Ochiq kon ishlari yer osti usuliga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: 1. Karyerlarda mehnat xavfsizligining yuqoriligi va ishlab chiqarish sharoitlarining qulayligi. 2. Mehnat unumdorligi shaxtaga qaraganda 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2- 4 marta kam. 3. Karyer qurilish vakti shaxta qurilishi uchun ketgan vaqtdan ancha kam. 4. Ochiq kon ishlarida foydali qazilmalarni yо‘qotish kam va turli navdagi rudalarni alohida qazib olish oson. 5. Konlarni ochiq usulda qazib olishda zarur paytda korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish mumkin. Ochiq kon ishlarining kamchiliklari: 1. Ochiq kon ishlarida ishlab chiqarishda katta yer maydonlarini chegaralab olish, ba’zan esa katta maydonlarda grunt suvlari darajasini pasayishiga olib keladi. 2. Ochiq kon ishlari iqlim sharoitlariga bog‘liq bо‘ladi.
2-maruza. Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy kо„rinishlaridan biri bо„lib, hayot darajasi va sivilizatsiyaning о„sishini ta‟minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog„i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari qurish va turli vazifalarni bajarishga mо„ljallangan yer osti inshootlarni barpo etish kabi ishlarni о„z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bо„lib, ular yuqori sur‟atlarda rivojlanib bormoqda: - yoqilg„i qazib chiqarish (kо„mir, yonuvchi slanetslar, neft, tabiiy gaz, uran); - rangli metallurgiya (oltin, kumush, miss, rux, qо„rg„oshin, volfram va boshqalar); - kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarish (appatit,fosforit va turli mineral tuzlar); - tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit, marmar, tuf, ohaktosh, shag„al, qum, soz tuproq va boshqalar). Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining о„ziga xos xususiyatlari mavjud, ularning asosiylari quyidagilar: - foydali qazilma konlarini о„zlashtirish atrof muhitga bevosita ta‟sir kо„rsatib qator ekologik muammolar kelib chiqishiga sabab bо„ladi; - ish joylarini doimo surilib turishi kon qazish ishlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar qо„yadi; - qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi natijasida kon-geologik sharoitlarni murakkablashib borishi, gazodinamik xodisalarning sodir bо„lish ehtimolligi, shaxta (rudnik) atmosferasi haroratini kо„tarilishi kabi omillarning mavjudligi. Bularning hammasi kon ishlarining murakkab va xavfli bо„lishiga olib keladi. Konchilik korxonasi – konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer (razrez) kabi korxonalar kiradi. Shaxta – foydali qazilmalarni (asosan, kо„mirni) yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Rudnik – asosan metall rudalari, kon-kimyo xom ashyo va qurilish materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Karyer – foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Razrez – kо„mir qazuvchi karyer. Priysk – qimmatbaho metallrga ega bо„lgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Promisel – suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft promiseli).
Do'stlaringiz bilan baham: |