73
Mavzu-10. C++tilida statik massivlar
Reja:
10.1.Massivlar haqida tushuncha.
10.2.Massiv elementiga
murojaat qilish
10.3.Ko`p o`lchamli massivlar
10.4.Bir o`lchamli massivlarni qayta ishlash
10.5.Bir o`lchamli massivlarni initsializatsiya qilish
10.6.Ko`p o`lchamli massivlarni initsializatsiyalash
10.1.Massivlar haqida tushuncha.
Xotirada ketma-ket (regulyar) joylashgan bir xil
turdagi qiymatlarga massiv deyiladi.
Odatda massivlarga zarurat, katta hajmdagi, lekin
cheklangan miqdordagi va tartiblangan qiymatlarni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarni
echishda yuzaga keladi.
Faraz qilaylik, talabalar guruhining reyting ballari bilan ishlash
masalasi qo`yilgan. Unda guruhning o`rtacha reytingini aniqlash,
reytinglarni kamayishi
bo`yicha tartiblash, konkret talabaning reytingi haqida ma`lumot berish va boshqa masala
ostilarini echish zarur bo`lsin. Qayd etilgan masalalarni echish uchun berilganlarning
(reytinglarning) tartib-langan ketma-ketligi zarur bo`ladi. Bu erda tartiblanganlik ma`nosi
shundaki, ketma-ketlikning har bir qiymati o`z o`rniga ega bo`ladi (birinchi talabaning
reytingi massivda birinchi o`rinda, ikkinchi talabaniki - ikkinchi o`rinda va hakoza).
Berilganlar ketma-ket-ligini ikki xil usulda hosil qilish mumkin. Birinchi yo`l
- har bir
reyting uchun alohida o`zgaruvchi aniqlash: Reyting1,…, ReytingN. Lekin, guruhdagi
talabalar soni etarlicha katta bo`lganda, bu o`zgaruv-chilar qatnashgan programmani tuzish
katta qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ikkinchi yo`l - berilganlar ketma-ketligini yagona
nom
bilan aniqlab, uning qiymatlariga murojaatni, shu qiymatlarning ketma-ketlikda
joylashgan o`rnining nomeri (indeksi) orqali amalga oshirishdir.
Reytinglar ketma-
ketligini Reyting deb nomlab, undagi qiymatlariga Reyting1,…, ReytingN ko`rinishida
murojaat qilish mumkin. Odatda berilganlarning bunday ko`rinishiga massivlar deyiladi.
Massivlarni matematikadagi sonlar vektoriga o`xshatish mumkin, chunki vektor ham
o`zining individual nomiga ega va u fiksirlangan miqdordagi
bir turdagi qiymatlardan -
sonlardan iboratdir.
Demak, massiv - bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlar-ning (massiv
elementlarining) tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir xil turda bo`lishi kerak
va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi. YUqoridagi
keltirilgan misolda Reyting - haqiqiy turdagi vektor deb nomlanadi.
Programmada ishlatiladigan har bir konkret massiv o`zining individual nomiga ega
bo`lishi kerak. Bu nomni to`liq o`zgaruvchi
deyiladi, chunki uning qiymati massivning
o`zi bo`ladi. Massivning har bir elementi massiv nomi, hamda kvadrat qavsga olingan va
element selektori deb nomlanuvchi indeksni ko`rsatish orqali oshkor ravishda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: