1-masalaning bayoni: Barqarorlik- (ijtimoiy)- jamiyatdagi tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik vaziyati; davlat, jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy kelishuv holatining muttasil davom etishi va b.
G‘arb olimlari Barqarorlik barqarorlikning arafasi yoki muayyan beqarorlikdan keyingi xolati, jamiyatning yangi beqarorlik oldidan tin olish davri, degan fikrni ilgari surganlar. Bundan farqli tarzda T.Parsons “ijtimoiy tizimning barqarorlik qoidalari”ni ishlab chiqishga harakat qilagan. Uning fikricha, har qanday barqaror jamiyatning ijtimoiy tuzilishini tashkil etadigan elementlar faoliyati o‘zaro uyg‘un bo‘lishi shart. Ana shu uyg‘unlik doimiy barqarorlik omilidir. Bunda davlatning vazifasi jamiyatning eng kichik bo‘g‘inlari, jamoalar, tashkilotlar, idoralar orasidagi mutanosiblikni saqlash va mustahkamlashdan iborat. Agar davlat buning uddasidan chiqa olsa, u jamiyatni barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan boshqaruvchi (regulyator) vazifasini ado etadi. Bu esa o‘z navbatida, davlatning muayyan isloxotlarni amalga oshirishi uchun imkoniyat yaratadi. T.Parsonsning bu qarashlari ko‘pgina G‘arb mamlakatlari mutaxassislari tomonidan e’tirof qilingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ijtimoiy barqarorlikka erishish va uni mustahkamlashga katta e’tibor bermoqda. Barqarorlik jamiyat taraqiyotining, isloxotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning asosiy shartidir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, jamiyat rivojlanishida yuqorida ta’kidlaganimizdek, g‘oyaviy-mafkuraviy hamkorlikning ahamiyati muhimdir. G‘oyaviy-mafkuraviy hamkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ma’naviy va huquqiy asoslariga aloxida e’tibor berishimiz kerak. Masalan, O‘zbekistonning tashqi siyosiy-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yilishida quyidagi tamoyillar birinchi o‘ringa chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin:
1. O‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda;
2. Teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik.
3. Mafkuralar xilma-xilligidan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavsizlikni saqlashga sodiqlik.
4. Xalqaro xuquq normalarining davlat ichki normalaridan ustunligi.
5. Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.
Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik g‘oyalari asos qilib olingan. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. Bugun O‘zbekiston 120dan ortiq davlatlar bilan aynan ana shu g‘oya ostida diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar olib bormoqda.
Shunday qilib: jamiyat barqarorligini ta’minlash omillari quyidagilardir:
Milliy g‘oya, millatlararo munosabatlar, diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy hamkorlik, “O‘zbekiston – yagona vatan”, “Shu aziz vatan barchamizniki” g‘oyasi. Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi.
Jamiyat ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda Milliy istiqlol mafkurasi tamoyillarining amaliy yo‘nalishlari:
· Ijtimoiy soxada – Tenglik, Erkinlik, Hamkorlik.
· Iqtisodiy soxada – Xilma-xil mulkchilik, Erkin xo‘jalik faoliyati, Erkin iqtisodiy munosabatlar.
· Siyosiy soxada – Fikrlar rang-barangligi, Erkin saylovlar, DemokratiY.
· Ma’naviy soxada – Komil inson, E’tiqod erkinligi, Milliy merosni asrash va vorislik.
Do'stlaringiz bilan baham: |