1-masalaning bayoni



Download 133,38 Kb.
bet25/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
milliy goya

Birinchisi, globallashuv jarayonida ana shu kurashlarning asosiy maqsadi inson va uning qadriyatlariga turli – xil yondashuvlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.

Ikkinchidan, globallashtirish jarayonlari jamiyat va inson faoliyatining barcha tomonini qamrab oladigan harakterga ega bo‘lgani uchun, uni turli xil ilim sohalari vakillari o‘rganaveradi.

Axborot olamidagi globallashuvning shiddatli kuchi, uni hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkinligini – axborot va texnologiya inqilobi tufayli dunyo ilgarigiga qaraganda yanada jips va mushtarak bo‘lib bormoqda. Shu ma’noda globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.

Bugungi dunyoning taraqqiyoti ichki va tashqi omillar ostida yuzaga kelmoqda. Ichki va tashqi omillar asosan axborot vositasibilan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari – radio, televizor, gazeta, jurnal va internet orqali axborot ayirboshlash rivojlanib bormoqda. Hatto, ba’zida mobil telefonlarni internetga ulash hodisalari ham uchray boshladi. Olimlarning fikricha inson 85 foiz axborotni ko‘rish orqali oladi va qolgan 15 foiz axborotni eshitish orqali olar ekan. Demak, bu o‘rinda televideniya va internetning roli har qachongidan ortadi. Misol uchun, 2002 yilgi Sidneyda (Avstraliyada) bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimini dunyo aholisidan 3 milliard 600 million kishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilgan. Rossiyalik olim Y. B. Kashlevning mana bu ma’lumotlariga e’tibor bering: XXI asrga insoniyat 2,2 million radiopriyemnik, 1 milliard 200 million televizorga ega sifatida kirib kelgan. Bundan30-40 yil oldin buni tasavvur qilib ham bo‘lmas edi.

Asrimiz boshlariga kelib Internet nomli magnat paydo bo‘ldi. 1995 yili Internetdan foydalanuvchilar soni dunyoda 900 ming kishi edi, 1999 yilga kelib undan 171 million kishi foydalana boshladi va 2002 yilga kelib Internet abonentchilari soni 500 millionga yetdi. 2005 yilso‘ngiga kelib Internetdan dunyoda 1 milliard kishi foydalan boshladi.O‘zgacha aytganda, dunyoda biror shaxs, jamiyat, davlat yoki voqea, hodisa haqida sanoqli daqiqalarda xabar topish imkoni paydo bo‘ldi. Bir paytlar qo‘shni davlat ahvoli haqida ma’lumot olish uchun oylab kutilar edi. Bugun esa Mariananing Nil daryosi bo‘yiga qanday aksa urganligi yoki Azizbekning Amudaryo bo‘yida qanday so‘kinganligi haqida bir lahza ichida xabar topish mumkin.



Jahonda ro‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatini yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha. Bugungi dunyo yaxlitlikni tashkil etsada, undagi mintaqa va davlatlar, millat va xalqlar tarixiy shart-sharoit, jo‘g‘rofiy joylashuvi, geostrategik holatiga ko‘ra turli mavqega ega. Hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davr. Shunday ekan, ularning o‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta’sir usullari bo‘lishi shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida ko‘plab davlatlar mavjud bo‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, din va diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular o‘zaro farqlanadigan, ba’zan bir-biriga zid bo‘lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar o‘zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta’sir o‘tkazish, ularni bo‘ysundirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o‘z manfaatlarini ta’minlashga intilishdir. Bunday ta’sir o‘tkazishning tinch yo‘li ko‘zlangan maqsadga olib kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham, ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga harakat qilinadi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlansa, aksariyat ilg‘or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson va jamiyat kamolotiga xizmat qiladigan umuminsoniy g‘oyalar ustuvordir. Shu bilan birga, inson ongida yangicha dunyoqarash va tafakkur tarzi shakllanayotgan hozirgi davrda muayyan kuchlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan intilishi kuchayib bormoqda. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va terrorizm, irqchilik va ekstremizm mafkurlari shular jumlasidandir. Xususan, turli shakllarda namoyon bo‘layotgan terrorchilik kuchli moddiy asosga ega bo‘lib, mafkuraviy xavfi ortib bormoqda. Bundan tashqari, e’tiqod umumiyligiga asoslanish (mas. panislomizm), etnik birlikka urg‘u berish (mas. Panslavizm, paneronizm, panturkizm) va yagona ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy makonda yashash natijasida yuzaga kelgan bog‘liqlik asosida (mas. pansovetizm) yakka mafkuralar hukmronligini ta’minlash va shu yo‘l bilan jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olinishga urinishlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Lekin bular bugungi dunyodagi mafkuraviy jarayonlarni to‘la-to‘kis aks ettira olmaydi. Chunki globallashuv sharoitida bu jarayonlar yangicha tus va shakllarda namoyon bo‘lib, g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib bormoqda. Bunday tahdidlarning xatarli jihati shundaki, I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “... agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab olish nihoyatda qiyin”. Shuning uchun dunyoning mafkuraviy manzarasida yuz berayotgan o‘zgarishlar mohiyatini teran anglash, tahlil etish va zarur xulosalar chiqarish muhim ahamiyatga ega.

Demokratik taraqqiyot yo’lini tanlagan bizning mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari kuchli fuqarolik jamiyatini qurishning muhim vositasi hisoblanadi. Ular faoliyatining huquqiy bazasi yaratilgan va u takomillashtirilmoqda, bu baza axborotning ochiqligi, oshkoraligini kafolatlaydi. U nafaqat davlat, balki aholining turli qatlamlari uchun mo‘ljallangan mustaqil ommaviy axborot vositalari sonining ortishiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), shu jumladan, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish jamiyatni yanada demokratlashtirish jarayonida ularning faolligini va ta’sirini oshirishga yordam beradi.

Ta’kidlandiki, axborot maydonining globallashuvi jarayonida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan televidenie va Internetning paydo bo‘lishi hisobiga sayyoramizning turli mintaqalari ommaviy axborot vositalari ish tajribasini o‘rganish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari faoliyati va axborot texnologiyalaridan foydalanishda madaniy, tarixiy, iqtisodiy va boshqa turli yondashuvlar mavjud bo‘lgan G‘arb, Osiyo mamlakatlari tajribasini o‘rganish lozim. Bunday tajribani o‘rganish Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayniqsa muhim, chunki bugungi kunda ular o‘z rivojlanish hususiyatlarini hisobga olgan holda milliy va mintaqaviy axborot maydonlarini kengaytirish siyosatini amalga oshirmoqda.


Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish