1-masalaning bayoni



Download 133,38 Kb.
bet39/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
milliy goya

Davlat bosh islohotchi

                   Davlat bosh islohotchilik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishi iqtisodiyot lokomativining meyorda ishlashini ta’minlashi ayni inqiroz davrida yana bir karra o‘z isbotini topdi. Chunonchi, islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, iqtisodiy o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqish va uni izchillik bilan isloh etish hamda turli konservativ qarashlarni bartaraf etishda katta o‘ringa ega bo‘ldi. Davlat bosh islohotchi tamoyilining ahamiyati yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari, mustahkam makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportini diversifikatsiya qilish va oshirish, xorijiy investitsiyalarni izchil jalb qilish sur’atlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.



Qonun ustuvorligi

             Ma’lumki, mamlakat taraqqiyoti qonunchilik tizimining nechog‘lik mukammalligiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan yurtimiz qonunchiligi juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tdi. Buni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va huquqiy tizimdagi o‘zgarishlarda yaqqol ko‘rish mumkin. Birgina sud sohasida islohotlar, o‘lim jazosining bekor qilinishi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 60 yilligining keng nishonlanishi dunyo hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof etildi.



Kuchli ijtimoiy siyosat

            Har bir davlatning insonparvarligi va rivojlanishini birinchi navbatda, ijtimoiy siyosatiga qarab baholash mumkin. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi birinchi marta fuqarolarning ijtimoiy (oldingidek faqat moddiy emas) ta’minot olish huquqini mustahkamladi. Bundan tashqari ilk bor tirikchilik uchun zarur bo‘lgan pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari miqdorining eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

            Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy maqsadi – xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratishdan iborat. YA’ni, islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak[1]. Jamiyatimizdagi har qanday yangilanish har qanday o‘zgarish mohiyatida shunday ezgu maqsad mujassamdir. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti kuchli ijtimoiy siyosat yuritishni iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning ishonchli kafoloti, mamlakatning yangilanish va taraqqiyot yo‘lini yo‘lini namoyon etuvchi eng muhim tamoyillardan biri deb bildilar. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash va kafolatlashning butun bir tizimi vujudga keltirildi. Kishilarni ijtimoiy himoyalash va kafolatlashning kuchli mexanizmi jamiyatda yaratilgan milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashdangina iborat bo‘lib qolmadi. Bir so‘z bilan aytganda, kuchli ijtimoiy siyosat masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, yordamga muhtoj fuqorolarni, har bir oilani qamrab olish darajasiga yetdi.

                                       Bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish

   Bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish hamda  mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilishni ta’minlash  va barcha mulkchilik sohalarining huquqiy tengligini kafolatlash borasida o‘tgan davr mobaynida juda ko‘plab ishlar qilindi.

3-masalaning bayoni: O‘zbekistonning mustaqilligi ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Milliy istiqlol g‘oyasi bu qadriyatlarni tiklashni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

I.Karimov: «Ota-bobolarimizdan qolgan ezgu udumga muvofiq, keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatishdek noyob insoniy qadriyatni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish va mustahkamlash zarur», deb ta’kidlaydi. «Nuroniy otaxonlarimiz, munis onaxonlarimizga hamisha hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, ularning xizmatini qilib, duosini olish, jajji go‘daklarga, aziz farzandlarimizga gamxo‘rlik qilish, ularni ardoqlashdek xalqimizga xos bo‘lgan, asrlar davomida saqlanib kelayotgan olijanob odatga har birimiz sodiq bo‘lishimiz, uni asrab-avaylashimiz, rivojlantirishimiz ham farz, ham qarzdir». Lekin bu hammaga ham bir xilda xush kelmayotir. Bizni o‘zimizga xos qadriyatlardan mahrum etishga urinishlar hozir ham davom etmoqda. «An’anaviy qadriyatlar»ni yo‘q qilib taraqqiyotga erishish mumkin degan g‘oya xavflidir.

«Nur borki - soya bor» deganlaridek, o‘z farzandlik yoki ota-onalik burchlarini unutayotgan, muqaddas milliy qadriyatimizni oyoq osti qilayotgan ayrim kimsalar ba’zan uchrab turibdi. O‘zlarini dunyoga keltirgan otalari yo volidalarini «Qariyalar uyi»ga joylaydigan, farzandlarini «tirik yetim» qilib, «Mehribonlik uyi»ga tashlab ketadigan kimsalarda nafaqat milliy or-nomus, oddiy insof va vijdon,  umuman, odamgarchilik yo‘qligi milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan achinarli xol.

O‘zbekiston davlati qariyalarni qadrlash, yoshlarga gamxo‘rlik ko‘rsatishni o‘z taraqqiyotining ustuvor tamoyili qilib belgilagan. Binobarin, turli sabablarga ko‘ra boquvchisiz qolgan keksayu-yosh hech mahal mehr-muruvvatdan chetda qolmasligi aniq. Ayni paytda milliy istiqlol g‘oyasi har bir vatandoshimizning o‘z fuqarolik burchlarini chuqur anglab yetishini, insoniylik va mehribonlikni eng ezgu qadriyat sifatida e’tirof etiladi. Dahshatli urush yillarida yuz minglab yetim bolalarni asrab olib, milliy bag‘rikengligimizni dunyoga tanitgan insonlarga munosib bo‘lish – milliy g‘oyaga sadoqatning amaliy ifodasidir.

Milliy g‘oya ruhiga yot bo‘lgan salbiy xislatlardan biri – boqimandalik, loqaydlik bo‘lib, bu mehnat kishilarining g‘ayratini, tashabbusini bo‘g‘ib kelgan o‘tmish tuzumdan meros bo‘lib o‘tdi va hozir ham ayrim kishilarning faolligiga salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda.




Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish