1-ma’ruza kirish. Foydali qazilmalarni qazib olishni rivojlantirish va ulardan foydalanish muommolari



Download 31,49 Kb.
Sana24.10.2022
Hajmi31,49 Kb.
#855774
Bog'liq
1-Ma\'ruza


1-MA’RUZA
KIRISH. FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLISHNI RIVOJLANTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH MUOMMOLARI
Mashg‘ulot maqsadi: talabalarga ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olish muammolarini bayon qilish va mazkur kurs maqsad va vazifalari haqida tushuncha berish.
Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish kon-qazib olish ishlari bilan uzviy bog‘liqdir. Foydali qazilmalarni qazib olish katta materiallar va mehnat sarf-xarajatlari bilan bog‘liq. Bizning respublikamiz oltin, kumush, volfram, uran va shu kabi boshqa kо‘pgina foydali qazilmalarning katta zahiralariga ega. Rangli metallar zahiralari va va xajmlari bо‘yicha u jahonda yetakchi о‘rinni egallab kelmoqda. Hozirgi vaqtda oltin, kumush, mis va kо‘mir qazib olish bо‘yicha yirik karyerlar faoliyat kо‘rsatmoqda. Jaroy-Sardaryo fosforit konida Toshkura uchastkasi foydalanishga topshirildi, u ushbu xom-ashyo turi bо‘yicha yirik kizilkum basseyniga kiradi.
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish usuli yer osti usulida qazib olishga nisbtana ancha yaxshi texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarni ta’minlaydi, shu bilan birga u bir qator negativ oqibatlar bilan bog‘langan: yerlarning buzilishi, mikroiqlim va suv balansining о‘zgarishi va h.k.
Ochiq usldagi konchilik ishlarining shiddatli rivojlanishi konchilik fanlari va texnika yutuqlari evaziga erishildi, ushbu yutuqlar negiziga N.V. Melnikov, V.V.Rjevskiy, A. O.Spivakovskiy, YE.V. Sheshko, M.G.Novojilov, A.I.Arsentyev, B.P. Yumatov, G.A. Nurka, P.I. Tomakov, V.S. Xoxryakov, Y. I. Anistratov i kо‘pgina boshqa olimlarning mehnatlari yotadi. “Zamonaviy ochiq usuldagi konchilik ishlari muammolari” kursi magistrlarni tayyorlashda profillashtiruvchilar qatoriga kiritiladi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish ikkita aspektni о‘z ichiga oladi: ishlab chiqarish jarayonlari texnologimyasi va ochiq konchilik ishlari texnologiyasi.
Ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasi mexanizatsiya kompleksi tamoyillari, vositalari va asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish sxemasi: tog‘ jinslari о‘yishga tayyorlash, о‘yish-yuklash ishlari, kon massasini transportirovka qilish, qayta ortish, joylshatirish va tushirishni о‘z ichiga oladi.
Ochiq konchilik ishlari texnologiyasi karyerlar parametrlarini ularning dinamikasida, kon lahmlarini о‘tish usullari, karyerda konchilik ishlarini rivodjlantirish sxemasi, ochish usullari va ishlash tizimi, mahsulot sifatiniboshqarish usullar va vositalari, karyerda konchilik ishlarini tashkil etish va rejalashtirish.
Ochiq usulda ishlashda ishlabch iqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish ikkita asosiy usul bilan amalga oshiriladi: ekskavator bilan va gidravlik usulda amalag oshiriladi.
Ekskavator usulida turli xil mexanikaviy vositalar (ekskavatorlar, skreperlar, transportlarning mexanik turlari va boshqalar) , gidravlik usluda esa, asosiy ishlab chiqarish jarayonlari suv va maxsus gidromexanizatsiyalashtirilgan uskunalar yordamida amalga oshiriladi.
Qoya jinslarini otboyka qilish (tog‘ jinsini sindirish, kо‘chirish, maydalash) burg‘ulash-portlatish ishlari yordamida amalga oshiriladi.
Ma’danga aralashib qolgan keraksiz jinsning ag‘darmalarda joylashishi ag‘darma hosil bо‘lishi deb nomlanadi. Bu ag‘darmalarda ishlaydigan ekskavatorlar, ag‘darma yaruslari, buldozerlar yordamida amalga oshiriladi. Ajratib olinadigan va bir joydan boshqa joyga kо‘chiriladigan tog‘ jinslarining katta xajmlari asosiy jarayonlarda qо‘llaniladigan mexanizatsiyalashtirish texnik vositalarini tanlab olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Jinslarni ishonchli va samarali ishlab chiqish va bir joydan boshqa joyga kо‘chirishni ta’minlovchi, о‘zaro bog‘liq bо‘lgan mashina va mexanizmlarning bunday zanjiri karyer uskunalari majmuyi deb nomlanadi. Uskunalar majmuini shakllantirishda (yuklar oqimi) ochiq usuldagi ishlarni mexanizatsyailashtirish tamoyillaridan kelib chiqiladi.
Uzluksizlik, ketma-ketlik tamoyili. Ushbu tamoyilga asoslangan texnologik sxemalar va yuk oqimlari uskunalari majmualari kon massasini zaboydan yuza qismda qabul punktlarigacha bir joydan boshqa joyga kо‘chirish uzluksizligini ta’minlaydi.
Amaliyotlar(operatsiyalar)ni birlashtirish tamoyili. Bu holda jinslarni о‘yish, transportda tashish va ag‘darmaga joylashtirish amaliyotlari (operatsiyalari) bir mashinada – ekskavator bilan amalga oshiriladi, transportsiz texnologik sxemalarda – yuklagich, skreper yoki buldozer bilan amalga oshiriladi.
Amaliyotlarning mustaqilliligi tamoyili. Ushbu tamoyilga asoslangan texnologik sxemalarda har bir amaliyot mustaqil mashinalarning bir guruhi bilan bajariladi, masalan, yuklash- ekskavtorlar bilan, transportirovka qilish- avtosamsosvallar bilan, ag‘darma hosil qilsh- buldozer vositasida bajariladi.
Texnologik sxema alohida zvenolardan iborat bо‘lib, ularning har biri turdosh zvenolari bilan bog‘liqdir.
Amaliyotlarning mustaqilliligi tamoyili keg tarqalgan, chunki bu tamoyil ancha universal hisoblanadi. Bu tamoyilga siklik texnologik sxemalar asoslangan, ularning vositasida barcha qoya jinslarining 95 foizi va karyerlarda uvalanib ketadigan jinslarning ustunlik qiladigan qismi ishlanadi. Bu tamoyilning uzluksizlik tamoyili bilan uyg‘unlashishi mustahkam ma’danlar va qoya jinslarining chuqur karyerlarda ishlashda qо‘llaniladigan siklli –uzluksiz texnologik sxemalarning yaratilishiga olib keldi. Konni ochiq usulda ishlash jarayonida quyidagi bosqichlar farqlanadi: yuza qismini tayyorlash, konni quritish va uni suvdan tо‘sib qо‘yish, karyerni qurish davrida konchilik-mukammal ishlar, kovlanayotgan, qazilayotgan joy tayyorlash isharini olib borish, ochish va qazib olish ishlari, buzilgan yer maydonlari va ag‘darmalar yuza qismini rekultivatsiya qilish.
Ochiq usluda ishlash yer osti usulida ishlashga nisbatan ancha havfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlaydi. Lekin, ochiq uslad ishlashda ham havfsizlik talablari va texnikaviy foydalanish qoidalariga rioya qilish zarur. U yoki boshqa ishlab chiqarishda havfsiz mehnat qilishni ta’minlovchi texnikaviy vositalar va ishlash usullari texnika havfsizligi deb ataladi. Texnika havfsizligining asosiy vazivasi baxtsiz hodisalar va kasalliklarning oldini olish hisoblanadi. Buning uchun havfli mehnat sharoitlari yuzaga keltiruvchi omillarni о‘rganish, tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim, bularning yordamida ushbu havfli sharoitlar bartaraf etiladi.
Konchilik ishlariga texnik rahbarlikni amalga oshirishga konchilik ishlari bо‘yicha oliy yoki о‘rta ma’lumotga ega bо‘lgan shaxslar qо‘yiladi. Har uch yilda maxsus komissiya ularning havfsizlik qoidalari va texnikaviy foydalanish qoidalari sohasidagi bilimlariini tekshiradi. Karyerga ishga kirayotgan ishchilar, hamda talablar-amaliyotchilar texnika havfsizligi bо‘yicha dastlabki о‘qitilgan (yо‘riq о‘tagan)dan keyingina ishga qо‘yiladi. Yо‘riq о‘tashda ishchilar korxoaning joylashuvi, odamlarning havfsiz haraktlanish yо‘nalishlari, qabul qilingan ish tartibi va x.k. lar bilan tanishtirilishi shart.
Barcha karyerda ishlovchilar ishlab chiqarish intizomi, mehnat tartibi qoidalariga qat’iy amal qilishlari, rahbarlar va texnikaviy nazorat bо‘yicha mas’ul shaxslarnig kо‘rsatmalarini sо‘zsiz bajarishlari shart.
.
Adabiyot:

  1. Арсентьев А.И. Карьер майдоналарини очиш ва ишлаш тизимлари М., Недра, 1981.

  2. Анистратов Ю.И. Очиқ усулдаги кончилик ишлари технологияси . М., Недра, 1984.

  3. Мельников Н.В. Очиқ усулдаги кончилик ишлари бўйича қисқача маълумотнома М., Недра, 1981.

  4. Новожилов М.Г. Фойдали қазилма конларини очиқ усулда ишлаш технологияси. М., Недра, 1971.

  5. Ржевский В.В. Очиқ усулдаги кончилик ишлари технологияси ва мажмуавий механизациялаштириш. М., Недра, 1979.

Download 31,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish