3-masalaning bayoni: Avlodni kim tarbiyalaydi, millat Qanday sinflarda tarbiya topadi, fikr Qanday kitoblar yordamida tarbiyalanadi? Bularning barchasi haqida kim qayg‘urishi kerak? Bu savolga tayyor javob bor: ota-ona, muallim, maktab, ta’lim vazirligi va oxir-oqibat davlat, jamiyat.
Birinchi Prezident I.Karimov ham o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida bu borada uch tabarruk makoniga alohida e’tibor qaratadi: ularning birinchisi –oila, ikkinchisi – mahalla, uchinchisi – ta’lim-tarbiya tizimi. Darhaqiqat, har bir davlat o‘z fuqarolari bilimli, haq-huquqini taniydigan, ma’naviy barkamol, bir so‘z bilan aytganda, komil inson bo‘lib voyaga yetishi haqida qayg‘uradi.
Ta’lim–tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi komil inson tarbiyasidir. Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi, davlat va jamiyat nazoratidagi umummilliy masaladir. Ta’lim va tarbiya bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan uyg‘unlikda olib borilishi lozim.
Har bir fuqaro va har bir ota-ona oilani mustahkamlash, bolalarni mehnatsevarlik, pokizalik ruhida tayyorlashdek burchga mas’uliyat bilan qarashi har qachongidan ko‘ra hozir ayniqsa zarurdir.Bu bilan tinch yashashimiz, ishlashimiz va nihoyat jonajon mustaqil O‘zbekistonimizning yanada gullashi uchun bebaho hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
Dono xalqimizning “ Oilalar mustahkam bo‘lgan, ravnaq topgan mamlakat qudratli, boy va farovon bo‘ladi” deyishi bejiz emas.
Oila to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikni amalga oshirish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan g‘oyat muhim vazifa. Oila- yosh avlodlar sog‘ligini mustahkamlash va ularni tarbiyalashda, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashda, demografik jarayonlarni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Kishining xarakteri, uning mehnatiga, ma’naviy, g‘oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oiladja shakllanadi. Shuning uchun ham mustahkam ma’naviy va ahloqiy jihatdan sog‘lom oila bo‘lishini jamiyat rivojlanishida nihoyat roli kattadir.
Sharqona, o‘zbekona xislatu-fazilatlar bo‘lgan yoshi ulug‘lar oldida odob saqlashlari, har qanday sharoitda ham hurmat-e’tiborlarini joyiga qo‘yishlari,kichiklarga izzatda bo‘lishlari yoshlarimizning murg‘ak ongi va qon-qoniga mahalla tarbiyasi va ta’siri ostida singadi.
Mahallaning sharqona, o‘zbekona an’analar, urf-odatlar va udumlarni jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, ajdoddan avlodlarga yetkazuvchi, to‘ylarni, ma’raka va marosimlarni isrofgarchiliklarsiz, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz o‘tkazilishini ta’minlash borasida ham roli va ahamiyati e’tiborga sazovordir.
Mustaqillik yillarida mahallalarning qadim-qadimdan ezgulik beshigi, tarbiya o‘chog‘i, asl milliy qadriyat sifatida nufuzini tiklash va ulug‘lash borasida ko‘pdan-ko‘p ishlar qilindi.
Mahallaning obod va ko‘rkamligi xonadonlar va xonadondagilarga bog‘liq. Xonadon obod ,fayzli bo‘lsa, mahallaga ham fayz kiradi,husniga husn qo‘shiladi.
Mustaqillik tufayli biz ozod, erkin va farovon hayot barpo etayapmiz.Ana shuni xalqimiz, har bir fuqaro tushunib yetishi zarur, chunki, Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni o‘zimizning qo‘limizda.
Hozirgi tarixiy o‘zgarishlar davrida jamiyatimizda yangi fikrlar, davlatlar, maqsadlar yuzaga kelayotgan bir sharoitda uni puxtalashgan mafkura asosida yuritish zaruriyati yuzaga keldi. Xalqimiz, ayniqsa voyaga yetmagan yoshlarimiz qanday g‘oya asosida tarbiya topishi, qanday ezgu maqsadlarga intilishi kerakligini to‘g‘ri anglab olishimiz zarur bo‘lib qoldi.
Odobli, bilimdon, aqlli, mehnatsevar, bir so‘z bilan aytganda insoniylik fazilatlariga ega bo‘lgan farzand-jamiyatimizning eng katta boyligi va bu boylikni aynan oila yaratadi.Albatta, bu borada mahallaning o‘rni va ta’siri ham kattadir.
“Agar mahalla jamiyatimizda o‘zining munosib o‘rnini egallasa, agar mahallada tinchlik va osoyishtalik bo‘lsa, bizning hamma narsaga kuchimiz yetadi”.Bu Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidentining kundalik amaliy faoliyatlarida, mahallalar haqida qabul qilgan farmon va farmoyishlarida o‘zining amaliy ifodasini topib kelayotgan dasturul-amaldir.
Xozirgi kunda mahalla har qanday ma’naviy tahdidlarga qarshi kurasha oluvchi shaxs tarbiyasiga mas’uldir,
Ma’naviy kamolotni ta’minlashga qaratilgan bir qator tadbirlar yoshlarimizni mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Masalan,Yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, xalqimizning hayotiga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda ro‘y berayotgan voqealarga dahldorlik hissini oshirish, Vatanimiz mustaqilligi tinch osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi kurashish mavzularida davra suhbatlari, ma’naviyatning ma’no-mohiyati, qadimiy ildizlari,noyob, betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish jarayonlari mavzulariga oid seminar-treninglar,”Moda va yoshlar”, “ Bek va begoyim”,”Yashasin beklar”, “Eng ibratli qaynona-kelin” ko‘rik-tanlovlar,Milliy g‘urur, tarixiy xotira, komil inson tarbiyasi mavzusiza oid yosh oilalar maktabini tashkil etish,”Otangga raxmat”mavzuzida yigitlar gurungini tashkil etish orqali yoshlarda o‘zi yashab istiqomat qilib kelayotgan maskanga muhabbat hissi shakllantiriladi.
Inson oliyjanoblikni va ezgulikni, o‘tmish yoki kelajakdan izlamay, eng avvalo o‘zida yaratmog‘i, o‘zi bilan har kuni muloqotda bo‘lgan kishilarda ko‘rmog‘i lozim. Shunday ekan,o‘z Vatanini qudratli va buyuk, o‘z xalqini baxtli ko‘rish, avlodlarning barkamol bo‘lishini istagan har bir vijdonli kishi ma’naviyatni yuksaltirish borasida fidoyilik qilishni o‘zining burchi deb bilmog‘i zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |