Yigitlik yillari



Download 477,5 Kb.
bet11/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Imkondan ortiq muhabbat madhi. Hayotga, insonga muhabbat, umrni g’animat bilib qadrlash g'oyalari ufurib turgan bu ruboiy Navoiyning qarilik ruboiyotiga mansub. U yuksak san'atkorlik bilan yaratilgan asardir:

Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortuq bo'lmas,

Ondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.

Ruboiyning bu qadar go'zal va ta'sirchan chiqishiga radif, qofiya, tarse, tadrij kabi badiiy san'atlar omil bo'lganki, ularning sharhi orqaligina ruboiy mazmunini to'g'ri izohlash mumkin. Navoiy ruboiydek mo'jaz lirik asarda olti so'zli — «seni ko'p sevarmen, ey umri aziz» radifini qo'llagan. Jami yetti so'zdan iborat misraning olti so'zini radifga olish badiiyatda kamdan-kam uchraydigan hodisa. Intonatsion butunlik va musiqiy ohangdorlikni ta'minlovchi radifning teng yarmi «ey umri aziz» undalmasidan iborat bo'lishi esa tavsif ob'yekti — umrga, insonga nisbatan ehtirosli, umidvor murojaat hamda ilinj, e'tiqod mavzularini kuchaytiradi. San'atkorlik shunda ham ko'rinadiki, shoir qofiyalanuvchi misralar boshidagi birgina so'zni o'zgartiradi, xolos. Qolgan so'zlar radifligicha saqlanadi. Ammo badiiy mazmun rivojlanaveradi. Buning ustiga, misralar avvalidagi o'zgaruvchi so'zlar ham jo'n emas. Ular «jondin», «sondin», «ondin» singari o'zaro qofiyalanuvchi so'zlardan iborat bo'lib, buning o'zi bir san'at. To'rtlikdagi uch misra birinchi so'zlarining o'zaro qofiyalanishi va misralarning so'nggi qismlari ham ohangdosh so'zlar tizmasidan tuzilganligi tarse san'atini yuzaga chiqargan.

Misralardagi asosiy so'zlarning mazmuni silsilaviy rivojlanishiga imkon beradigan tarzda joylashtirilishi tadrij san’atini ham vujudga keltiradi. Natijada, hayotga, insonga muhabbatning misrama-misra, darajama-daraja kuchayib boruvchi tasviri paydo bo'lgan: ilk misrada shoir yorining aziz umrini jondan-da ko'proq sevajagini izhoret gan. Lekin birgina jon fido etish bilan qanoatlanmagan, chunki «jon» tushunchasi hayotga, ma'shuqaga muhabbatni ifodalashga ojiz. Shundan so’ng miqdor tushunchasiga murojaat qilinadi. Shoir dunyoda miqdorni ifodalovchi qanchaki son bo'lsa, hayotga, yorga bo’lgan muhabbat o'shandan ham ortiqligini aytadi. Lekin bunday miqdor ham hayotga, bir umr aziz hisoblangan insonga muhabbat salmog'ini ifodalay olmaydi. Nihoyat, shoir umrga bo’lgan muhabbat cheksiz va o'lchovsiz ekanligini anglaydi va ajoyib tarzda bayon etadi: «Ey umri aziz, eng oliy darajada sevish mumkin bo'lgan biror narsa bo'lsaki, boshqa bir narsani undan ortiq darajada sevish mumkin bo'lmasa, men seni o’shandandan ham ortiq, ya'ni imkondan ortiq darajada sevaman».

Ruboiy hazaj bahrining hazaji musammani axrabi maqbo'zi makfufi ahtam vaznida bitilgan:

Mafuluv mafoiylun mafoiylu fa'ul

- - v v - v- v - - v v-

Xullas, bu ruboiy insonni hayotsevarlik ruhida tarbiyalovchi nodir asardir.


Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish