Ijtimoiy hamkorlik- murosa falsafasi bo‘lib, xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo‘lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.
Ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
· Jamiyatdagi siyosiy kuchlar va ijtimoiy qatlamlarning hamjihatligi
· Turli millat, irq va din vakillarining o‘zaro hamkorligi
· Taraqqiyotning yetakchi tamoyillarini aks ettiruvchi ilg‘or g‘oyalarning o‘zaro uyg‘unligi
· Har bir shaxs yoki ijtimoiy guruhning mustaqillikni mustaxkamlash uchun o‘zini mas’ul deb bilishi
Mazkur moddada mustaxkamlangan O‘zbekiston fuqarolarining milliy tengligi tamoyili inson xuquqlariga oid barcha xalqaro xujjatlarga jumladan, O‘zbekiston Respublikasi nomidan uning Prezidenti imzolagan “Yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasi” t alablariga to‘la mos keladi.
Mazkur tamoyil mamlakatimizda tinchlik, siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikning xuquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ana shu talablardan kelib chiqib, mamlakatda millatlararo munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan amaliy choralar belgilandi. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, mamlakatda millatlararo munosabatlarni takomillashtirishda tilning o‘rni va roli kattadir. O‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tili maqomini oldi. Bu o‘z navbatida uning mamlakatda yashovchi fuqarolar o‘rtasida millatlararo aloqalar vositasiga aylanishiga imkon berdi.
1989 yil oktabrda Oliy Kengash sessiyasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 1995 yil 21 dekabrda Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘rtinchi sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha etnik guruhlar va millatlar o‘rtasida shu xududda yashaydigan har qanday odamga o‘zini erkin va teng xuquqli deb xis qilish uchun barcha imkoniyatlar yaratilib berilgan. Ularning fuqarolik, shaxsiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy xuquqlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida , “Fuqarolar saylov xuquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasining hamma fuqarolari “ijtimoiy kelib chiqish, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi vak xususiyatidan qat’iy nazar teng saylov xuquqiga ega” deb yozib qo‘yilgan. Shuningdek, O‘zbekiston hududida yashaydigan etnik ozchilikning xuquqlarini ximoya qilish to‘g‘risida ham aloxida ko‘rsatib o‘tilgan. Konstitusiyada yozilganidek, “O‘zbekiston Respublikasi o‘z xududida ham uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy ximoya qilish va ularga xomiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi”1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 4-moddasida “ O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.
8-modda “O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”. Demak, O‘zbekistonda tug‘ilgan, uning zaminida yashab, mehnat qilayotgan har bir kishi, millati va irqiy mansubligidan, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, mamlakatimizning teng xuquqli fuqarosidir.
Shuningdek, 18 moddada “ O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil xuquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib, qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsipiga mos bo‘lishi shart”
“Fuqarolar saylov xuquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda esa barcha fuqarolarga ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi , jinsi, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’iy nazar, teng saylov xuquqining berilishi belgilab qo‘yilgan.1 Bu esa shu bag‘rikenglikning zamonaviy, siyosiy-xuquqiy ifodasidir. “O‘zbekiston Respublikasi o‘z xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilishni ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o‘z milliy madaniy urf-odatlari, an’analari, tiliga, konstitusiyaviy xuquqiy tenglikka ega. O‘zbekistonda bugungi kunda 100dan ortiq milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu yo‘nalishda markazlar tuzish bo‘yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O‘zbekistonda barcha millat vakillariga teng xuquqli munosabat davlat qonuni bilan mustaxkamlangan. Buning ijobati maktablarimizda 9 ta millat tilida o‘qitish ishlari, 20 ta tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko‘rsatayotganligida ko‘rinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |