1-Mavzu: Badiiy asar matnini tahlil qilish. Kognitiv strategiyalar. Dars davomida sinfni boshqarish strategiyalari Mashg‘ulot rejasi



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana08.02.2022
Hajmi0,85 Mb.
#436586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1mavzu 4 kurs ma'ruza-è«»¿Ó«óáÔý

Tadqiqot metodining 
mohiyati shundaki, u adabiy asarni mustaqil ravishda tahlil qila 
olishga oid ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish imkonini beradi. Bunda muammoli 
savollarni tadqiqotchilikka oid vazifalarni qo‘yish asosiy o‘rin tutadi. Faoliyat turlari sifatida 
esa badiiy asarni yaxlitligicha yoki qisman mustaqil tahlil qilish, qiyoslash, sahna asari yoki 
ko‘rilgan kinofilmga munosabat bildirish ajratiladi. 
Reproduktiv metodda
o‘quvchilar bilimlarni go‘yo tayyor holda olishadi. Albatta, 
buni mexanik tarzda tushunish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Garchi mulohaza va xulosalar tayyor holda 
berilsa-da, ular o‘quvchilarning oldin o‘zlashtirgan bilimlariga tayanadi, ularni kengaytiradi, 
5
Qarang: Krivshenko i dr. Pedagogika. Uchebnik. – Moskva, Prospekt, 2006.s.275 
6
Golubkov V. V. Metodika prepodovaniya literaturi. – M., 1962. – S. 69-70 
7
Rossiyskaya pedagogicheskaya entsiklopediya: V 2 t. T. 1 / Gl. red. V. V. Davidov. – M., 1993. – S. 566.
8
Kudryashev N. I. Vzaimosvyazi metodov obucheniya na urokax literaturi. – M., 1981 
Удалить Водяной Знак
Wondershare
PDFelement


shu asosda esa ulardagi yangi va nisbatan takomillashgan umumlashmalar uchun asos 
bo‘ladi. Bundagi faoliyat turlari sifatida ma’ruza rejasi yoki qisqacha konspektini yozish, 
darslik ustida ishlash, tayyor materiallar asosida ma’ruza tayyorlashni kiritish mumkin.
G. N. Ionin adabiy sharhlash, tanqidiy-publitsistik hamda adabiy izlanish metodlarini 
tavsiflab bergan. Jahon olimlari va metodistlarining yakdillik bilan ko‘satishlaricha, badiiy 
asarni o‘qish har qanday nazariy bilimlarning, amaliy ko‘nikmalaring hamda amaliy 
mashqlarning asosini tashkil etadi. Suhbat o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga 
chiqarishdagi eng qulay va samarali metodlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Suhbat 
vositasida yozuvchi shaxsi hamda u yaratgan badiiy asarning turli qirralariga e’tibor qaratish, 
o‘quvchining individual xususiyatlariga, badiiy asarni his etish darajasiga tayangan holda 
uning bu boradagi intilish va qiziqishlarini kengroq rivojlantirish mumkin bo‘ladi.
Ayrim mutaxassislarning maktab adabiy ta’limida ma’ruza metodining ustuvor mavqe 
tutishiga e’tiroz bildirishlari tasodifiy emas, Ularning nazarida mukammal tarzda 
rejalashtirilgan suhbat o‘quvchilarni badiiy asarning o‘zi bilan ham, tarixiy-adabiy muhit 
bilan ham jiddiyroq va yaqinroq tanishtira oladi, muallif tarjimai holiga oid fakt va 
materiallar bilan badiiy asar orasidagi bog‘lanishlarning teranroq ilg‘anishiga yo‘l ochadi. 
Aksincha, yolg‘iz ma’ruza metodiga tayanish asosiy og‘irlikning o‘qituvchi zimasiga 
tushishi uchun yo‘l ochadi, o‘quvchining passiv tinglovchi bo‘lib qolishini rag‘batlantiradi. 
Vaholanki, adabiy hodisalarning quruq sanog’i emas, balki ularning sharhli tavsifi, adabiy 
tahliligina o‘quvchilarning ong va shuurlariga kuchli emotsio‘zbek l ta’sir o‘tkazishi 
mumkin. Shunga qaramay, ma’ruza metodini inkor etish to‘g‘ri emas. Aslida badiiy asarni 
anglash va his etish o‘quvchilarning badiiy asarni o‘qishi, badiiy asar matnini idrok etishi, 
mana shu matn ustidagi jiddiy mustaqil ishlari oqibatida yuzaga keladi. Shunga qaramay
yozuvchining hayotiy va ijodiy yo‘li haqidagi o‘qituvchi ma’ruzasiga ham tabiiy ehtiyoj 
mavjud. Monografik xarakterdagi, umulashtiruvchi ruhdagi ma’ruzaar o‘z mazmun qamrovi, 
ayniqsa tegishli davr va yo‘nalishlardagi adabiy hodisalar mohiyatini teran, aniq va 
ta’sirchan tahlili bidan o‘quvchilarning badiiy-estetik mo‘ljal olishlari uchun yaxshigina 
yo‘llanma bo’la oladi. Kirish va yakunlovchi mashg‘ulotlarda ham ma’ruzaning o‘rni ancha 
salmoqli bo‘lishi mumkin. Albatta, ma’ruzaga suhbat, ifodali o‘qish elementlarining 
qo‘shilishi uning smaradorlik darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi
9
. Puxta rejalashtirilgan 
ma’ru-zalarda, odatda, 1) ijodkorning boshqalardan farqlanib turadigan o‘ziga xos 
xususiyatlari, olamni ko‘rish va ifodalashdagi ayricha jihatlari; 2) uning o‘z davri bilan 
yaqinlik darajasi, davr voqealarining ijodkor evolyutsiyasiga ko‘rsat-gan ta’siri; 3) 
ijodkorning tasvirlash mahorati, uning uslubidagi takrorlanmas jihatlar, yozuvchi ijodiy 
takomilining asosiy bosqichlari; 4) uning jamiyatning ijtimoiy hayotiga hamda bevosita 
adabiyot tarixiga ko‘rsatgan ta’siri yoki qo‘shgan hissasi yoritib beriladi. Bunda ma’ruzaning 
aniq chegara, hajm va maqsadlarga ega bo‘lishi, unda foydalaniladigan ko‘chirmalar, badiiy 
parchalar, tegishli sharh va izohlarning joylashtirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
9
Qarang: Bogdanova O. Yu., Leonov S. A., CHertov V. F. Metodika prepodavaniya literaturi. Pod redaktsiey O.Yu.
Bogdanovoy. Uchebnik dlya studentov ped. vuzov. 2-e izdanie, stereotipnoe. – M.: Izdavtelskiy sentr «Akademiya», 
2002, - 400 s 
Удалить Водяной Знак
Wondershare
PDFelement


Empatiya
metodi
(kirishish) 
Evristik
savollar
metodi.
Mohiyatni
ko‘ra olish
metodi
Taqqoslash
metodi.
Ramziy
ko‘rish
metodi.
Evristik
kuzatish
metodi.
Kognativ tahlil usuli
metodlari 
Albatta, har bir metod o‘z o‘rnida qo‘llanganidagina to‘g‘ri va samarali bo‘ladi. 
Jumladan, ma’ruza va o‘qituvchining bog‘lanishli nutqini mutlaqo in-kor qilish noo‘rin 
bo‘ladi. Hatto boshlang‘ich sinflardayoq ayrim hollarda o‘qituvchining ixcham tarzdagi 
ma’ruza va bog‘lanishli nutqi o‘quvchilarga ko‘plab yangiliklar berishi, ularning ong va 
shuuri, tuyg‘ulariga ijobiy ta’sir vazifasini ado etishi mumkin. Amaliyotda suqroto‘zbek
usul (savol-javoblar)ni ko‘proq kichik sinflarada, o‘qituvchi izohi va ma’ruzasini
(akademiik usul)ni esa yuqori sinflarda qo‘llanishi kuzatiladi. 
Ta’lim metodlarining bilim manbalariga ko‘ra tasnifi ham mavjud. Bunda lisoniy, 
ko‘rgazmali, amaliy metodlar ajratiladi. Lisoniy metodlar ta’lim metodlari orasida salmoqli 
o‘rin tutadi. Ayniqsa, hikoyalash, tushuntirish, suhbat, munozara, ma’ruza, kitob bilan 
ishlash adabiy ta’limdagi eng faol va qamrovli metodlar sifatida e’tirof etilgan. 
Ko‘rgazmalilik metodi esa turli ko‘rgazmali qo‘llanmalar, jadvallar, sxemalar, rasmlar, 
fotomateriallari, san’at asarlarining namunalari, texnik vositalar, audio va videojihozlar 
hamda komputer texnologiyalaridan foydalanishni qamrab oladi. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish