Shassi – avtomobilning asosi bo’lib, uch turkum mexanizm va tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Kuch uzatmasi, yurish qismi va boshqarish tarmoqlari.
Kuch uzatmasi – mexanizm va agregatlarning qo’shilmasidan tarkib topgan bo’lib, dvigatel validan kelayotgan burovchi momentni o’zgartirgan xoldayetakchi g’ildiraklarga uzatib beradi. Kuch uzatmasiga quyidagi mexanizmlar va agregatlar kiradi: ilashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3, kardanli uzatma 5, ketingi yetakchi ko’prik 6 ning ichida joylashgan asosiy uzatma 8, differentsial va yarim o’qlar. Ilashish muftasi 2 dvigatelni kuch uzatmadan 3 qisqa muddatga uzib qo’yishga va ularni ravon ulashga, shu tariqa avtomobilni joydan asta-sekin qo’zg’atishga xizmat qiladi. Uzatmalar qutisi 3 dvigatel qilgan burovni moment kattaligini oshirib, kardanli uzatma 5 gayetkazib beradi. Shu bilan birga dvigatelni qisqa va yoki uzoq muddatda kuch uzatma mexanizmlaridan ajratib qo’yadi. SHuning uzatmalar qutisi avtomobilning orqaga yurishini ta’minlaydi.
Dvigatel ilashish muftasi va uzatmalar qutisi bir butun shaklda joylashib ularning asosiy o’qlari bir chiziqda yotgani uchung’ ularni kuch bloklari deb yuritiladi.
Kardanli uzatma 5 uzatmalar qutisidan keyin joylashgan bo’lib undan olgan burovni momentni o’zgaruvchan burchak ostida asosiy uzatmagayetkazib beradi. Asosiy uzatma differentsial va yarim o’qlar ketingiyetakchi ko’prik 6 da joylashgan bo’lib kardandan kelayotgan burovni momentniyetakchi g’ildiraklar 9 ga kuchaytirilgan xolda yetkazib beradi. Yurish qismi avtomobilning ilgarilama harakatlanishini ta’minlaydigan aravadan tashkil topgan. Uning asosiy bo’lib rama 7 xizmat qiladi. Rama esa barcha avtomobilning barcha agregat mexanizm va qismlari o’rnatiladi, oldingi o’q 12 va keyingi ko’prik 6 esa ressora 8 lar yordamida ramaga biriktiriladi. Avtomobil harakatlangandayetakchi g’ildirak 9 lardan harakat ressora va rama orqali oldingi g’ildiraklarga uzatiladi. Ressora 8 qiyishqoq shinali g’ildiraklarning yo’l notekisliklari urinishi natijasida bo’lgan turtkilarni yumshatib, rama 7 ga uzatadi. Amortizator 11 esa turtkilarni yumshatishda bo’lgan tebranishlarni sindiradi. Boshqarish tarmog’i avtomobilning harakat yo’nalishini o’zgartirish, sekinlashtirish va to’xtash uchun xizmat qiladi. Boshqarish tarmog’i ikkita aloxida qismdan: rul boshqarmasi va tarmoqlash boshqarmasidan iborat.
Rul boshqarmasi rul chambaragi 4, rul mexanizmi 14, bo’ylama tortqi 13 va richakdan tashkil topgan. Bu tarmoqda rul chambaragining burilishi natijasida, trapetsiya qilgan tortqi va richaglar yordamida oldingi g’ildiraklarburiladi va avtomobil o’z harakat yo’nalishini o’zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |