95
[100..200] oralig'idagi egizak tub sonlar:
{101,103}; {107,109}; {137,139}; {149,151};
{179,181}; {191,193}; {197,199}.
Kelishuv bo`yicha argumentlar.
C++ tilida funktsiya chaqirilganda ayrim argumentlarni tushirib qoldirish mumkin.
Bunga funktsiya prototipida ushbu parametrlarni kelishuv bo`yicha qiymatini ko`rsatish
orqali erishish mumkin. Masalan, quyida prototipi keltirilgan
funktsiya turli chaqirishga
ega bo`lishi mumkin:
//funksiya prototipi
void Butun_Son(int I, bool Bayroq=true, char Blg=‗\n‘);
//funksiyani chaqirish variantlari
Butun_Son(1, false, ‗a‘);
Butun_Son(2, false);
Butun_Son(3);
Birinchi chaqiruvda barcha parametrlar mos argumentlar orqali qiymatlarini qabul
qiladi, ikkinchi holda I parametri 2 qiymatini, bayroq parametri false qiymatini va Blg
o`zgaruvchisi kelishuv bo`yicha ‗\n‘ qiymatini qabul qiladi.
Kelishuv bo`yicha qiymat berishning bitta sharti bor - parametrlar ro`yxatida
kelishuv bo`yicha qiymat berilgan parametrlardan keyingi
parametrlar ham kelishuv
bo`yicha qiymatga ega bo`lishlari shart. YUqoridagi misolda I parametri kelishuv bo`yicha
qiymat qabul qilingan holda, Bayroq yoki Blg parametrlari qiymatsiz bo`lishi mumkin
emas. Misol tariqasida berilgan sonni ko`rsatilgan aniqlikda chop etuvchi dasturni
ko`raylik. Qo`yilgan masalani yechishda sonni darajaga oshirish funktsiyasi - pow() va
suzuvchi nuqtali uzun sondan modul olish fabsl() funktsiyasidan foydala-niladi. Bu
funktsiyalar prototipi «cmath» sarlavha faylida joylashgan:
#include
using namespace std;
#include
void Chop_qilish(double Numb, double Aniqlik=1,
bool Bayroq=true);
int main()
{
double Mpi=-3.141592654;
Chop_qilish(Mpi, 4, false);
Chop_qilish(Mpi, 2);
Chop_qilish(Mpi);
return 0;}
void Chop_qilish(double Numb,double Aniqlik=1,
bool Bayroq = true)
{ if(!Bayroq)Numb=fabsl(Numb);
96
Numb=(int)(Numb*pow(10,Aniqlik));
Numb=Numb/pow(10,Aniqlik);
cout<
Dasturda sonni turli aniqlikda (Aniqlik parametri qiymati orqali) chop etish uchun
har xil variantlarda Chop_qilish( ) funktsiyasi chaqirilgan.
Dastur ishlashi natijasida
ekranda quyidagi sonlar chop etiladi:
3.1415
-3.14
-3.1
Parametrning kelishuv bo`yicha beriladigan qiymati o`zgarmas, global o`zgaruvchi
yoki qandaydir funktsiya tomonidan qaytaradigan qiymat bo`lishi mumkin.
Ko`rinish sohasi. Lokal va global o`zgaruvchilar.
O`zgaruvchilar funktsiya tanasida yoki undan tashqarida e`lon qilinishi mumkin.
Funktsiya ichida e`lon qilingan o`zgaruvchilarga
lokal o`zgaruvchilar
deyiladi. Bunday
o`zgaruvchilar xotiradagi dastur stekida joylashadi va faqat o`zi e`lon qilingan funktsiya
tanasida amal qiladi. Boshqaruv asosiy funktsiyaga qaytishi bilan lokal o`zgaruvchilar
uchun ajratilgan xotira bo`shatiladi (o`chiriladi).
Har bir o`zgaruvchi o`zining amal qilish sohasi va yashash vaqti xususiyatlari bilan
xarakterlanadi.
O`zgaruvchi
amal qilish sohasi
deganda o`zgaruvchini ishlatish mumkin bo`lgan
dastur sohasi (qismi) tushuniladi. Bu tushuncha bilan o`zgaruvchining
ko`rinish sohasi
uzviy bog‘langan. O`zgaruvchi amal qilish sohasidan chiqqanda ko`rinmay qoladi.
Ikkinchi tomondan, o`zgaruvchi amal qilish sohasida bo`lishi, lekin ko`rinmasligi
mumkin. Bunda ko`rinish sohasiga ruxsat berish amali «::» yordamida ko`rinmas
o`zgaruvchiga murojat qilish mumkin bo`ladi.
O`zgaruvchining
yashash vaqti
deb, u mavjud bo`lgan dastur bo`lagining
bajarilishiga ketgan vaqt intervaliga aytiladi.
Lokal o`zgaruvchilar o`zlari e`lon qilingan funktsiya
yoki blok chegarasida
ko`rinish sohasiga ega. Blokdagi ichki bloklarda xuddi shu nomdagi o`zgaruvchi e`lon
qilingan bo`lsa, ichki bloklarda bu lokal o`zgaruvchi ham amal qilmay qoladi. Lokal
o`zgaruvchi yashash vaqti - blok yoki funktsiyani bajarish vaqti bilan aniqlanadi. Bu hol
shuni anglatadiki, turli funktsiyalarda bir-biriga umuman bog‘liq bo`lma-gan bir xil
nomdagi lokal o`zgaruvchilarni ishlatish mumkin.
Quyidagi dasturda main() va sum() funktsiyalarida bir xil nomdagi o`zgaruvchilarni
ishlatish ko`rsatilgan. Dasturda ikkita sonning yig‘indisi hisoblanadi va chop etiladi:
#include
using namespace std;
// funksiya prototipi
int sum(int a, int b);
int main()
97
{ // lokal o‗zgaruvchilar
int x=r; int y=4;
cout << sum(x, y);
return 0;}
int sum(int a,int b)
{// lokal o‗zgaruvchi
int x=a+b;
return x;}
Global o`zgaruvchilar dastur matnida funktsiya aniqlanishidan tashqarida e`lon
qilinadi va e`lon qilingan joyidan boshlab dastur oxirigacha amal qiladi.
#include
using namespace std;
int f1(); int f2();
int main()
{cout<return 0;}
int f1()
{return x; // kompilyatsiya xatosi ro‗y beradi}
int x=10; // global o‗zgaruvchi e‘loni
int f2() { return x*x; }
Yuqorida keltirilgan dasturda kompilyasiya xatosi ro`y beradi, chunki f1() funktsiya
uchun x o`zgaruvchisi noma`lum hisoblanadi.
Dastur matnida global o`zgaruvchilarni ular e`lonidan keyin yozilgan ixtiyoriy
funktsiyada ishlatish mumkin. SHu sababli, global o`zgaruvchilar dastur matnining
boshida yoziladi. Funktsiya ichidan global o`zgaruvchiga murojat qilish uchun funktsiyada
uning nomi bilan mos tushadigan lokal o`zgaruvchilar bo`lmasligi kerak. Agar global
o`zgaruvchi e`lonida unga boshlang‘ich qiymat berilmagan bo`lsa, ularning qiymati 0
hisoblanadi. Global o`zgaruvchining amal qilish sohasi uning ko`rinish sohasi bilan ustma-
ust tushadi.
SHuni qayd etish kerakki, tajribali dastur tuzuvchilar imkon qadar global
o`zgaruvchilarni ishlatmaslikka harakat qilishadi, chunki bunday o`zgaruvchilar qiymatini
dasturning ixtiyoriy joyidan o`zgartirish xavfi mavjudligi sababli dastur ishlashida
mazmunan xatolar yuzaga kelishi mumkin. Bu fikrimizni tasdiqlovchi dasturni ko`raylik.
#include
using namespace std;
// global o‗zgaruvchi e‘loni
int test = 100;
void Chop_qilish(void);
int main()
{//lokal o‗zgaruvchi e‘loni
98
int test=10;
//global o‗zgaruvchi chop qilish funksiyasini chaqirish
Chop_qilish();
cout << ―Lokal o‘zgaruvchi: ‖ << test << ‗\n‘;
return 0;}
void Chop_qilish(void)
{cout<< ―Global o‘zgaruvchi: ‖ << test << ‗\n‘;}
Dastur boshida test global o`zgaruvchisi 100 qiymati bilan e`lon qilinadi.
Keyinchalik, main() funktsiyasida test nomi bilan lokal o`zgaruvchisi 10 qiymati bilan
e`lon qilinadi. Dasturda, Chop_qilish() funktsiyasiga murojaat qilinganida,
asosiy
funktsiya tanasidan vaqtincha chiqiladi va natijada main() funktsiyasida e`lon qilingan
barcha lokal o`zgaruvchilarga murojaat qilish mumkin bo`lmay qoladi. SHu sababli
Chop_qilish() funktsiyasida global test o`zgaruvchisining qiymatini chop etiladi. Asosiy
dasturga qaytilgandan keyin, main() funktsiyasidagi lokal test o`zgaruvchisi
global test
o`zgaruvchisini «berkitadi» va lokal test o`zgaruvchini qiymati chop etiladi. Dastur
ishlashi natijasida ekranga quyidagi natijalar chop etiladi:
Global o‗zgaruvchi: 100
Lokal o‗zgaruvchi: 10
Do'stlaringiz bilan baham: