Axborot xizmatining huquqiy asoslari
Tashkilotda Axborot xizmatini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyishda uning huquqiy asoslari gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot xizmatining huquqiy asoslarini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunlari, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari tashkil etadi.
Mamlakatimizda jamoatchilik bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish va shu maqsadda tashkilotlarda Axborot xizmatlarini tashkil etishda dastlab Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrda qabul qilingan “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 203-qarori huquqiy asos boʻlib xizmat qilgandi. Qarorda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholining Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi toʻgʻrisida muntazam xabardor qilish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashning, oshkora fuqarolik jamiyati qurishning muhim yoʻnalishi hisoblanishi qayd etilgan. Oʻtgan yillar mobaynida qarorda belgilangan vazifalar ijrosi bir qadar ta’minlandi. Ya’ni, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibida xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlari tashkil etildi. Internet tarmogʻida ularning veb-resurslari mavjud. Shu tariqa bugungi kunga qadar Axborot xizmatlari muayyan vazifalarni amalga oshirib kelayotir. Biror huquqiy asosga ega boʻlmasdan bunday muhim vazifalarni amalga oshirish mushkul edi. Shuni ochiq aytish joizki, mazkur qarorda belgilangan vazifalar kutilgan darajada, toʻlaqonli amalga oshirildi, deb boʻlmaydi. Koʻp ishlar oʻlda-joʻlda qolib ketdi. Ba’zi Axborot xizmatlari nomigagina, xoʻjakoʻrsinga tashkil etilgani bir necha bor tanqid qilindi.
Shu oʻrinda ba’zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e’tibor qaratamiz.
Birinchisi, www.kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan:
“Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV boʻyicha selektor oʻtkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi.
«Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir boʻlayotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda. Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin koʻpaydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol oʻynamoqda. Tan olish kerak, bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni koʻpchilik tasavvur ham qila olmasdi.
Ammo davlat organlari va OAV oʻrtasida hamkorlik qanday yoʻlga qoʻyilgani haqidagi savolga javob yoʻq. Toʻgʻrisini aytish kerak, ba’zi rahbarlar matbuot bilan ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali ish deb qaramoqda. Ba’zi tashkilotlar Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga yaqin davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va viloyat hokimliklarida Axborot xizmatlari tashkil qilinmagan.
Nazorat savollar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida.
2. ARM axborot xizmati koʻrsatish.
3. Axborot xizmati koʻrsatish turlari.
4.Kutubxonada xizmat turlari.
Test savollari:
1. Ziyo.uz portali ilk bor dunyo yuzini nechinchi yil ko‘rdi.
A) 2004 yil 9 aprel.
B) 2006 yil 14 aprel.
D) 2005 yil 19 aprel.
2. TATU kutubxonasida O‘zbekiston pochta va telekommunitsiyalar agentligi tomonidan berilgan birinchi kompyuterlar olingandan so‘ng nechinchi yil elektron kutubxona yaratilishi boshlandi.
A) 2001 yil.
B) 2000 yil.
D) 2002 yil.
3. Elektron kutubxona – bu.
A) turli ma’lumotlar jamlangan internet sahifalaridir.
B) turli ma’lumotlar jamlangan kutubxona sayti.
D) turli ma’lumotlar jamlangan veb-sahifalar.
4. Nechinchi yil “Ziyo istagan qalblar”ning 10 yilligi munosabati bilan kichik tanlov e’lon qilindi.
A) 2014 yil 9 aprel.
B) 2014 yil 14 aprel.
D) 2014 yil 19 aprel.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. .Karimov U. F., Rahmatullayev M. A. Elektron kutubxona: yaratish texnologiyasi va resurslaridan foydalanish , U. F. Karimov, M. A. Rahmatullayev; mas'ul muharrir A. O. Umarov .- Toshkent.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.- 2010.- 136 b.
2. Karimov U. F., Rahmatullayev M. A., Islomova H. E. Korporativ elektron kutubxona: yaratish texnologiyasi ma'lumotlar bazasini shakllantirish , U. F. Karimov, M. A. Rahmatullayev, H. E. Islomova; masul muharrir A. O. Umarov .- Toshkent.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.- 2010.- 78 b.
3. Alimova A.M. Kutubxonashunoslik. Uslubiy qo’llanma 1-qism.- Toshkent.:2008.-130 b.
4. Rahmatullayev M. A., Karimov U. F., Islomova H. E. Korporativ axborotresurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi elektron katalogi ma'lumotlar bazasini shakllantirish. Uslubiy qo’llanma.-Toshkent.:2012.-112 b.
Internet saytlari.
http:edu.uz, -O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
http:centr.markaz.uz, - O’rta maxsus kasb-xunar ta’limi markazi
http:tuit.uz, - Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti
http:eduportal.uz, - O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborot-ta’lim portali
http:cdlib.org, - Kaliforniya elektron kutubxonasi
http:lib.uchicago.edu,- Chikago Universiteti kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |