Yigitlik yillari



Download 477,5 Kb.
bet19/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Saddi Iskandariy «Saddi Iskandariy» G'arbu Sharqdagi eng mashhur siymolardan Jahongir Iskandarga bag'ishlangan bo'lib, «Xamsa»ning yakunlovchi dostonidir.

Iskandar tarixiy shaxs bo'lib, Aleksandr Makedonskiy (356-323) ning sharqcha nomidir. Uning tarbiyachilaridan biri mashhur Aristotel (Arastu) (384—322) bo'lgan. 336-yilda otasi Filipp o'ldirilgach, taxtga chiqadi. 330-yilda 26 yoshda Doro III ni yengib, Eronni egallaydi. 329-yilda O'na Osiyoga kirib keladi. Baqtriya va So'g'dni qo'lga kiritadi. Shahriston (O'ratepa) log'larida og'ir yarador bo'ladi. 327-yilda Hindistonni zabt etib, Dunaydan Hind daryosigacha bo'lgan joylarni egallaydi. G'arb bilan Sharqni tutashtiradi. O'rta Osiyo 150 yil davomida Grek Baqtriya davlati tarkibida qoladi. Aleksandr Makedonskiv 323- yilda 33 yoshida vafot etadi.

U Sharqda Iskandar Zulqarnayn deb ataladi: «Zulqarnayn» so'zining ikki ma'nosi bor: birinchi ma'nosi — shoxli degani. Hozirgacha ham gap orasida «Boshingda shoxing bormi» degan Ibora uchraydi. Ikkinchi ma'nosi — kunchiqish va kunbotish hukmdori degani.

Aleksandr Makedonskiy haqida Flaviy Arrian, Plutarx kabi antik davr tarixchilari asarlar yozdilar. Milodiy XI—XII asrlarda Ovrupoda u haqda ritsarlik romanlari paydo bo'lgan.

Sharqda birinchi bo'lib bu mavzuni Firdavsiy qalamga oldi. So'ng Nizomiy Ganjaviy u haqda maxsus «Iskandarnoma» degan doston yozdi. «Iskandarnoina» «Sharafnoma» va «Iqbolnoma» deb atalgan ikki qismdan iboratdir. «Sharafnoma»da Iskandar Zulqarnaynning jahongirlik yurishlari tasvirlandi, «Iqbolnoma»da esa uning donishmandligi talqin qilindi.

Xusrav Dehlaviy unga bag'ishlangan dostonini «Oyinayi lskandariy» deb atadi, mavzuning axloqiy-didaktik jihatlariga keng e'tibor berdi. Abdurahmon Jomiy o'z dostoniga «Xiradnomayi Iskandariy» deb nom qo'ydi. Har ikki shoir ham Iskandarning ilm va ma'rifat egasi bo'lganligidan, Arastudek jahoniy olimlar tarbiyasini ko'rganligidan kelib chiqdilar. Umuman olganda, «Iskandar tilsimi», «Iskandar oyinasi» atamalari mumtoz adabiyotimizda ko'p uchraydi. Navoiy «Layli va Majnun»da «Iskandar oyinasi»ga izoh ham bergan edi. Unga ko'ra, Iskandar po'latdan bir oyna yasagan. Rumda baland minora qurib, oynani Farangistonga qaratib o'rnatgan. Oynada butun Farangiston aks etib turgan. Shu sababli uni «Oyinayi jahonnamo» yoxud «Oyinayi lskandariy» deganlar.

Navoiy o'z asarini «Saddi Iskandariy» deb atadi. Iskandar haqidagi kitoblarda uning odamxo'r ya'jujlardan saqlanish uchun ulkan bir devor qurdirgani aytiladi. Bu devor Qirvon o'lkasida Qof tog'ining etagida ekan. Bu devorning tarixan qay darajada aniq va to'g'riligi haqida bir narsa deyish qiyin. Lekin uning katta ramziy ma'nosi bor. U ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi devor. Bu devorni barcha xalqlar birgalashib quradilar. Navoiy slut tariqa Iskandarning jahongirligiga emas, insonparvarligiga diqqatni qaratadi.

«Saddi lskandariy» Navoiy «Xamsa»sidagi eng yirik dostondir. U 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. Aruzning mutaqorib bahrida (fauvlun fauvlun fauvlun fauvl) (V - - V - - V - - V -) yozilgan.

Asar voqealari Iskandarning tug'ilishidan boshlanadi. Umuman, Iskandarning nasl-nasabi borasida antik zamonlardan buyon olimlar turlicha fikrlar bildiradilar. Ba'zilari uni Eron shohi Doro II ning o'g'li qilib ko'rsatadilar. Ba'zilari esa Misr far'avnlariga olib borib bog'laydilar. Yana bir nuqtai nazarga ko'ra — u topib olingan farzand.

Faylaqus (Filipp) tangridan farzand so'rardi. Bir kuni ovdan qaytarkan, shaharga kiraverishdagi vayronada yangi ko'zi yorigan ayolga duch keladi. Chaqaloq o'g'il bola bo'lib, sergak, ona esa o'lib bo'lgan edi. Shoh o'likni dafn yettiradi, bolani o'g'il qilib oladi. Unga Iskandar deb nom qo'yib, uning tarbiyasi bilan shug'ullanadi. O'limi oldidan esa uni valiahd qilib tayinlaydi va o'z o'rniga shoh qilib qo'yadi.

Navoiy o'z dostoniga shulardan biri (variant)ni asos qilib oladi. Dostonning keyingi bobida himmat haqida gap ketadi. Bob:

Birovkim, anga himmat o'ldi baland,

Erur olam ahli aro arjumand, —

misralari bilan boshlanadi. Shoir fikricha, agar kishining bir chaqa puli bo'lmasa ham, himmati bo'lsa, u kambag'al emasdir. Kimning himmati bo'lmasa, o'sha kambag'al. Himmatli kishilar faqirlikni shohlikdan ustun qo'yadilar.

Bu fikr-mulohazalarning isboti uchun Navoiy shunday bir hikoya keltiradi. Iskandar taxtga chiqqach, jahonga hokim ho'lish fikri tug'iladi. Qaysi mamlakatlar unga tobe' bo'lgan bo'lsa, o'shalarning shohlarini yana o'zlariga boshliq qilib tayinlaydi va o'z yurishlarini davom ettiradi. Mag'rib (hozirgi Jazoir, Marokash, Tunis ko'zda tutilgan) mamlakatiga borganda ish urushga aylanadi. Mag'rib shohi jangda halok bo'ladi. Iskandar mamlakatda adolat o'rnatmoq uchun o'sha yerlik bir musofir kishini izlaydi. Unga asli podshohzoda bo'lgan, lekin odamlardan uzilib, qabristonlarda yashab yurgan bir kishini hnsiya etadilar. Iskandar topshirig'i bilan uni topib keladilar. Bosh yalang, oyoq yalang, yoqavayron bu darvesh kishi ikki qo'lida ikkita bosh chanog'ini ko'targancha kirib keladi. Iskandar u bosh chanoqlarni nima uchun ko'tarib yurganini so'raydi.

Qabristondan o'tayotganimda ularni necha bor ko'rganman. Qay biri shohniki-yu, qay biri gadoniki, hech ajratolmadim. Hular o'lganda-ku bir ekan, tiriklikda nega nizo qiladilar?

Bu gaplar Iskandarga ma'qul bo'ladi, darveshga mamlakati shohligini taklif etadi. Darvesh ko'nmaydi. Uning himmati quyidagi to'rt narsani xohlar edi: so'ngida o'lim kelmaydigan hayot, qarilik bilmaydigan yigitlik; kambag'allik yuzini ko'rmaydigan boylik; g'amsiz shodlik.

Iskandar xijolatdan lol qoladi. Darveshning himmatini o'zinikidan baland ko'radi.

Shu tariqa asarda ma'lum voqea, so'ng uni izohlovchi axloqiy sifat va shunga mos hikoya keltiriladi. Oxirida xulosa chiqariladi.

Shoir Iskandar tarixini yozmoqchi emas. Iskandar bilan bog'liq voqealarning ma'nosini ochmoqchi. Shuning uchun voqealar "Izoh va talqinlar, hikoyatlar, savol-javob va lirik chekinishlar bilan almashinib keladi.

Iskandar taxtga chiqar ekan, o'z atrofiga olimlarni to'playdi, ularning maslahati bilan ish ko'radi. U umuman taxtdan bezor. Otasi taxlni unga topshirganida qattiq tashvishda qoladi. Bir yoqdan ota vasiyati, ikkinchi tomonda taxt ishlariga o'zida rag'bat sezmaslik. Oxiri xalqni yig'ib, maslahat soladi. Xalq uning sho' bo'lishini qattiq talab qilib turib oladi. Shundan keyingina Arastu tojni olib uning boshiga kiygizadi. Shunda ham u el oldiga shart qo'yadi. Kimning arz-dodi bo'lsa, shohni o'zi bilan ten ko'rib, ahvolini aytishini so'raydi. Shundan so'nggina davlat ishlariga kirishadi. Awalo, mazlumning haqini haqlab, zolimning qo'lini kalta qiladi, adolatni yo'lga qo'yadi. Fuqaro ehtiyojini hisobga olib, uni ikki yillik soliqdan ozod etadi.

Xo'sh, adolatning o'zi nima? Oldin shoir uning ta'rifmi beradi. Bu ta'rif ko'pincha hadislar bilan tushuntiriladi. Masalan, bir soatlik adolat farishtalaming, dunyodagi barcha insonlarning toatidan afzal degan hadis keltiriladi. So'ng Hindistonni olganida elga qilgan birgina adolati bilan jannatga tushgan Mahmud G'az- naviy haqidagi hikoyat ilova qilinadi. «Hikmat» bobidan esa Iskandarning Arastu bilan adolat haqidagi savol-javobi o'rin olgan. Arastu ftkricha, shoh odil bo'lsa, olam unga tobe bo'ladi. Chunki adolat qaror topgan mamlakat obod bo'ladi. Obod mamlakatning xalqi esa badavlat bo'ladi. Boylik askarga kuch beradi. Unday qo'shin hamisha g'olibdir. Raiyat esa minnatdordir.

Iskandarning Doro bilan to'qnashuviga bag'ishlangan tasvirlar ham dostonning qiziqarli va mazmundor sahifalaridandir. Doro nega mag'lub bo'ldi?

Rum mulki Eronga har yili tuxum shaklidagi ming oltin xiroj to'lar edi. Iskandar buni to'xtatadi. Elchiga: «Tuxum beradigan qush allaqachon uchib ketgan», — degan javobni aytadi. Doro g'azabga kelib, bir chavgon va to'p, bir xalta kunjut bilan boshqa bir elchini yuboradi. Elchi xaltadagi kunjutni yerga ag'daradi. Buning ma'nosi shu ediki, sen hali dimog'idan sut hidi ketmagan birgo'daksan, chavgonni olib, to'p o'yna. Agar xayolingga ixtilofu nizo kelgudek bo'lsa, askarlarimiz sanog'ini mana shu kunjutlar qadar bilgin! Iskandar bunda boshqa ma'no ko'radi. Dumaloq koptok, uningcha, yer yuzidir. Koptokning Iskandarga taqdim etilishi uning dunyoni olajagiga ishoradir. Chavgon esa Doroning o'z mamlakatini topshirmog'iga belgidir. Kunjutni esa u o'zining qushlari (askarlari) uchun himmat qilingan oziq deb hisoblaydi. Iskandar farmoni bilan sonsiz tovuqlarni haydab keladilar. Kunjutdan bir dona ham qolmaydi. Xuddi shu o'rinda muxolifat — kelishmovchilik nima? U qanday kelib chiqadi? Uning oldini olish mumkinmi? Mana shu savollar o'rtaga qo'yiladi.

Jahon ichra mavjud erur necha xayl

Ki, borig'adur kina qilmoqqa mayl, —

deb yozadi shoir. Uningcha, birining ikkinchisidan o'zish istagi, o'zmaganning o'zganga g'ashligi inson tabiatida bor. Ko'rolmaslikka moyillikni harbir millatdan, har bir toifadan topish mumkin. Hamkasblaiga qarang, biri mohirroq bo'lsa, ikkinchisi g’ashlanadi, sen-men boshlanadi. Biri ikkinchisini yo'qotishga kmshadi, go'yo shu bilan unisiga yer kengayadi. Bu nizodir, Irlishmovchilikdir. Bu hoi davlat ishlarida yanada aniqroq ko'rinadi. Shohning yuz ming odami bo'lsa-yu, hammasi noib bo'lsa, birortasi undan uzoqroq turishni istaydimi? Yo'q. Amirlar noiblikka, tumanboshilar amirlikka, qushbegilar tumanboshilikka intiladilar. Harbirguruh o'zidan yuqoridagilar safiga o'tishni orzu qiladi. Kin va nizoning manbai shu yerda. Kishilar shohga qancha yaqin bo'lsalar, ularning adovati shuncha ko'p va kuchli bo'ladi. pastdagilarning jahllari qanchalik qattiq qo'zg'almasin, xusumatlari yengil o'tadi, ulardan keladigan zararning ko'lami karn.

Bu zarar mansabning ko'lami oshgan sayin kuchayib boradi. Shu jihatdan, o'rta bo'g'indagilarning nizolari ashaddiyroq va ularning noahilligidan keladigan zarar ko'proq bo'ladi. Ular lufayli ko'plab odamlar azobga qoladilar, ko'plab xonadonlar huziladi. Mabodo bu mojaro oliy martabali sultonlar o'rtasida kechsa-chi? Buni jahon ichra tushgan to'fon deyaver. Bundan jahon ahli vayron bo'ladi:

Bu go'yo jahon ichra to'fon erur

Ki, andin jahon ahli vayron erur.

Ne to'fon, balo bahri chayqolg'oni,

Jahon ahli suv ostig'a qolg'oni.

Ikki shoh urush va adovatga bel bog'lasa, jahon ahli ikki qo'shinga bo'linib, bir-biriga qarshi o'tkir tig' ko'tarib, bir- birini halok qilishga kirishadilar.

Shoir urushning dahshatli manzaralarini chizadi. Bu manzaralar beixtiyor temuriylar, xususan, Husayn Boyqaroning o'z o'g'illari bilan bo'lgan kurashlarini esga soladi:

Ato bir taraf gar erur, filmasal,

Yana jonib o'lsa, o'g'ulg'a mahal.

Ikisig'a kin o'ti solg'ay g'azab,

Ul o't qon icharg'a qilib tashnalab.

Atojon berib, o'g'lin o'lturgali,

O'g'ul ham anga tiyg'i kin surgali.

Qarindosh topsa qarindoshini

Damodam tilab kesgali boshini.

Qondosh, qarindoshlar shu ahvolda bo'lsa, yotlar qanday bo'ladi?

Bu nav' o'lsa mundog' iki zot aro, Ne bo'lg'ay gurnon qil iki yot aro?

Xuddi shu o'rinda shoir ikki jahondor — Chingiz va Xorazmshoh urushidagi qirg'inni ikki do'stning ittifoqligi daf etgani haqidagi rivoyatni keltiradi. Urushda ikki do'st kofirlar qo'liga asir tushadilar. Qatl payti «Oldin meni o'ldir!» deb tig' talashadilar. Bu voqea Chingizning tushiga kiradi va ularni ozod qilib, qirg'inni to'xtatadi.

Muxolifat — noahillik hech bir millatga to'g'ri kelmaydi. Nizo va janjal-ku hech bir zamonda ma'qullangan emas. Bas, shunday ekan, qanday qilib bularning oldini olish mumkin? Iskandar Arastuga shu haqda savol beradi. Arastu bu nozik savolga javob berar ekan, nizolarni aql umuman rad etgani holda, ayrimlarini ma'qullashini ham aytadi. Chunonchi, birovning nojo'ya ishidan el-yurtga zarar yetadigan janjal chiqadigan bo'lsa, birov shu ishni man etish imkoniyatiga ega bo'Isa-yu, bundan o'zini chetga olsa, u kechirarli emas. Agar u bu nojo'ya ishidan qaytmasa, shu ishni albatta qilaman deb turib olsa, uning bu ishni bajarishga qattiq bel bog'laganligi ma'lum bo'lgach, yanada qat'iyroq man qilish lozim bo'ladi. Bunga ham qanoatlanmay, ishni to'xtatmasa, u paytda nizoga ehtiyoj tug'iladi. Modomiki, bu ishning janjalsiz ham bo'lish imkoniyati yo'q ekan, shunday shartga rioya qilmoq lozim: dushman bilan olishishga o'zi qodirmi, yo'qmi? G'alabaga ko'zi yetsagina olishgani durust. Quvvatini barobar hisoblasa, mojaroga hojat yo'q. Kuchi yetmasligini his qilsa, nasihat bilan kifoyalanmoq kerak. Nasihat ham jo'yali bo'lsin, jahl uyg'otmasin.

Navoiy Iskandar va Doro urushiga kitobxonni shunday tayyorlab keladi. Biroq kutilgan dahshatli to'qnashuv yuz bermaydi. Shoir yana ramziy hikoyalar, ruhiy holatlar, adolat va adolatsizlikning oqibatiga ishora qilish orqali masalaning eng to'g'ri yechimini topishga urinadi. Ikki qo'shin bir-biriga yuzma-yuz bo'lar ekan, Iskandar oqibatni o'ylaydi. U Doroni vit'ldan qaytarmoqchi edi, bo'lmadi. Ilmu hikmat da'vosi bilan hovvliqib urushga kirishdimikin? Shu payt katta xarsang ustida har biriga shiddat bilan tashlanib urushayotgan ikki kaklikka ko'zi tushadi. Biri — katta, baquvvat, bu — Doro, o'ylaydi Iskandar. lkkinchisi — kichik, zaif, bu — men. Shu on to'satdan bir burgut pastga sho'ng'iydi-yu, kuchlisiga chang solib, uni osmonu falakka olib ketadi. Iskandar buni yaxshilikka yo'yadi.

Urush boshlanadi. Biroq ko'p o'tmay, Doroning noiblari Miyonat qiladilar. Doro yarador holda Iskandar qo'liga asir tushadi.

So'ng shohlikning tartib-qoidalari, shohning aql-farosati, didi va zehni, mehri va qahri haqidagi bob keladi. Keyin Abusaid Mirzoning o'z sipohiga yaxshi qaramaganligi uchun urushda mag’lubiyatga uchrab, asir tushganligi voqealari beriladi. Xullas, dostonda Navoiyning odil shoh haqidagi fikr-qarashlari, birinchi navbatda, Iskandar misolida ifoda qilinadi. Uning shohlik va saltanat ishlari borasidagi Arastu bilan qilgan savol-javoblaridagi mulohazalar, turli-tuman voqeiy hikoyalar va rivoyatlar esa buni to'ldirib boradi.

Dostonda Iskandar tarixini yaratish maqsadi qo'yilgan ho'lmasa-da, kitobxon uning yurishlari haqida ma'lum tasavvurni oladi. Masalan, Iskandar Eronni egallagach, jahonni fath etishga kirishadi. Ko'p podshohlar unga bo'yin egib keladilar. Kashmir, Hind, Chin xoqonlarigina o'zlarini tortadilar. Iskandar Xuroson va Movarounnahrni qo'lga oladi. Hirot, Samarqand shaharlarini egallaydi. So'ng Kashmir ustiga qo'shin tortadi. Ilm va hikmat bilan Kashmirni zabt etadi. Buni ko'rgan Hind shohi Iskandarga urushsiz tobe' bo'ladi. Chin xoqoni elchi kiyimida Iskandar huzuriga kelib, uning .ha'nu shuhratiga tan beradi. Sovg'a-salomlar bilan jahongirga pcshvoz chiqadi. Iskandar Mag'ribga yo'l oladi. Suvu quruqliklardan o'tib, Mag'ribga yetib boradi va uni o'ziga bo'ysun diradi. U yerdagi aholini vahshiylardan himoya qiladi. Shimol stfarini boshlaydi. Farang, Rusdan o'tib, Qirvonga to'g'ri bo'ladi. U yerdagi xalqni ya'jujlardan saqlash uchun Saddi Iskandariyni qurdiradi. Rumga qaytib keladi. Bir muddat turib, dengiz safariga chiqadi. Shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi. Turfa ajoyibotlarni ko'rib, vataniga qaytadi. Ko'p o'tmay, kasallanib yotib qoladi. Onasi (tarbiyachisi) Bonuga o'g'illikni o'rniga qo'ya olmaganidan uzr so'rab xat yozadi. Vafot etar ekan, Iskandar bir qo'lini tobutdan chiqarib qo'yishni iltimos qiladi. Bu bir ibrat, pand edi. Jahonni egallagan jahongirning u dunyoga hech bir narsasiz, ochiq qo'l bilan ketayotganiga ishora edi. Bu dunyoda qo'lga kiritgan butun davlating shu dunyoda qoladi, binobarin, har bir nar- sada aql bilan ish tutmoq lozim, degan ma'noni anglatardi.

Muhimi shundaki, shoir bunda ham oldingilardagi kabi voqealarni iloji boricha ko'proq Xuroson va Movarounnahr bilan bog'lashga harakat qiladi. Chunonchi, Samarqand va Hirotning bino qilinishiga alohida to'xtaydi. Doro va Iskandar to'qnashuvi munosabati bilan askarlarni ta'rif etarkan, «ikki o'rim sochdek biri-biroviga chirmashib ketgan yuz ming sonlik o'zbek va mang'it qahranionlari»ni iftixor bilan tilga oladi. Bu lasodif emas. Nizomiy ham o'z «lskandamoma»sida Iskandar safarini Ozarbayjonga burgan va uni Barda malikasi No'shoba bilan uchrashtirgan edi.

«Saddi Iskandariy» so'ngida ham «Sab'ai sayyor»dagi singari ustozlar bilan g'oyibona muloqot bor. Navoiy o'z «Xamsa»sini yakunlaydi. Uni boshlashidan oldin borib fotiha olgan ustozi va piri Jomiy huzuriga boradi. Ustoz kitobni varaqlar ekan, iste'dodli shogirdi sha'niga yuksak maqtov so'zlarni aytadi. Navoiy bir lahza xayolga cho'mib, Firdavsiy, Nizomiy, Sa'diy Sheroziy, Xusrav Dehlaviy kabi buyuk shoirlar bilan muloqotga kirishadi. Ustozlar uni muborakbod etadilar, haqqiga duo qiladilar.

Darhaqiqat, Nizomiy va Xusrav Dchlaviydek shoirlardan keyin «Xamsa» yozmoq buyuk jasorat edi. Bu borada katta tajribalari bo'lmagan, turkiyda yozmoq esa yuz karra jasorat edi.

U o'z oldiga qo'ygan maqsadini sharaf bilan ado etdi. O'z davrining eng mashhur shoirlari e'tirofini qozondi. Zamonining alloma shoiri, ustozi Jomiyning yuksak bahosiga musharraf bo'ldi. Darhaqiqat, Navoiy turkiy til va adabiyotni jahoniy tniqyosga olib chiqdi. Uning «Xamsa» sidagi dostonlar esa turkiy adabiyotda ko'plab naziralar yozilishiga turtki bo'ldi. Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Iskandar obrazlari she'riyatda an'anaviy timsollarga aylanib qoldi. Hatto ayrim sabablar bilan yozma adabiyoti kechroq boshlangan qozoqlarda mashhur oqin Abay (XIX asr) «Iskandar» dostonini bitdi.

Navoiyning «Lison ut-tayr»ida Qaqnus degan qush hikoyati bor. Uning har bir pati bir rangda bo'lar ekan. Tumshug'ida sonsiz-sanoqsiz teshiklar bo'lib, har biridan alohida ohang taralar ekan. U hech bir qushga o'xshamas, o'zi ham yakka-yolg'iz hayot kechirarkan. Bir kuni Faysog'urs (Pifagorning sharqcha nomi) lining yonidan o'tayotib ovozini eshitib qolibdi va musiqani kashf etibdi. Bu qush umrbo'yi o'tin yig'arkan. Umri poyonida yiqqan o'lini ustiga chiqib, shunday bir g'amgin, lekin dilkash sayrar ekanki, barcha qushlar va vahshiy hayvonlar jam bo'lar va ko'pi halok bo'lar ekan. So'ngida bu qush g'oyat dardli bir nola tortarkan va undan xirmonga o't ketarkan, qushning o'zi ham o'tinga qo'shilib yonarkan. Uning kulidan esa yangi «Qaqnusbacha» bosh ko'tarib, o'tin yig'ishga tushar ekan.

Buyuk shoir Farididdin Attomi ota Qaqnusga, o'zini esa u yoqqan va yongan olov kulidan chiqqan «Qaqnusbacha»ga qiyos qilgan edi. Bunga sal kengroq qaraladigan bo'lsa, Navoiy o'zigacha bo'lgan Sharq adabiyotining ulkan merosini o'z aqli va tafakkurida iamuljam etgan va uning samarasi sifatida maydonga kelgan ijodkor edi. Uning hayot tarzida ham qaqnusga o'xshashliklar mo'l edi.

Shoir o'zining «Muhokamat ul-lug'atayn»ida yozadi: “...umidim uldur va xayolimg'a andoq kelurkim, so'zum martabasi avjdan quyi inmagay...”

Darhaqiqat, shunday bo'ldi. Shoirimiz aytganidek, Navoiy «Temur tig'i yetmagan joyni qalam bilan oldi». Uning shuhrali hayotlik paytidayoq hammayoqqa ketdi. U zamonasining Lutfiydek «Malik ul-kalom»ini hayratga solganida 15 yoshda edi. 24 yoshida muxlislari uning she'rlarini to'plab, devon tuzdilar. Zamondoshlari unga bag'ishlab o'nlab asarlar yozdilar.

Ulug' shoirning kitoblari qayta-qayta tarjima qilindi. Masalan, «Majolis un-nafois» shoir vafotidan ko'p o'tmay uch marotaba forsiyga o'girildi. «Sab'ai sayyor» asari XVI asrdayoq italyan tiliga tarjima qilingan edi. Shoir asarlariga bag'ishlangan maxsus lug'atlar paydo bo'ldi.

Navoiy ijodiyoti XX asr boshlarigacha turkcha-chig'atoycha deb nomlangan eski o'zbek tili va adabiyotining eng ko'rkam, eng sara sahifasi o'laroq umumturk madaniyatining jahoniy shuhratini ta'min etib keldi. Bugun yangi tarixiy sharoitda turkiy qavmlarning aksariyati mustaqil bir davlat va mamlakat sifatida yashab turgan, mustaqil bir millat sifatida shakllanib, o’zining yangi til va adabiyotini yaratgan bir paytda tili, dili, dini bir bo’lgan turkey dunyoni madaniy asoslarda birlashtirishdek ulug’ va muqaddas bir ishga xizmat etmoqda. U birgina o’zbekning emas, butun turkey olamning boshida toj bo’lib turibdi.



Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish