MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: Birinchi jahon urushining Angliya iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo‘ldi?
Angliyada 1- leyboristlar hukumati qachon tuzildi?
Angliyada 1931 yilgi hukumat inqirozining kelib chiqish sababini aytib bering?
Bolduin va Chemberlin konservativ hukumatlari tashqi siyosatda qanday yo‘l tutdi?
5.Vestminster nizomini izohlab bering.
6.Angliyaning Myunxen bitimida ishtirok etishidagi bosh maqsadini aytib bering.
7.Angliya Polshaga nega amaliy yordam ko‘rsatmaganlik sabablarini aniqlab bering.
Birinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillaridaFransiya.
Urush 10 ta sanoat deportamentini va ko‘pgina qishloq rayonlarni butunlay vayron qildi. Urushda 1 million 400 ming kishi halok bo‘ldi. Urush harajatlari natijasida ko‘rilgan zararning umumiy hajmi 200 milliard frankka etdi. Urush sutxo‘r imperializm mamlakati bo‘lgan Fransiyaning moliyaviy quvvatiga katta zarba berdi.
Fransiya AQSH dan 4 milliard dollar va Angliyadan 650 million funt sterling qarzdor bo‘lib qoldi. Fransiya shunday katta zarar evaziga o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan g‘alaba qozondi.
Fransiya Germaniyadan Elzas va Lotaringiyani qaytarib oldi. Marokash ustidan protektoratini mustahkamladi. Turkiya mustamlakalari bo‘lgan Suriya va Livanni idora qilish mandatini oldi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerunni Angliya bilan bo‘lishib oldi. Fransiya Yevropada o‘z gegemonligini o‘rnatishga zo‘r berib urindi.
Elzas va Lotaringiyaning qo‘shib olinishi natijasida fransuz metallurgiya sanoatining quvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo‘yicha Fransiya Yevropada birinchi o‘ringa chiqdi.
Germaniyadan olingan 8 milliard marka tovon puli sanoatni texnologiya jihatidan to‘la qayta qurish imkonini berdi. Ayniqsa, og‘ir sanoat, harbiy sanoat taraqqiy etdi. Ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi kuchaydi.
Bank va davlat apparati bilan bog‘liq bo‘lgan gigant monopolistik birlashmalar (“200 oila”) kuchayib ketdi. Fransuz bankining roli g‘oyat oshdi.
Ammo jahon miqyosida Fransiya sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jihatidan boshqa bir qator yirik kapitalistik mamlakatlardan orqada edi. Barcha kapitalistik mamlakatlarning birgalikda olingan umumiy sanoat mahsulotida Fransiyaning hissasi 1913 yilda 7,2 % bo‘lsa, 1937 yilda 5,1 % ni tashkil qildi, xolos.
1917 yil noyabridan beri mamlakatni Klemanso boshliq radikallar hukumati boshqarib keldi. Radikallar partiyasi mayda va o‘rta burjuaziyaga tayanuvchi partiya bo‘lib, uning yetakchisi Klemanso monopoliyalarning odami edi. U mamlakatda yarim harbiy-diktatorlik rejimini o‘rnatdi. Keyinchalik, sharoitga qarab Fransiyada turli burjua partiyalaridan iborat “milliy blok” va “so‘l blok”lar tuzildi.
“Milliy blok” 1919 yilda revolyutsion harakat yuksalib borayotgan sharoitda tashkil topdi. 1920 yil yanvaridan 1924 yil may oyigacha mamlakatni “Milliy blok” hukumati (Mileran, Lyeg, Brian, Puankare hukumatlari) boshqardi. Ko‘p o‘tmay Mileran prezidentliklavozimini egalladi.
Antanta bilan Germaniya va uning sobiq ittifoqchilari bo‘lgan Avstriya, Bolgariya, Vengriya va Turkiya o‘rtasidagi sulh shartnomalarining hammasi 1919-1920 yillarda Fransiyada Parij yonidagi joylar va saroylarda (Versal, Sen-Jermen, Neyi, Trianon, Syevrda) imzolanganedi. Ushbu shartnomalarda rasmiylashtirilgan xalqaro munosabatlar tizimi Versal tizimi nomini oldi.
Germaniya bilan Versal sulh shartnomasini tuzishda Fransiya Yevropada gegemonlik pozitsiyasini egallashni va Germaniyani ancha zaiflashtirishni mo‘ljallagan edi. Ammo Angliya va AQSH bunga yo‘l qo‘ymadi.
1921 yilda Fransiya Polsha bilan, 1921-1922 yillarda Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Ruminiya bilan ittifoqchilik bitimlarini va Fransiya ta’siri ostida keyingi uch davlatdan iborat bo‘lgan ittifoq tuzdi. Bu bitimlar va uch davlat ittifoqidan iborat bo‘lgan Kichik Antantaning tuzilishiavvalo Sovet Rossiyasiga, so‘ngra Germaniyaga qarshi qaratilgan va Fransiyaning Yevropada gegemonlik maqsadlariga qaratilgan edi.