1-masalaning bayoni


Axborot(informatsion) xurujlari



Download 133,38 Kb.
bet26/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Bog'liq
milliy goya

Axborot(informatsion) xurujlari(ingl, information war; information – “axborot”, war – “urush” ) – o‘zga davlat tinch aholisi va (yoki) harbiylariga muayyan axborot (informatsiya) tarqatish yo‘li bilan ta’sir o‘tkazish. “Axborot-ruhiy urushi” atamasi AQSH harbiy doiralari lug‘atidan qabul qilingan. Ushbu atama ingliz tilida shu bilan birga “Axborotlar qarama-qarshiligi” tushunchasini ham anglatib keladi.

Axborot(arab, axbor — xabarlar, ma’lumotlar) — muayyan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi xabar yoki ma’lumot, ularni tushuntirish, tushunish va idrok etishda qadim zamonlardan buyon qo‘llanib kelinayotgan, kibernetika va informatikaning taraqqiyoti tufayli keyingi vaqtda yangi, keng ma’no kasb etayotgan tushuncha. OAV orqali e’lon qilinadigan ko‘rsatuv va eshittirishlarning nomi, jurnalistika sohasidagi maxsus janr ham shunday ataladi. Biron voqea haqidagi batafsil ma’­lumot, davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnomalar to‘g‘risidagi rasmiy xabar ham axborot deyiladi. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlat o‘rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natija­sida tuzilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlat­lar tomonidan e’lon qilinadi. Ikki davlat o‘rtasida olib boriladigan muzo­karalar haqidagi axborot odatda qo‘shma axborot deb ataladi. Kundalik hayotda biror narsa (jarayon, ish, hodisa) to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumot yoki yangiliklar ham axborotdir.

Axborotni faksimil uzatish (AFU) odamlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi bo‘lib, uning yordamida matn, gazeta, oddiy qulyozma, grafika, fotografiya kabi xujjatlarni bir obektdan ikkinchi obektga asl nusxasidek aniq yetkazib berish jarayonidir.

Axborot olish kafolatlari va erkinligi har bir shaxsning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatishga haqli ekanini bildiradi. Mustaqillik yillarida yurtimizda bu borada mustahkam huquqiy poydevor yaratildi. O‘zR Konstitusiyasining 30-moddasida barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar fuqarolarga ularning xuquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjat, qaror va boshqa xil axborotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi belgilab qo‘yilgan. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, mamlakatimizdagi har bir fuqaro o‘z manfaatlariga daxldor axborotlarni olish imkoniyatiga ega. Hozirgi globallashuv jarayonida axborot g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish vositasiga aylanib bormoqda. Ayrim mafkura poligonlari o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishishda axborot xurujlaridan foydalanmoqda.

Axborot urushida oddiy urushda qo‘llanadigan qirg‘in vositalari ishlatilmaydi. Uning obekti – omma yoki alohida shaxslar ongidir. Qarama-qarshi taraflarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladigan shaxslar (prezident, bosh vazir va h.k.) alohida ta’sir ostiga olinishi mumkin.

Axborot urushi vositalari vazifasini ommaviy axborot vositalari, pochta, hatto g‘iybat tarzida tarqatilgan gap-so‘zlar ham bajarishi mumkin. Axborot urushida faktlar buzib ko‘rsatiladi yoki ularning ta’sir ko‘rsatayotgan tarafga foydali tomonlari bo‘rttiriladi.

Axborot urushining tarkibiy qismlari

1) psixologik operatsiyalar – dushman askarlari ishonchiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida axborotni qo‘llash;

2) elektron urush – dushmanga aniq axborot, ma’lumotga ega bo‘lish imkonini bermaydi;

3) dezinformatsiya – dushmanni o‘zining kuchi va niyatlari to‘g‘risida soxta ma’lumot bilan ta’minlaydi;

4) jismoniy vayron qilish – axborot tizimlarining elementlariga ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘lganida axborot urushining bir qismi bo‘lib kelishi mumkin;

5) xavfsizlik choralari – dushman shu taraf imkoniyat va niyatlaridan xabardor bo‘lishining oldini olish;

6) to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot hujumlari – axborot mohiyatini saqlagan holda uning ko‘rinishini o‘zgartirib yuborish.

O‘tgan asrning oxiri va hozirgi asr boshida axborot vositalarining jadal rivojlanishi XXI asrning "Axborot asri" deb atalishiga sabab bo‘ldi. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari, Axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda axborot asosida ta’lim-tarbiya jarayoni olib borilmoqda, ijtimoiy hayot samarali boshqarilmoqda. Hozirgi kunda hayotning biror-bir sohasini axborotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborotlar banki (AB), Axborot texnologiyalari kishilik faoliyatining ajralmas qismiga aylanmokda. Axborotlarni aniq maqsadda yig‘ish, saqlash, tizimlarga ajratish va ulardan ommaviy tarzda foydalanishda texnik, dasturiy, algoritmik ishlar va ularning tashkiliy vositalari beqiyos ahamiyatga ega. Axborotlashtirilgan jamiyatning har bir bo‘g‘inida ABga murojaat qilinadi va shu asosda zamonaviy ta’lim tex­nologiyalari yaratiladi va ta’lim-tarbiya jarayonlarini optimal boshqarish imkoniyati vujudga keladi. Axborotli modul — ta’­lim maqsadini belgilashga qaratilgan, rejalashtirilgan natijalar bilan chegaralangan, fanlararo va fan ichidagi bog‘liklikni hisobga olib tuzilgan hamda yakuniy nazorat tizimini qamrab oladigan o‘quv fani mazmunining muntazam va tugallangan qismidir. Axborot resurslari ma’­lumotlar bazalari va banklari, turli xil arxivlar, kutubxonalar, muzeylar fondi va bularni o‘z ichiga oladi. Resurs — bi­ror narsa yoki hodisaning zaxirasini belgilaydi, ayni vaqtda u axborot tizimidagi alohida xujjatlar va ularning butun bir majmuidir. axborot resurs markazi (ARM) — ixtisoslashgan muassasada to‘plangan hamda markazlashtirilgan bosma va audio-vizual materiallar majmuasidir. ARM kompyuter va aloqa vositalari yordamida qo‘shimcha aloqa manbalari va materiallariga kirish imkonini beradi. ARMning asosiy dasturi ta’lim beruvchi va oluvchilar tomonidan o‘quv dasturiga muvofiq to‘plangan audiovizual materiallarni o‘z ichiga oladi. ARM dasturidagi individual va texnologik manbalar ta’­lim beruvchilar, mediateka mutaxassislari hamda ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro muntazam aloqani ta’minlaydi. ARM ta’lim muassasasidagi yangiliklarni yoyishda o‘quv muassasasi bilan jamiyat o‘rtasidagi asosiy aloqa tarmog‘i bo‘lib hisoblanadi va shu orqali u ta’lim oluvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlaydi. Ta’lim muassasasining ARMi uchun kitoblar, davriy nashrlar, mikrofilmlar, slaydlar, gramplastinkalar, kompyuterli tizimlar, audio va video yozuvlar asosiy manbadir. Axborot tarmog‘i (AT) — aloqa tizimlarida kompioterlar yordamida axborotlashishga xizmat qiluvchi qurilmalarning bir-biri bilan bog‘langan holati.

Rangli inqilob”lar –deb ko‘pincha qator Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, mahalliy aholining uyushtirgan, harbiylar ishtirok etmagan, ammo odatda siyosiy rejim almashinishi bilan tugallanadigan ko‘cha tartibsizliklari va ommaviy namoyishlariga aytiladi. Ba’zi ana shunday mamlakatlarda hatto hokimiyat tepasidagi sulolalar ham almashadi. Hozirgi paytda aynan qanday hodisani rangli inqilob nomi bilan atash to‘g‘risida yagona fikr mavjud bo‘lmasa ham, biroq barcha tadqiqotchilar Gruziyadagi Atirgullar inqilobi va Ukrainadagi inqilob aynan rangli inqilob bo‘lganligini uqtiradilar. Ko‘pgina tadqiqotchilar Yugoslaviyadagi Buldozerlar inqilobini ham shu nom bilan atash mumkin deb aytadilar.

Ba’zilar fikricha, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Lolalar inqilobini ham rangli inqiloblar sirasiga kiritish mumkin. Ammo bu fikrga qarshi chiquvchilar ham yo‘q emas.

Qator OAV va boshqa manbalarda shu kabi inqiloblar ro‘yxati yanada kengroq beriladi:

· 2003 – Gruziyadagi Atirgullar inqilobi;

· 2004 – Ukrainadagi Zarg‘aldoq rang inqilob;

· 2005 – Qirg‘izistondagi Lolalar inqilobi;

· 2006 – Belorussiyada inqilob qilishga urinish;

· 2008 – Armanistondagi rangli inqilob qilishga urinish;

· 2009 – Moldaviyada rangli inqilob qilishga urinish.

Bu kabi inqiloblar oppozitsiya o‘zi mag‘lub bo‘lgan saylovlardan keyin amalga oshiradigan ommaviy mitinglar, namoyish va ish tashlashlar shaklida amalga oshadi. Oppozitsiya bu hollarda saylov qonunchiligi buzilganligi, bu saylovlar xalq irodasini ifoda etmasligini uqtirib ko‘chalarga chiqadilar. Ommaviy chiqishlar yo qayta ovoz berish o‘tkazilishiga (Ukraina), yo hokimiyat idoralari binolarining omma tomonidan bosib olinishiga olib keladi (Yugoslaviya, Gruziya, Qirg‘iziston).

Inqilob korrupsiyaga qarshi va radikal-demokratik shiorlar ostida o‘tadi. Bu holda Russo xalq suvereniteti g‘oyalari asosiy o‘rin tutib, unda xalq (ko‘chaga ongli ravishda chiqqan fuqarolar) rejim tomonidan aldangan, noto‘g‘ri yo‘lga olib kirilgan ommaga qarshi qo‘yiladi.

Inqilobdan oldin yoshlar tashkilotlari shakllantirilib, ular o‘z navbatida “inqilob dala otryadlari”ni tashkil etadilar.

Inqiloblar qon to‘kishlarsiz o‘tadi. Ularda Gandi faoliyati va politsiyachilarga gullar ulashgan xippilar harakati ta’siri seziladi. Inqilob brendi (ramzi) sifatida “tajovuzkor bo‘lmagan rang” (ya’ni qizil yoki qora emas) tanlanishi ham inqilob tinchlik yo‘li bilan amalga oshirilishiga ishora.

Shu bilan birga inqilob ishida harbiylar va politsiyaning aralashmasligi yoki qat’iy va keskin harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi ham jiddiy rol o‘ynaydi. Biroq Qirg‘izistonda hukumat idoralariga tegishli binolar kuch bilan egallanganidan so‘ng politsiya bilan ro‘y bergan to‘qnashuvlar va do‘konlar talon-taroj qilinishi oqibatida bir qancha kishi jabrlangan (halok bo‘lganlar yo‘q).

Ba’zilar ko‘cha namoyishlarining J.Sorosning “Ochiq jamiyat”, Garvard universiteti, Albert Eynshteyn instituti, Xalqaro respublika instituti va Milliy demokratiya instituti (AQSH), Zo‘ravonliksiz (Kuch ishlatilmaydigan) mojarolar xalqaro markazi, Londondagi Strategik tadqiqotlar xalqaro instituti kabi jamg‘armalarning grant va stipendiyalari bilan bog‘liqligi to‘g‘risida uqtirmoqdalar. 2006 yilning aprelida “Moskovskiye novosti” gazetasi savollariga javob bera turib, A.I.Soljenitsin shunday degan edi: “NATO o‘zining harbiy apparatini ochiq-oydin rivojlantira borib, ham Yevropa sharqi orqali, ham Rossiya janubidan o‘rab olishga harakat qilmoqda. Bu yo‘lda rangli inqiloblarni moddiy va mafkuraviy qo‘llab-quvvatlash va Shimoliy Atlantika manfaatlarining Markaziy Osiyoga tatbiq etilishi kabilardan foydalanmoqda”.




Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish