1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari



Download 1,47 Mb.
bet97/111
Sana14.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#800076
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

9–jadval*

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining daromadlari tarkibining asosiy ko‘rsatkichlari




Ko‘rsatkichlar



2005 yil



2006 yil



2007 yil (prognoz)



Mln. so‘m.



Jamiga nisbatan % hisobida



Mln. so‘m.



Jamiga nisbatan % hisob.



Mln. so‘m



Jamiga nisbatan % hisob.



I. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlari daromadlari, jami



3310854



69,98



4042460,0



68,2



5100867,9



66,84



1. To‘g‘ri soliqlar



865830,2



18,30



1045920,6



17,6



1219647,9



15,98



1.1 Yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig‘i



209331,4



4,42



218955,1



3,7



261720,9



3,43



1.2 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromad solig‘i



66992



1,42



72960,1



1,2



110800,0



1,45



1.3 Soliq to‘lashning soddalashtirilgan shakliga o‘tgan mikrofirmalar va kichik korxonalardan olinadigan yagona soliq to‘lov



80722



1,71



95542,7



1,6



103888,9



1,36



1.4 Jismoniy shaxslar daromad solig‘i



465641,1



9,84



603416,7



10,2



689038,1



9,03



1.5 Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan qat'iy belgilangan soliq



43143,7



0,91



55045,0



0,9



54200,0



0,71



2. Bilvosita soliqlar, jami



1627909,5



34,41



1986656,3



33,5



2478178,1



32,47



2.1 Qo‘shilgan qiymat solig‘i



748938,2



15,83



1017352,0



17,2



1261691,5



16,53



2.2 Aksiz solig‘i



692628,9



14,64



760548,6



12,8



915682,1



12,0



2.3 Bojxona boji



66139,8



1,40



86754,5



1,5



116136,6



1,52



2.4 Yagona bojxona to‘lovi



56869,3



1,20



45883,9



0,8



73417,4



0,96



2.5 Jismoniy shaxslar tomonidan iste'mol qilingan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz uchun soliq



63333,3



1,34



76117,3



1,3



111250,5



1,46



3. Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i



629770,4



13,31



768184,1



13,0



931800,0



12,21



3.1 Mol-mulk solig‘i



109064,8



2,31



142580,0



2,4



191400,0



2,51



3.2 yer solig‘i



87411,9



1,85



138541,7



2,3



180300,0



2,36



3.3 yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq



333867,7



7,06



465749,1



7,9



531000,0



6,96



3.4 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq



13298



0,28



21313,3



0,4



29100,0



0,38



3.5 Ekologiya solig‘i



86128



1,82



0



0,0



0



0



4. Ortiqcha foydadan soliq



















161091,4



2,11


5. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish uchun soliq


52169,4



1,10



69614,5



1,2



121145,5



1,59


6. Boshqa daromadlar va soliqsiz tushumlar


135174,5



2,86



172084,9



2,9



198005,0



2,6


II. Moliya Vazirligi qoshidagi nobyudjet maktab ta'limi daromadlari fondi


146007



3,09



261855



4,4



364550,0



4,78


III. Davlat maqsadli fondlari daromadlari (Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya fondi, Respublika yo‘l fondi, Davlat bandlik fondi, Davlat mulk qo‘mitasi maxsus schyoti)


1274001,1



26,93



1623906,9



27,4



2165915,5



28,38



Jami daromadlar



4730862,1



100,00



5928222,3



100,0



7631333,4



100

*Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini "O‘zbekiston Respublikasining 2005 yilgi davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi 610-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 27-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2006 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida "gi 244-sonli hamda 2006 yil 18-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida "gi 532-sonli Qarorlari asosida tayyorlandi.


Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga egaki, boshqa soliqlarda bu holatni sezish qiyin. Chunki bu soliq har bir soliq to‘lovchi sub'ektining hayotida muhim rol o‘ynaydi. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlar milliy daromadni taqsimlashda davlatning, shu jumladan mahalliy xokimiyat va boshqaruv organlarining pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismini o‘zlashtirilishi ta'minlanadi. Milliy daromadning majburiy ravishda safarbar qilingan bu qismi davlat moliya resurslarining bir qismiga, uning hayotiy faoliyatining asosiga aylanadi.

Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishning huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatish usullari jiddiy ravishda o‘zgarmoqda. Ma'muriy ta'sir ko‘rsatish shakllaridan bilvosita iqtisodiy ta'sir ko‘rsatish shakllariga o‘tish muhim bo‘lib qolmoqda. Davlatning jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro iqtisodiy munosabatlarini tartibga solib turadigan eng kuchli vositalardan biri soliq tizimi bo‘lib, u bozor iqtisodiyotining qulay rivojlanish talablariga javob beradigan tarzda qurilishi ta'minlangan. Bu esa, soliqlarni davlatning mavjud bo‘lib turishi uchun muhim vazifalarni bajaruvchi zarur vosita bo‘lishi bilan bir qatorda, ular ham xo‘jalik sub'ektlarini, ham aholining manfaatlariga mos kelmoqda.
Respublikamizda yangi soliq tizimini shakllantirishda xorijiy tajribalardan, ayniqsa, yevropa hamjamiyatiga kiruvchi mamlakatlar va AQSh tajribasidan keng foydalanilmoqda. Soliq qonunchiligini muayyan iqtisodiy sharoitlarga eng ko‘p darajada yaqinlashtirishga, haddan tashqari murakkablik va chalkashlikdan holi bo‘lishga imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu esa zarurat tug‘ilganda qonunchilikni umuman qarab chiqish emas, balki faqat davr talabiga mos ravishda takomillashtirish istiqbolini ochib bermoqda.
Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, chet ellik fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan daromad solig‘i olish to‘g‘risida»gi qonuni bilan joriy qilindi. Keyinchalik unga ayrim tuzatishlar kiritildi. Masalan, ilk o‘zgarishlar 1991 yil 20 noyabrdagi qonun bilan, keyin 1992 yil 14 yanvardagi qonun, 1992 yil 2 iyuldagi qonun, 1992 yil 9 dekabrdagi qonun, 1993 yil 28 dekabrdagi qonun, 1994 yil 23 sentyabrdagi qonun bilan kiritildi. 1997 yil 24 aprelda tasdiqlangan va 1998 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi joriy etilishi bilan O‘zbekiston Respublikasining yuqorida sanab o‘tilgan qonun hujjatlari to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotdi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida keltirilgan soliqlar tizimi aslida 1997 yilda qo‘llanilgan soliqlar va asosan ularning amal qilish tartibi saqlanib qolindi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan olinadigan daromad solig‘i borasida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilingunga qadar o‘n uch marotaba katta-kichik o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Mana shunday katta-kichik o‘zgarishlarga chek qo‘yish maqsadida Soliq kodeksida aniq qilib soliq to‘lovchi sub'ektlarning majburiyatlari va huquqlari ishlab chiqildi.
Ushbu Soliq kodeksida soliq to‘lovchilarning majburiyatlari bilan huquqlari o‘rtasidagi bog‘liqlik soliq to‘lovchining majburiyatlari soliq inspeksiyalarning huquqlarida, shu bilan bir qatorda, soliq inspeksiyalarning majburiyatlari esa soliq to‘lovchi sub'ektlarining huquqlarida o‘z aksini topgan.
Respublikamizda jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqni olish to‘g‘risidagi zamonaviy qonunlarida umumiy bir ijtimoiy belgini ajratib ko‘rsatish mumkin. Jismoniy shaxslar avvalgi qonunga ko‘ra, ya'ni O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, chet ellik fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan daromad solig‘i olish to‘g‘risida»gi qonunni joriy etilishiga qadar, daromad manbalariga ko‘ra bo‘linar edi, ya'ni soliq to‘lovchilarning olti toifasi mavjud edi. Birinchi toifaga mehnat vazifalarini bajarishdan daromad oladigan va ularga tenglashtirilgan shaxslar kiritilgan. Ikkinchi toifaga – asosiy ish joyidan tashqari joyda bir marotabalik ishlarni bajarishdan daromad va boshqa to‘lovlar oladigan shaxslar, uchinchi toifaga – mualliflik qalam haqi oladigan shaxslar, to‘rtinchi toifaga - yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib daromad oladigan shaxslar kiritilgan edi. Dehqon xo‘jaligi yuritishdan daromad oladigan shaxslar soliq to‘lovchilarning beshinchi toifasini tashkil etgan. Boshqa daromad oladigan jismoniy shaxslar oltinchi toifaga kiritilgan.
Guruhlanishning eng muhim farqi – soliq stavkalarining darajasi edi. Eng imtiyozli soliq stavkalari yollanib ishlovchilar uchun va eng og‘ir stavkalar – yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan edi.
Hozirgi qonunlarda sub'ektlarni chegaralash daromad manbalari bo‘yicha emas, balki doimiy yashash belgisi (rezidentlar) va vaqtincha yashash belgisi (norezidentlar) bo‘yicha amalga oshirilib borilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 45-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs, ya'ni soliq to‘lovchi sub'ekt, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmish jismoniy shaxslarga ularning O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek, undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi. Norezident jismoniy shaxslarga faqatgina O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatdan olingan daromadlar bo‘yicha soliq olinadi.
Mamlakat mustaqillikni qo‘lga kiritgunga qadar bo‘lgan davrda amal qilgan qoidaga ko‘ra, daromad solig‘i har oyda, qayta hisoblashsiz hisoblanar edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida va ayniqsa, daromadlar hajmlari davrlar bo‘yicha katta farq bilan taqsimlanadigan mavsumiy tusdagi ishlarni bajarishda, bunday yondashuv maqbul bo‘lmay qoldi. Sababi, daromadning o‘rtacha darajasi uncha baland bo‘lmasa-da, aholi ayrim davrlarda ko‘proq soliq solinadigan katta daromad olishlari mumkin. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida yil boshidan boshlab o‘sib boruvchi yakun bo‘yicha daromad solig‘i hisob-kitobi qabul qilingan. Hisob-kitob qilishning bunday usuli soliqlarni har oyda alohida hisoblab chiqishdan murakkabroq bo‘lsa ham, to‘lanadigan soliq summasini fuqarolarning yillik o‘rtacha daromadga qarab tekislash imkonini beradi hamda soliqqa tortishda gorizontal adolatni ta'minlaydi.
Hayotiy tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina soliq to‘lovchilar daromad solig‘ining o‘sib boruvchi yakuniga ko‘ra ushlanishini hali ham yaxshi anglab yetmaganlar. Bunday qilish bilan ular yana qo‘shimcha haq to‘layapmiz deb o‘ylashadi. Lekin bu tushuncha xato tushuncha bo‘lib, bu ularning zarari uchun emas, balki foydasini ko‘zlab qilinadi. Bu fikrni tahlil qilib, shuni aytish kerakki, buxgalter o‘sib boruvchi yakunga ko‘ra hisoblash usulini qo‘llar ekan, hisob-kitobda to‘lovchining bundan oldingi davr uchun jami umumiy daromadini hisobga oladi. Bunda u daromad solig‘ini hisoblar ekan, to‘lovchi uchun ancha qimmatga tushadigan bir oylik shkaladan emas, balki butun hisob-kitob qilinadigan davr shkalasidan foydalanadi (bir kalendar yili uchun). Bu bilan olingan jami daromad ayni shu davr doirasida hisoblab chiqiladi. Natijada, daromadning qaysi oyda eng salmoqli bo‘lganidan qat'iy nazar, daromad solig‘i eng yirik summadan emas, balki o‘rtacha darajaga keltirilgan ish haqi minus barcha ilgari to‘langan soliqlar tartibida hisoblanadi.
Yana ikkinchi afzallik ham mavjud bo‘lib, u shundan iboratki, bunday usul qo‘llanilganida aslida har bir oy uchun qayta hisob-kitob amalga oshiriladi. Bu ham o‘ziga xos bir ehtiyotkorlik, chunki shunday qilinganida ko‘pincha hisob-kitoblarda ilgari yo‘l qo‘yilgan xatolar ham aniqlanadi. Mabodo to‘lovchidan ortiqcha summa undirilgan bo‘lsa (shunaqasi ham amaliyotda uchraydi), unda yil oxirida ilgari ushlab qolingan soliq summasi, agarda shaxsning boshqa soliqlardan qarzi bo‘lmagan taqdirda qaytariladi. Agar buxgalteriya qaysidir paytda bir ishchi yoki xizmatchini oylik maoshidan kamroq miqdorda ushlab qolgan bo‘lsa, unda qarzdor bo‘lgan o‘z qarzini uzishiga to‘g‘ri keladi. Bu adolatli holdir, chunki na davlat, na soliq to‘lovchilar rejadan tashqari xarajatlarga duch kelmasligi ham nazarda tutilgan.
Bunday tartib amal qilgan taqdirda yilning dekabr oyidagi shkalasi odatda yillik shkalaga muvofiq keladi. Shuning uchun ham yilning oxirida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan daromadlar haqidagi deklaratsiyalarga muvofiq soliqqa tortish ayni shu shkalaga binoan amalga oshiriladi. Umuman, daromadlarni deklaratsiyalash – ushbu bo‘limning alohida bobi bo‘lib, faqat shuni qayd qilib o‘tmoqchimizki, daromadlarni deklaratsiyalash o‘sib boruvchi yakunga ko‘ra soliq solish shkalasining afzalligini tasdiqlaydi. Bu narsa, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni bir necha joydan daromad olish hollariga tegishlidir. Tabiiyki, bunday joylarning har birida ham ish haqi to‘lanish jarayonida tegishli soliq stavkalari ushlab qolinadi. Shunga qaramasdan, baribir, barcha jismoniy shaxslar o‘z daromadini ko‘rsatuvchi deklaratsiyani topshirishda yil davomida olingan hamma daromadni ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Bunday daromadlar, qayd qilib o‘tilganidek, jamlab chiqiladi. Shundan so‘ng esa xodimdan to‘langan soliq chegirib tashlab, qo‘shimcha daromad solig‘i byudjetga o‘tkaziladi.
Xozirgi kunda jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish asosan quyidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinmoqda:


