1-masalaning bayoni



Download 133,38 Kb.
bet45/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
milliy goya

4-masalaning bayoni:  Milliy g‘oya adabiyot va san’at bilan odamlar qalbiga singadi. Bu sohada muammo ancha. Avvalo taqlidchilik kasalidan qutilish zarur, yuksak, professional san’at ruhida tarbiyalanish va tarbiyalash shart.

Yengil, masxarabozlik spektakllari, hazil-mutoyiba ko‘payib, jiddiy san’atga e’tibor susaydi. Yumor ham, mutoyiba ham kerak. Ammo jiddiy san’at unutilmasligi lozim. Kishilarning didi, tuyg‘ulari maydalashib, bachkanalashib bormasligi kerak. Chunki did maydalashsa, tafakkur ham maydalashadi, muhim, zalvorli fikru g‘oyalar, chuqur falsafiy-mushohadaviy asarlar qabul qilinmay qoladi. Bu esa, o‘z navbatida fundamental tadqiqotlarga e’tiborni susaytirib qo‘yadi, odamlar jiddiy fikrlardan chetlashib qolmasligi lozim.

Demak, milliy tarbiyada mayda-chuyda narsa yo‘q, urf-odatlardagi nuqsonlarga nisbatan keskin choralar ko‘rish vaqti keldi.

Biz inson qadri uchun jonbozlik qilaylik. Agar o‘z bolang emas, qo‘shnining bolasi iste’dodli bo‘lsa, o‘shanga yordam qilib, tarbiyasiga hissa qo‘shmoq ulug‘ savob ekanini anglab yetaylik.

Hozir yoshlarimiz iqtisodiy, huquqiy bilimlarni o‘rganishga berilganlar. Bu yaxshi. Shu bilan birga tarix, ona tili, adabiyot, san’atni ham sevib o‘rganish lozim. Kishining ma’naviy dunyosini kengaytirishda musiqa, teatr, rassomlik san’ati va ayniqsa, badiiy adabiyotning roli benihoya katta. Adabiyot hislarni tarbiyalaydi, ko‘ngil mulkini obod qiladi, tafakkur va shuurni boyitib ulg‘aytiradi. Qadimda madrasalarda «balog‘at ilmi» o‘tilgan. Bu asosan adabiyotdan lazzatlanish, she’rni, so‘zni anglash va fasohatli so‘zlash ilmidir.

Zotan, yetuk odam faqat ilmning ko‘pligi bilan emas, kuchli mantiqi, voizligi, suxandonligi bilan ham ajralib turadi. Har bir odam nimagadir mehr qo‘yadi, nimagadir qobiliyat ko‘rsatadi, o‘z kasbining ustasi bo‘ladi. Biroq hammadan talab qilinadigan narsalar borki, bu kasbiy sifatdan tashqari, insoniy sifatlardir. YA’ni yuqorida zikr etganimiz vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, halollik, rostgo‘ylik, haqgo‘ylik, Haq va haqiqatni sevish ana shunday sifatlardir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yana saxovat, himmatbalandlik, futuvvat ko‘proq ko‘zga tashlanadigan, qadrlanadigan sifatlar bo‘lib qoldi.

Adabiyot!, bu - bilimlar kaliti, ma’naviy- ma’rifiy ilm manbai, insoniyat tarixining tafakkuri-olam xazinasi, ta’lim va tarbiya ko‘zgusidir.[2] San’at-ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‘ziga xos shakli. San’at inson mehnati, aql-idroki, shuuri bilan yaratilgan ijod mahsulidir. San’at asarida shaxsning o‘ziga xos iste’dodi namoyon bo‘ladi. San’at insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi, dunyoni ma’naviy anglashning maxsus turidir. “San’at” keng ma’noda, badiiy qadriyatlar, ularni yaratish (badiiy ijod qilish) va iste’mol (badiiy idrok etish) jarayonlarini qamrab oladi. San’at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan. “San’at” so‘zi jonli tilimizda nechog‘li keng ma’noda qo‘llanmasin, tabiiyki, bizni uning emas, balki istilohiy ma’nosi qiziqtiradi.

 Istilohiy ma’noda “san’at” deganda insonning go‘zallik qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o‘zlashtirish (va o‘zgartirish)ga qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi o‘laroq vujudga kelgan jami narsalar tushuniladi. YA’ni, go‘zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan narsalarning hammasi san’atga aloqadordir.

San’atda go‘zallik kategoriyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Estetika fani-go‘zallik san’atning zarur sharti ekanligini, go‘zalliksiz san’atning yo‘qligi va bo‘lishi mumkin ham emasligini uqtiradi. San’atda mazmun va shaklni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. San’atning o‘ziga xos xususiyati uning voqelikni ilg‘or g‘oyaviy nazardan badiiy obrazlar orqali aks ettirishdir. Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish jarayonida san’at alohida o‘rin tutadi. Chunki san’at yuksak ijtimoiy g‘oyalarni targ‘ib etuvchi, inson ma’naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, uni shaxs sifatida tarbiyalovchi vositalardan  biri bo‘lib, zarur bo‘lgan o‘zaro muloqotlar vositasi sifatida turli qit’alar va davlatlarni o‘zaro bog‘laydi. Zotan, inson san’atdan estetik zavq, bitmas – tuganmas ijodiy kuch-qudrat oladi va shu ma’noda san’at ma’naviy yuksalishning eng ta’sirchan quroliga aylanadi.

Shuning uchun ham san’at asarlari beradigan bilim muayyan mamlakat, millat yoki ma’lum bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan ma’lumotlardan farq qiladi. San’atning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir o‘quvchi, tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda estetik zavq uyg‘onishidadir. San’at barcha ijtimoiy ong shakllari singari o‘z taraqqiyot qonunlariga ega. Bu qonuniyatlar san’atning o‘z ichki xususiyatlaridan kelib chiqsada, ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan xalq, millat, elat, mamlakat va jahon sivilizatsiyasi darajasi bu qonuniyatlarini o‘z ifodasini topadi.




Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish