vaqt bajarmaslik
yoki tegishlicha bajarmaslik;
• soliq to'lashdan bo'yin tovlash -soliq sohasidagi huquq
buzilishlarining eng ko'p uchraydigan va eng xavfli guruhi. Bunday
huquq buzilishlarining mohiyatini soliq to'lovchining byudjet oldidagi majburiyatlarini bajarmasligi yoki tegishlicha bajarmasligi tashkil etadi. Soliq to'lashdan bo'yin tovlash, odatda, korxona tomonidan soliq imtiyozlaridan noqonuniy foydalanishi, soliqlarni o'z vaqtida to'lanmaslik daromadlarini yashirish, soliqlarni hisoblash va to'lash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik ko'rinishida amalga oshiriladi. Soliq to'lashdan bo'yin tovlash bozor raqobat asoslarini qqporadi, boqimandachilikni halol soliq to'lovchi bilan taqqoslanganda e'tiborliroq mavqega chaqirib qo'yadi. Undan tashqari, bir shaxsning soliqni kam to'lashi boshqa soliq to'lovchilar hisobiga amalga oshiriladi: davlat stavkalarini ko'paytirishga yoki soliqqa tortishning yangi turlaridan foydalanishga majbur bo'ladi.
Soliq solish ob'ektini hisoblash harakatlari soliq to'lashdan bo'yin tovlashning keng tarqalgan turlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Masalan, jinoyatchilar tomonida qqshma faoliyatni amalga oshirish maqsadida birlashtiriladigan mablag'lari soliqqa tortilmaydi, degan qoidasidan foydalaniladi. Soliq to'lanmaslik maqsadida qqshma faoliyat to'g'risida soxta shartnomalar tuziladi, lekin uni amalga oshirish uchun amalda hech narsa qilinmaydi. soliq qonunchiligiga rioya qilmaslik va qonunlarni bilmaslik natijasida soliq qonunchiligi buzilishiga yo'l qqyayotgan soliq to'lovchilarning sonini ko'payayotgani hamda byudjetga qo'shimcha hisoblangan soliq summasi oshishidan dalolat beradi.
Ahloqiy-ruhiy jihatdan, shubhasiz, g'araz belgilovchi omil hisoblanadi. Soliq jinoyatlarini sodir etgan shaxslar ko'p hollarda moddiy ehtiyojlarini ko'proq qondirishga, ko'chmas mulk ob'ektlari, zebu-ziynatlar va hokazolarni sotib olishga intilishlari bilan ajralib turadilar. Soliq to'lashdan bo'yin tovlashni ular ko'zlangan maqsadlarga erishish usullaridan biri deb qarashadi.
Asosan soliq sohasida huquq buzilishlarini sodir etish tashabbusi korxona rahbarlaridan chiqadi. Ko'pincha jinoyat sodir etgan korxona rahbari amalga oshirgan moliya-xo'jalik operatsiyalaridan buxgalteriyani xabardor qilmaydi, pul tushumini esa kassaga topshirmay, o'z xohishicha ishlatadi.
Soliq to'lovchi va davlat munosabatlarida axloqiy mezonlarning susayishiga ko'pincha qonun chiqaruvchi ham sabab bo'ladi. Soliq qonunlari ba'zida qonunchilikning asosiy tamoyillariga-umumiylik, doimiylik va ehtirosdan holilikka muvoflq kelmaydi, bu esa mazkur qonunlarning nufuzi va obrqsini pasaytiradi. Bundan tashqari soliqning yuqori stavkasi belgilangan miqdorda soliq to'lovchi uni buzish ifodasi sifatida qabul qiladi va unga qarshilik ko'rsatishga o'zini haqli deb hisoblaydi.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning iqtisodiy omillari, belgilovchi omillar hisoblanadi. Soliq to'lovchi soliq to'lash va sanktsiyalar qo'llashning iqtisodiy oqibatlarini taqqoslaydi, tabiiyki, soliq stavkasi qancha yuqori va sanktsiyalar xajmi qancha past bo'lsa, bo'yin tovlashning iqtisodiy samarasi shuncha yuqori bo'ladi.
Ushbu muammoning boshqa jihati shundan iboratki, soliq to'lovchining iqtisodiy mavqei qancha yomon bo'lsa, bo'yin tovlashga undovchi asoslar shuncha yuqori bo'ladi. Birinchidan barcha soliq majburiyatlarini bajarish sub'ektning iqtisodiy ahvolini tang holatigacha yomonlashtirish mumkin. Soliq to'lashdan bo'yin tovlashni soliq to'lovchi ham yashab qolishning yagona imkoniyati deb qarashi mumkin. Ikkinchidan: iqtisodiy jihatdan zaif sub'ektga nisbatan qo'llanishi uni xonavayron qilishi mumkin bo'lsa-da, real istiqbollardan mahrum etilgan holda rivojlanayotgan sub'ektga nisbatan qo'llash tahdidiga qaraganda barcha narsani yo'qotish tahdidi unchalik jiddiy bo'lmasligi mumkin.
Iqtisodiy tushkunliklar davrlarida soliq to'lashdan bo'yin tovlash amaliyotda jiddiy qsadi, bu hoi nafaqat soliq to'lovchilar moddiy ahvolining yomonlashuvi, balki ular mahsuloti, ishlari, xizmatlari iste'molchilarining ham moddiy ahvoli yomonlashgani bilan izohlanadi, buning natijasida sotish narxlarini oshirish yo'li bilan soliq yukini zimmaga olish imkoniyati qisqaradi.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning texnik sabablari nazorat shakllari va usullarining takomillashmaganligi bilan ham bog'liq, ya'ni soliq organlari har bir xo'jalik operatsiyasini nazorat qilish, har bir buxgalteriya hujjatining to'g'riligini tekshirishga jismonan qodir emaslar, zero buning uchun ko'p miqdorda soliq xodimlariga ega bo'lish yoki nazorat yuritilishini kompyuterlashtirish va soliq to'lovchilarning moliyaviy hisobotlarining elektron ko'rinishida qabul qilish hamda soliq organlari bilan hamkorlikda elektron-axborot idoralararo va bank aloqalarini Ьафо etish zarur bo'ldi.
Soliq qonunchiligining takomillashmagani sababli soliq to'lashdan bo'yin tovlashga boshqa tushuncha-soliqdan qochish ya'ni soliqni rejalashtirish juda yaqindir.
Soliqlarni rejalashtirish qonun bilan yo'l qo'yiladigan barcha soliq imtiyozlarini va soliq majburiyatlarini qisqartirish usullarini qo'llagan holda soliqlarga chap berishning qonuniy usullaridir.
Soliqlarni rejalashtirishdan maqsad soliq majburiyatlarini amaldagi soliq qonunchiligi doirasida barqaror davr uchun imkoni boricha kamaytirishdir. Keyingi bo'limda ushbu masalalar ustida tqxtalib qtamiz.
Soliq qonimchiligiga rioya etilishi ustidan ta'sirchan nazorat tizimining bo'lishi umuman soliq tizimi faoliyat ko'rsatishining muqarrar sharti hisoblanadi. Shuning uchun soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirayotgan soliq organlariga nisbatan har qanday g'ayriqonuniy qarshiliklar soliq tizimi uchun ancha jiddiy tahdid hisoblanadi va tegishli munosabatni taqazo etadi.
54-mavzu: Marketing bozordagi faoliyat tizimi
Reja:
Marketing nima? Asosiy tushunchalar.
Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlari
Marketingni asosi nimada? Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan hisoblanadi.
Baker(1976)
Marketingni bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi.
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.
Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta'rifini ko'p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta'rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo'lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya'ni «Marketing» shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi».
Marketingga olimlar turlicha ta'rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday degan: «Marketing - bu bozorni o'rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta'rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarini erkin raqobatli ayirboshlashni ta'minlash yo'li orqali qondirishga yo'naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing - bu bir vaqtning o'zida biznes falsafasi va faoliyat jarayondir». Ushbu ta 'riflardan shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozomi o'rganish, u orqali iste'molchilarga ta'sir etishdan iboratdir. Talab bilan taklifni o'zaro ta'siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o'zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o'zaro ta'siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste'moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik — kishini biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir. Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab - bu xarid quvvatiga ega bo'lgan ehtiyoj.
Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur:
• talabni o'rganish;
• bozor tarkibini aniqlash;
• tovarni o'rganish;
• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni o'rgatadi:
• bozorni o'rganishni;
• uni taqsimlashni;
• tovarini joylashtirishni;
• marketing siyosatini olib borishni;
• tovar siyosatini;
• narx siyosatini;
• taqsimot siyosatini;
• siljitish (yo'naltirish) siyosatini;
• yuksalish, qo'shimcha xizmatlarini (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste'mol va boshqalarni kiritish mumkin).
55-mavzu: Tadbirkorlik faoliyatida marketing
Reja:
Do'stlaringiz bilan baham: |