  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi;

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risida"gi 2004 yil 21 dekabrdagi 595-sonli Qarori.

  5. «Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002 yil 14 yanvardagi 10, 2002-16-son qarori bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2002 yil 14 martda 1110-son bilan ro‘yxatga olingan) Yo‘riqnoma;

  6. «Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning daromadidan qat'iy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003 yil 26 fevraldagi 37, 2003-33-son qarori bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2003 yil 03 aprelda 1230-son bilan ro‘yxatga olingan) Nizom.

52-mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan majburiy to‘lovlar va yig‘imlarning mazmuni


Reja:

  1. Kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq to’lovi



Mamlakat iqtisodiyotining rivojida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari salmog’i kun sayin ortib bormoqda. Masalan, ularning YaIM-dagi ulushi 2009 yilda 49%ni, 2010 yilda 52% ni tashkil qilgan, 2011 yilda 54 % ga yetkazish ko’zda tutilgan. Bu esa iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga aholi o’rtasida ishsizlik muammosining bartaraf etilishida ham muhim omil bo’ladi. Shu bois, yurtimizda mazhur sohani yanada rivojlantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini ko’paytirib, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti va hukumati bu sohaga alohida e’tibor berib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-3620-sonli Farmoniga asosan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, kichik biznes subyektlari uchun yagona Soliq to’lovi joriy etildi.

Ushbu farmon kichik biznes subyektlarini iqtisodiy rag’batlantirishni samarali tashkil etish orqali ularni yanada rivojlantirish va ularning Iqtisodiyotdagi ulushini oshirish maqsadida qabul qilindi.


Ilgori to’lanib kelingan quyidagi majburiy to’lovlar urniga Ushbu yagona Soliq qabul kilindi:
- yagona Soliq;
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;
- Respublika yo’l jamg’armasi;
- maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga majburiy ajratmalar.

Yagona Soliq to’lovi faqat kichik biznes subyektlari – mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbik etiladi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi PF-3305-sonli farmoniga ko’ra kichik biznes subyektlari tarkibiga 2004 yil 1 yanvardan boshlab, quyidagi lar kiritilgan:



  1. yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi lar;

  2. xodimlarining urtacha yillik soni:

- ishlab chiqarish tarmoklarida 20 kishidan;
- xizmat ko’rsatish soxasida 10 kishidan;
- ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish soxasida 5 kishidan oshmagan
mikrofirmalarda;



  1. quyidagi tarmoklarning urtacha yillik xodimlari soni:

- yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik yogochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati 100 kishidan;

- mashinasozlik metallurgiya yokilgi-energetika va Kime sanoati, Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish soxalari 50 kishidan;

- Fan, ilmiy, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish soxasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan soxalar 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.



Soliq obyekti

Kichik biznes subyektlariga Soliq solish obyekti bo’lib , yalpi tushum hisoblanadi.

Yalpi tushum quyidagi daromadlardan tashkil topadi:



  1. tovarlarni (ish va xizmatlarni) sotishdan olingan sof pul tushumi;

  2. asosiy faoliyatning boshqa daromadlari;

  3. moliyaviy faoliyat daromadlari;

  4. fovkulodda yuzaga kelgan daromadlar


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish