bitimlarini tuzishda uning ostida harakat qiladigan raqam (kod, shifr) oladi. Ayrim
birjalarda brokerlik firmasining raqamli kodiga xarflar qo'shiladi
yoki umuman
xarflar bilan almashtiriladi, bunda u qat'iy belgilangan (4dan 6gacha) xarflarga ega
bo'ladi.
Birinchi bosqichda brokerlik firmasi faoliyati uni ta'sis etgan yuridik yoki
jismoniy shaxslarning mablag'lari hisobiga, keyinchalik esa- vositachilik
faoliyatidan olinadigan daromadlar (tuzilgan bitimlar uchun komission to'lovlar
hisobiga shakllanadigan) va mijozlarga
Brokerlik firmasining funktsiyalari
quyidagilardan iborat :
1. bitimlar tuzishda birja vositachiligi, ya'ni buyurtmachining topshirig'i bilan
birjada turli topshiriqlar bajarish; tovar, shartnoma, tovarayirboshlash operatsiyalari,
qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi (fond birjalarida mos
keluvchi malakaviy attestat
mavjudligida);
2. birjadan tashqari vositachilik, ya'ni mijozlar o'tasida birjani aylanib o'tgan
holda bitimlar tuzish;
3. mijozlarga birja va marketing faoliyati masalalri bo'yicha maslahatlar
berish, zarur tijorat axborotlari to'plash;
4. tuzilgan bitimlarni hujjatlarda rasmiylashtirish;
5. amaldagi qonunchilikka va mos keluvchi birjaning me'yoriy hujjatlariga zid
kelmaydigan boshqa funktsiyalar. ko'rsatiladigan turli marketing xizmatlari uchun
to'lovlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Brokerlik firmasi xodimlar shtati va unda band bo'lganlar mehnatiga haq to'lash
hajmi firma egasi yoki rahbari tomonidan firmaning daromadlilik darajasiga qarab
belgilanadi.
Brokerlik xizmatlari uchun to'lovlar odatda firma va mijoz o'rtasida bitim
summasiga qarab belgilangan foiz miqdorida o'rnatiladi (masalan, bitim summasi
qancha katta bo'lsa, foiz shunchlik kichik bo'ladi).
Yirik firmalar komission ajratmalarni bekor qilish va turli qo'shimcha xizmatlar
taqdim etishdan (aloqadan
foydalanish, maslahat berish va h.k.) daromad olishni
taklif etadi.
Mijozning topshirig'i bo'yicha harakat qilar ekan, brokerlik firmasi bitimni
uning nomidan tuzadi. Qoidaga ko'ra, brokerlik firmasi bitimlarda kontragentlar
bilan hisob-kitoblarda ishtirok etmaydi va uning hisobraqamiga faqat komission
to'lovlar kelib tushadi. Biroq brokerlik firmasining tovarni keyinchalik qayta sotish
maqsadida sotib olish varianti ham mavjud. Bu holatda
u dilerlik operatsiyalarini
amalga oshiradi, uning daromadi esa xarid va sotuv narxi o'rtasidagi farqdan iborat
bo'ladi.
Birjada ishlayotgan brokerlar va brokerlik firmalari bitimlarni birja savdosi
Qoidalariga muvofiq amalga oshiradi; birjada sotish uchun taklif etilayotgan
mahsulot va xizmat turlari haqida axborot xarid qiladi yoki oladi; belgilangan
tartibda
birja personali xizmatlaridan, jumladan, savdo zallari va boshqa birja
binolaridan, aloqa vositalari va boshqa idora texnikasidan (jumladan, hisoblash
texnikasidan) foydalanadi; birjaning arbitraj komissiyasi ishida qatnashadi.
Brokerlar bozor kon'yunkturasini, mahsulotni xarid qilish va sotish
imkoniyatlarini
har tomonlama biladi, ancha tor tovarlar assortimentiga
ixtisoslashadi. Brokerning vazifasi tovarni umumiy bozor aylanmasiga kiritishga
ko'maklashishdan iborat.
Tovar egasi bo'lgan sotuvchilar savdo bo'ladigan kundan kamida bir kun oldin
tovar birjasida ishlaydigan brokerlarga ularning tovarini sotish haqida topshiriq
beradi. Brokerlik firmasi (idorasi) orqali brokerlik o'rnini birjada sotib olgan yuridik
shaxslar birjada faoliyat ko'rsatayotgan brokerlar hisoblanadi.
Brokerlar o'z hohishi bilan tovar mavjudligi va navlarini ko'rib chiqish, tovar
egasi bo'lgan sotuvchining topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo'lgan boshqa
axborotni talab qilish huquqiga ega. Topshiriqlar yozma ko'rinishda
rasmiylashtirilishi, bunda broker sotuvchining nomidan harakat qilish uchun
ishonchnomaga ega bo'lishi lozim. Birja yig'ilishida tovar egasi bo'lgan
sotuvchilarni topish taqiqlanadi. Savdo sektsiyalar - «yama» bo'yicha bo'lib o'tadi,
har bir sektsiyada birja tomonidan makler – savdoning boshlovchisi tayinlanadi.
Makler ulardan kelib tushgan iltimoslar tartibida brokerlarga o'z taklifini e'lon
qilish uchun so'z beradi.
Keyingi 3 daqiqa ichida talabni aniqlash ro'y beradi,
bunda broker sotuv
shartlarini o'zgartirishi mumkin. Agar broker taklifni bekor qilganini e'lon qilmasa,
u broker taklif qilgan shartlarda haqiqiy hisoblanadi va xaridorlar taklif ommaviy
ravishda bekor qilinmagunga qadar birja yig'ilishi davomida broker bilan bitim
tuzish huquqiga ega bo'ladi.
Tovar birjalarining muvaffaqiyatli faolit ko'rsatishi to'g'ridan-to'g'ri brokerlik
idoralariga bog'liq.
Birjada ishlayotgan brokerlik idoralari asosan universal idoralar hisoblanadi.
Brokerlik firma(idora)larining taxminan 30%i real tovar, masalan, don, paxta,
elektronika, qurilish materiallari va h.k. sotib olish va sotishga ixtisoslashadi.
Ularning ko'pchiligi davlat mulkini xususiylashtirishda qatnashshish uchun etarli
mablag'larga ega. Biroq daromadni brokerlar asosan birjaga a'zolikdan emas, balki
mulkdan, ya'ni ular amalga oshiradigan birja bitimlariga bog'liq bo'ladi. Broker
qanchalik ko'p operatsiya (bitim) amalga oshiradigan bo'lsa, u shunchalik ko'p
komission to'lov oladi. Broker mijozni «ovlash»ni o'rganishi lozim.
G'arb mamlakatlarida oddiy komissiya foizi 50-60ga teng, ya'ni agar bir oyi
ichida broker qimmatli qog'ozlar yoki real tovar bilan bir necha million dollarlik
operatsiyalar amalga oshiradigan bo'lsa, u darhol, ayniqsa, bozor faollashgan paytda
juda boyib ketishi mumkin. Bir so'z bilan aytganda, broker xuddi tozi it kabi yangi
izlarni qidirishga tushishi lozim.
Tovar va fond birjalarida yuzaga kelgan birja savdosi jarayoni quyidagi
ko'rinishga ega bo'ladi:
Makler birja tovari nomi va uning narxini arizalar kelib tushganda o'qib
eshittiradi. Broker makler e'lon qilgan tovarga qiziqishini qo'l ko'tarish yoki ovoz
bilan bildiradi. Tovarni sotuvga qo'ygan broker va unga
qiziqish bildirgan broker
bitimning qo'shimcha shartlarini o'zaro kelishib oladi. O'zaro kelishuvga kelingach,
brokerlar (broker-sotuvchi va broker-xaidor) tovar ko'rsatilgan va bitim ob'ekti
hisoblangan arizani imzolaydi. Shu paytdan boshlab bitim tuzilgan hisoblanadi.
ikkala tomon imzolagan ariza maklerga beriladi, u arizaga o'z imzosini qo'yib,
ro'yxatga olish sanasi va vaqtini iritadi. Shundan so'ng xalqadagi operator ro'yxtga
olingan bitim haqidadagi axborotni ma'lumotlar bankiga kiritadi.
Agar makler e'lon qilgan tovarga biron kishi qiziqish bildirmasa, bu pozitsiyani
e'lon qilgan broker (broker-sotuvchi) taklif qilingan tovarni o'zgartirish va bu haqida
makler orqali Birja yig'ilishiga xabar berish huquqiga ega. Buning uchun u qo'lini
ko'tarib belgi beradi yoki maklerga axborotni yozma ravishda topshiradi.
Agar u yoki bu pozitsiyaga nisbatan bittadan ortiq broker qiziqish bildiradigan
bo'lsa, makler konkurs savdosi o'tkazadi, unda quytdagi sharoitda arizada
ko'rsatilgan narx o'zgartirilishi mumkin:
bir nechta broker-xaridor mavjud bo'lsa, bunda bitimni amalga oshirish
huquqini ko'proq narx taklif qilgan kishi qo'lga kiritadi; bir nechta broker-sotuvchi
mavjud bo'lsa, bunda eng kam narx taklif qilgan kishi bitimni amalga oshirish
huquqini qo'lga kiritadi.
Agar pozitsiyani e'lon qilgan broker yoki arizachining o'rniga
bitim tuzish
vakolati berilgan broker arizada ko'rsatilgan shartlarda bitimni amalga oshirish yoki
ro'yxatga olishni rad qiladigan bo'lsa, bu belgilangan shartlarda bitimni amalga
oshirishdan bosh tortish sifatida baholanadi, savdo qoidalarining buzilishi deb tan
olinadi va jarima bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: