15-Mavzu : O’zbek bolalar adabiyoti
Reja :
O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi.
O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot bosqichlari
Kitobxonlik va bolaning yosh xususiyati.
Bolalar uchun yaratilgan zamonaviy badiiy asarlar( Zafar Diyor,Ergash raimov,Xudoyberdi To’xtaboyev,Farhod Musajon va boshqalar ijodi)
Tayanch atamalar: milliylik, xalqchillik,baynalmilallik,o’zaro adabiy ta’sir, an’ana,kitobxonlik, kichik yosh kitobxonligi ,o’rta yosh kitobxonligi ,katta yosh kitobxonligi.
Xalqchillik va milliylik bolalar adabiyotida jiddiy masala bulib, san’atkor bularga e’tibor bermasa, uning asari yoshlar dunyokarashida hech qanday iz qoldirmaydi yoki noto’g’ri tushunchalarga olib keladi.Adabiyotning xalqchilligi tushunchasining mazmuni shundaki, u uzida xalq ruhini, psixologiyasini, xalqning eng ilg’or, revolyutsion xusuiyatlarini qamrab oladi. Xalq uchun sevimli bo’lgan an’anaviy janr va formalarda asar yozish xalqchillikning muhim mezoni hisoblansa-da, bu mezon jahon adabiyotining ilg’or an’analaridan, undagi xilma-xil janr va formalardan foydalanishni inkor etmaydi. Xalkchillikning asosiy xususiyati xalkning ma’naviy dunyosini, o’y va hayollarini bera bilishda ko’rinadi. Biz Pushkin va Lermontov, Navoiy va Bobur, Abay va Axmad Donish, Muqimiy va Furqat asarlarini xalqchil asarlar deymiz. Chunki bunday yozuvchilar o’z asarlarida shunday masalalarni, voqealarni aks ettirdilarki, ular xalkning ijtimoiy hayotida muhim rol o’ynaydi. Chunki ular uz asarlarida zamonasidagi adolatsizliklarni, qarama-karshiliklarni, xokim sinfning yaramas kirdikorlarini baralla ochib tashladilar. O’zbek bolalar adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, adabiyot maydonida kolgan barcha talantli asarlarda xalkchillik ruxini kuramiz. Masalan, Alisher Navoiy uzining barcha asarlarida xalq manfaatini himoya qilib, ko’zlab timsollar yaratgan. “Navoiy va mardikor yigit”, “Yolg’onchi cho’pon”, “Sabbai sayyor” hikoyatlari va h.k. X.To’xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” romanidagi xalq hayotini kichik bolalar ko’zi bilan kuzatishi orqali urush o’zbeklarga hamma qatori qanday kulfatlar keltirganini anglab yetamiz.
Kichkintoylar uchun yoziladigan har kanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos,yosh kitobxonlar kalbida uy-fikrlar uyg’otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g’oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bulishi zarur.
Yozma adabiyotning vujudga kelishi barobarida bolalar tarbiyasiga bag’ishlangan asarlar ham paydo bo’ldi. Lekin bu maxsus bolalar adabiyoti vujudga keldi degani emas.Bu xildagi asarlarni bolalar adabiyoti tarzida emas, bolalar kitobxonligi tarzida qarashni lozim deb bilamiz. Chunki bolalar adabiyoti tushunchasi bilan bolalar kitobxonligi tushunchasi bir-biridan farq qiladi. Masalan: S.Ayniyning “Esdaliklar” memuar asari, Oybekning “Bolalik”, A.Qahhorning “O’tmishdan ertaklar” asarlari bolalar adabiyotining namunalari sanaladi. Aslida bu asarlarning qahramonlari bolalar (Sadriddin, Musa, Abdulla) bo’lsalar-da, voqelik kattalar didi bilan idrok qilingan. Demak, bolalik muammolari kattalargagina xos badiiy tafakkur sintezidan o’tkazilib o’sha davrga munosabat bildirilgan. Bunday asarlar bolalar yosh xususiyatiga dunyoqarashi bolalar tili gapirish manerasiga xos belgilarga rioya qilinmagan. Keyinchalik bolalar uchun alohida adabiyot yaratish ehtiyoji paydo bo’ldi.
O’zbek bolalar adabiyoti uchun maxsus adabiyotni vujudga keltirish harakatlari XX asr boshlarida bolandi. Bu haraktning boshlovchilari Hamza, Ayniy, Avloniy, Azjiy kabilar bolalarni ma‘rifatga chorlovchi yangi usuldagi maktablar ochdilar va darsliklar yaratdilar. Albatta bu darsliklar bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq bo’lishiga alohida e‘tibor berdilar.30 - yillarda G’.G’ulom, Oybek, H.Olimjon, Uyg’un kabi yozuvchilar bilan bir qatorda bolalar adabiyotining Zafar Diyor, Sulton Jo’ra, Adham Rahmat, Shukur Sa‘dulla, Ilyos Muslim, Quddus Muhammadiy kabi vakillari ham kirib keldilar.. Mana shu yillar bolalar adabiyotini davrlashtirishga ham katta e‘tibor qaratildi.
Bolalar adabiyoti pedagogik –psixologik xususiyatlariga qarab 3 davrga bo’lindi. Bolalar adabiyotini davrlashtirish quyidagicha:
1.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yogacha)
2.Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi.(7 yoshdan 11-12 yoshgacha)
3.O’rta va katta maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi.(13-17 yoshgacha)
Do'stlaringiz bilan baham: |