1-Mavzu. Axborotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi Reja


do-while takrorlash operatori



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/80
Sana27.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#708480
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
Maruza matni Dasturlash asoslari

9.4.do-while takrorlash operatori. 
do-while takrorlash operatori while
operatoridan farqli ravishda oldin operator yoki blokni bajaradi, keyin takrorlash shartini 
tekshiradi. Bu qurilma takrorlash tanasini kamida bir marta bajarilishini ta`minlaydi. do-
while takrorlash operatori quyidagi sintaksisga ega: 
do
;
while (); 
Bunday takrorlash operatorining keng qo`llaniladigan holatlari - bu takrorlashni 
boshlamasdan turib, takrorlash shartini tekshirishning iloji bo`lmagan holatlar hisoblanadi. 
Masalan, birorta jarayonni davom ettirish yoki to`xtatish haqidagi so`rovga javob olish va 
uni tekshirish zarur bo`lsin. Ko`rinib turibdiki, jarayonni boshlamasdan oldin bu so`rovni 
berishning ma`nosi yo`q. Hech bo`lmaganda takrorlash jarayonining bitta qadami amalga 
oshirilgan bo`lishi kerak. 
#include  
using namespace std; 
int main() 
{ char javob;
do

cout << "dastur tanasi\n"; 
cout << "Jarayonni to‘xtatish (N): "; 
cin >> javob; 

while (javob != 'N'); 
return 0; } 


68 
Dastur toki ―Jarayonni to‘xtatish (N):‖ so`roviga 'N' belgisi (javobi) kiritilmaguncha 
davom etadi. 
Bu operator ham cheksiz takrorlanishi mumkin: 
do
{cout << "cheksiz sikl tanasi "; 

while(1); 
do-while takrorlash operatori ham boshqa takrorlash operatorlari ichma ich 
joylashib kelishi mumkin.
Masala:
Har qanday 7 katta butun sondagi pul miqdorini 3 va 5 so`mliklarda berish 
mumkinligi isbotlansin. Qo`yilgan masala p=3n+5m tenglamasi qanoatlantiruvchi m, n 
sonlar juftliklarini topish masalasidir (p – pul miqdori). Bu shartning bajarilishini m va n 
o`zgaruvchilarining mumkin bo`lgan qiymatlarining barcha kombinatsiyalarida tekshirish 
zarur bo`ladi. 
#include  
using namespace std; 
int main() 
{ unsigned int Pul;
unsigned n3, m5;
bool xato = false; 
do 
{if (xato) cout<<"Pul qiymati 7 dan kichik!"; 
xato = true;
cout << "\nPul qiymatini kiriting (>7): "; 
cin >> Pul; 

while (Pul <= 7); 
n3=0;
do 
{ m5=0;
do 
{if (3 * n3 + 5 * m5 == Pul) 
cout << n3 << " ta 3 so‘mlik + "
<< m5 << " ta 5 so‘mlik\n"; 
m5++;
}
while(3 * n3 + 5 * m5 <= Pul); 
n3++;
}
while(3 * n3 <= Pul); 
return 0; } 
Dastur pul qiymatini kiritishni so`raydi (Pul o`zgaruvchisiga). Agar pul qiymati 7 
sonidan kichik bo`lsa, bu haqda xabar beriladi va takror ravishda qiymat kiritish talab 
qilinadi. Pul qiymati 7 dan katta bo`lganda, 3 va 5 so`mliklarning mumkin bo`lgan to`la 
kombinatsiyasini amalga oshirish uchun ichma-ich takrorlashlar amalga oshiriladi. Tashqi 
takrorlash n3 (3 so`mliklar miqdori) bo`yicha, ichki takrorlash esa m5 (5 so`mliklar 


69 
miqdori) bo`yicha, toki bu miqdordagi pullar qiymati Pul qiymatidan oshib ketmaguncha 
davom etadi. Ichki takrorlashda m5 o`zgaruvchisining har bir qiymatida «3 * n3 + 5 * m5 
== Pul» sharti tekshiriladi, agar u o`rinli bo`lsa, echim varianti sifatida n3 va m5 
o`zgaruvchilar qiymatlari chop etiladi. 
Pul qiymati 30 so`m kiritilganda (Pul=30), ekranga 
0 ta 3 so‘mlik + 6 ta 5 so‘mlik 
5 ta 3 so‘mlik + 6 ta 5 so‘mlik 
10 ta 3 so‘mlik + 0 ta 5 so‘mlik 
echim variantlari chop etiladi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish