1-ilova
Mavzu: № 12. Turli yosh guruhlar uchun rus xalq ertaklarini tanlash, asar ustida ishlash va sahnalashtirish
Reja:
Rus xalq ertaklari badiiyati va timsollar ko’lami
L.N.Tolstoy ertaklaridan namunalar
Kulrang sichqoncha haqida ertak va uni sahnalashtirish
Rus adabiyotining ,shu jumladan bolalar adabiyotining shakllanishida boshqa bir qancha ijodkorlar bilan birgalikda L.N.Tolstoyning o’rni beqiyosdir.Lev Nikolayevich Tolstoy –(1828.28.8 Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlogʻi — 1910) — rus yozuvchisi. Rossiyadagi qadimiy dvoryanlar sulolasidan, 1844—47 yillarda Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetlarida oʻqigan. 1851—53 yillarda Kavkazda boʻlib, janglarda ishtirok etgan. 1854-yil Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga koʻra, qamaldagi Sevastopolga oʻtkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin sheʼrlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati taʼsirida sheʼrlar yozgan. Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin olgan “Urush va tinchlik” (1863—69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Asli pedagog bo‘lgan Lev Nikolayevich Tolstoyning bolalarga bag‘ishlab yaratgan asarlarida tarbiya birinchi o‘rinda turadi.L. N. Tolstoy dehqon bolalarining ta’lim-tarbiyasiga oid rang-barang qissalar, hikoyalar, ertaklar, ocherklar, ilmiy-ommabop maqolalar yozdi va ularni o‘zi tuzgan maxsus darsliklar — „Alifbe“, „Yangi alifbe“, „Rus bolalari uchun o‘qish kitobi“ kabi kitoblarida yoritdi.U bolalar uchun jajji, ammo ma’no va mazmun jihatidan yetuk asarlar yaratib berdi. Kichkintoylarga bag‘ishlab („Fillipok“, „Qizcha va qo‘ziqorinlar“, „Danak“); dehqonlar turmushidan olib („Sigir“,„Chol bilan nabira“) va hayvonlar olamini aks ettiruvchi („Arslon bilan it“, „Bulka“, „Fil“) ajoyib-g‘aroyib hikoya va ertaklari, „Akula“, „Sakrash“, „Kavkaz asiri“, „Ikki o‘rtoq“ va xalq og‘zaki ijodi asosida yozgan „Uch ayiq“, „Shat va Don“ asarlari turli millatbolalarining sevimli asarlariga aylangan.Tolstoy dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, oʻzi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning soʻnggi asarlari (“Tirik murda”, 1890; “Baldan soʻng”, 1903 va b.) da ham aks etgan. Tolstoy hayotining Yasnaya Polyanadagi soʻnggi kunlari ruhiy iztiroblar poʻrtanasida kechdi. U yaqin kishilari toʻqigan igʻvo va fasod toʻridan qochib, 1910-yil Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yoʻlda shamollab, vafot etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |