1-mavzu Adabiyot – san’at turi sifatida. Reja



Download 173,05 Kb.
bet2/52
Sana23.01.2022
Hajmi173,05 Kb.
#401711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
bolalar adabiyoti majmua

Mavzu yuzasidan savollar:
2. Adabiyot fanining tarkibiy qismlari qaysilar?

3.Adabiy turlarni sanab bering.

4. Adabiyot qaysi fanlar bilan uzviy bog’liqlikda ish olib boradi?

Mavzu:№ 2. Bolalar adabiyoti fani hamda uning maqsad va vazifalari.
Reja:

1.Bolalar adabiyoti fanining maqsadi.

2. Bolalar adabiyoti fanining vazifasi.

3. Fanning boshqa fanlar bilan yaqinligi.

Xalqda “adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga e’tibor” deyiladigan juda katta ta’lim-tarbiya o’zida jamlangan umumlashma bor. Bu umumlashmada adabiyotdan xabardor bo’lgan bolaning ilmi, odobi, yurish-turushi, muomalasi, ota-ona va vatanga mehr-muhabbati risoladagidek bo’lishi masalasi ilgari suruladi.

Barchamizga malumki, bolalar adabiyoti so’z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o’y-fikrlar uyg’otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g’oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo’lishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak.

Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli va ona-Vatanga muhabbatli qilib tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatib, anashu yuksak talablarga javob bera oladi. Demak, bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtaiy nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiy tilga suyunadi. Adabiy asarningtili uning g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining mahsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.

Bolalar yozuvchilarning eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi, ona diyorimizga, ehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosif farandlari bo’lishga chaqiradi.Kitob bolani dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, harakterini tarbiyalaydi, ilm fanga muhabbatini oshiradi.Kitob xalqimizning o’tmishi, ilg’or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg’ularini o’stiradi.

Adabiyotga, kitobga muhabbat qo‘yishning o‘zida hikmat bor. Avvalo, kitob hayotda odamga katta yo‘lni topib olishga ko‘maklashadi. Yaxshi bilan yomonni ajratish, milliy qadriyat- larimiz — ajdodlarimiz qoldirgan boy meroslarga hurmat hissini uyg‘otib, yoshlarning ongini yuksaltirishga yo‘l ochadi.

Mana shunday buyuk maqsadni ado etadigan bolalar adabiyotimizning paydo bo‘lishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri kuchli bo‘ldi. Shuningdek, bolalar adabiyoti taraqqiyoti jamiyatning umumiy rivoji bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bu jihatdan Mahmud Koshg‘ariyning „Devoni lug‘otit turk“ asarini eslash o‘rinli. XI asrning buyuk tilshunos olimi o‘z kitobiga juda ko‘p ma’lumotlarni jamlagan. Kitobda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo‘lib, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga ko‘chib yurgan maqollar, rivoyatlar, qo‘shiq va lirik she’rlardan namunalar keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo‘shiqlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy, Behbudiy, Hamza, Fitrat, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq- odobi haqida materiallar beriladi.

O‘zbek xalqiningulug‘ ma’rifatparvari, mutafakkiri va buyuk shoiri Alisher Navoiy ijodida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan sahifalar nihoyatda ko‘p. U bolalarni ilm-hunar egallashga, mehnatni sevishga undaydi, bu ilm va hunarni xalq, vatan manfaatlari yo‘lida sarf qilish zarurligini alohida uqtiradi.

Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerak: „Yoshligingda yig‘ ilmning mahzanin, qarigan chog‘da sarf qilg‘il ani“ — shoir- ning shiori ana shunday. U yoshligidan o‘qishga beriladi. Bolaligidanoq ko‘p she’rlarni yodlaydi. Jumladan, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“ („Qush nutqi“) asarini qayta- qayta o‘qib, yod oladi. Alisher Navoiy davlatda yuqori martabaga erishgach, maktab va maorif ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. U bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida do‘sti, podshoh Husayn Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qiladi. Shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining „Ixlosiya“ madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratadi. Buning uchun o‘z hisobidan lozim bo‘lgan mablag‘ni ajratadi.

Navoiy o‘qituvchini quyoshga o‘xshatadi. Quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochganidek, mudarris „abjadxonlar“ni yoritadi, hali ilmdan bexabar bo‘lgan toliblarni ilm nuridan bahramand etib, ma’rifat beradi, deydi. Alisher Navoiy ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini badiiy asarlarida komil insonlar sifatida tasvirlangan ijobiy obrazlari orqali bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, ilm-fanning xislati, qudratiga juda katta baho beradi.


Download 173,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish