1-masalaning bayoni


Milliy g‘oya umumbashariy tamoyillari



Download 133,38 Kb.
bet31/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
Bog'liq
milliy goya

Milliy g‘oya umumbashariy tamoyillari

·         Qonun ustuvorligi

·         Diniy bag‘rikenglik

·         Inson xaq-xuquqlari va xurfikrlilik

·         Dunyoviy bilimlarga intilish,ma’rifatparvarlik

·         Barcha millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjixat yashash

·         O‘zga xalqlarning ilg‘or  tajribalari va madaniyatini o‘rganish

Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab millatlararo totuvlik, hamjixatlikni mustaxkamlashga aloxida e’tibor berilmoqda. Davlatimiz milliy siyosatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida bayon etilgan va quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

·         O‘zbekiston Respublikasi o‘z xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini  hurmat qilinishini  ta’minlaydi, ularning rivojlanishit uchun sharoit yaratadi;

·         Millatidan qat’iy    nazar fuqarolarning qonun oldida tengligi;

·         Davlat va jamiyat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida etnik o‘ziga xosliklarni hisobga olish;

·         Millatchilikning har qanday ko‘rishlariga nisbatan murosasozlik;

·         Ijtimoiy va siyosiy hayotda barcha millat va elat vakillarining har tomonlama ishtirokini ta’minlash;

·         Respublikada ijtimoiy, milliy, irqiy  va diniy  adovatni keltirib chiqaruvchi partiyalar va jamoat birlashmalari tuzilishi, hamda ularning faoliyatlari ta’qiqlangan.

Mustamlakachilik sharoitida mahalliy millatlarning manfaatlariga bo‘lgan munosabat.

Ijtimoiy adolatsizlikning  buzilishi  va uning millat manfaatlariga salbiy ta’siri.

Mustaqillik yillarida milliy manfaatlarga berilayotgan  e’tibor.

Millatchilik va tajovuzkor millatchilik tushunchalari.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda  millatlararo munosabatlarga berilayotgan e’tibor.

Barqarorlik, tinchlik, totuvlik – davlatchilikning  poydevori sifatida.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida millatlar va millatlararo munosabatlarga bo‘lgan munosabat.

 Milliy manfaatlarga mos keladigan ichki siyosatning muxim tomonlarini quyidagilar tashkil etadi:

-O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning millatidan, yashash joyidan qat’iy nazar teng huquqligi.

Mustaqillik Sovet tuzumi  davrida  milliy munosabatlar borasida  yuzaga kelib qolgan adolatsizliklarga barham berish, barcha millatlar xaq-xuquqlarini tenglashtirish imkonlarini yaratib berdi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida millatidan qat’iy nazar barcha kishilar O‘zbekiston fuqarosi ekanligi ta’kidlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida shunday deyiladi. “O‘zbekiston Respubliksining  butun hududida yagona fuqarolik o‘rnaliladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga har qanday asoslarda  ega bo‘lganligidan qat’iy nazar, hamma uchun tengdir.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

Fuqarolikka ega bo‘lgan va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi”1

- xalqlarning o‘z taq[1]dirini o‘zi belgilashi, milliy qadr-qimmatini qaror toptirish

- o‘z milliy tipi, madaniyati, urf-odatlarini rivojlantirish

Milliy madaniyatning millatlararo  totuvlikni ta’minlab berishdagi o‘rni haqida I.Karimov shunday deydi. “Milliy madaniyatning o‘ziga xosligini tiklashga  aloxida e’tibor berilishi kerak. Shu bilan birga milliy o‘z-o‘zini anglashning tiklanishi jaxon  nsonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan, bizning ko‘pmillatli  jamiyatimiz an’analaridan  ajralib qolishi mumkin emas”2

Milliy madaniyatning millatlararo totuvlikni ta’minlab berishdagi o‘rni haqida.

-Kamchilik bo‘lgan millat vakillarining manfaatlari va qiziqishlarini ximoya qilish

-Millat ajratishga, milliy ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirish.

Millatlararo ziddiyatlar, boshqa millatlarga nisbatan zo‘ravonlik xatti-harakatlarining ming afsuslar bo‘lsinki ko‘p millatli Rossiya davlatida ham ko‘rish  mumkin.

-2006 yilning 29 avgustga o‘tar kechasi Kondonore shahrida (Karepiya) “Chayka” restoranida Rossiya va Checheniston fuqarolari o‘rtasida  kelib chiqqan mojaro oqibatida 3 kishi xalok bo‘ldi, 9 kishi yarador bo‘ldi.

-2006 yil 30 oktabrdan 31 oktabrga o‘tar kechasi Saratov shahrida 17 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar neonatsis  4 nafar odamning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ularga yoqmagan narsa xalok bo‘lganlardan birini oti ruscha ekanligi edi.

-2006 yil 29 noyabrda Omsk shahrida Qozog‘istondan kelib xaydovchi bo‘lib ishlayotgan fuqaro 6 joyiga  pichoq urib o‘ldirildi. 19 yoshli pedagogika kolleji talabasi “Rus bo‘lmaganlarga bu yerda joy yo‘q, ularni o‘ldirish kerak” degan gaplarni baqirib aytib jinoyat joyidan yashirindi.

1. 2007  yilning yanvarida Moskva shahrida millatchilar Ozarbayjon fuqarosiga xujum qilib, uni qattiq kaltakladilar. Jabrlanuvchi olgan jaroxatlari natijasida Moskva kasalxonalaridan birida vapfot etdi.

2. 2007 yil 7 oktabrda Pavlovsk shahrida 4 nafar nomalum kimsa  qurilishda ishlayotgan Tojikiston Respublikasi fuqarosiga xujum qilib uni jarohatlaydilar.

Albatta Rossiyada millatchilik asosida jinoyat sodir etganlar jazoga tortilyapti, jumladan, 2005 yili Turkiya fuqarosi  bo‘lgan kimsani o‘ldirgan 18 yoshli fuqarolar 8 va 9 yilga qamaldilar. Moskva shahar sudi Qirg‘iziston Respublikasi  fuqarosining o‘limiga sababchi bo‘lgan  3 nafar kishining har biri 14 yildan jazoga tortildi1 xalqlarning milliy ozodlik uchun bo‘lgan harakatlarini ham millatchilikka taqqoslashga harakat qilmoqdalar.




Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish