1-ma’ruza: «turizmda innovatsion faoliyat» faniga kirish


Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta`sir etuvchi tarkibir qismlarni



Download 0,64 Mb.
bet9/65
Sana18.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#561590
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
Bog'liq
Туризмда инновацион фаолият majmua

Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta`sir etuvchi tarkibir qismlarni



Tarkibiy qismlar

Mazmuni

Xodimlar salohiyati



Ishchilar tarkibi, ishchilarning malaka darajasi, xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi

Moliyaviy iqtisodiy
salohiyat



Moliyaviy barqarorlik, likvidlilik, foydalilik, korxona rentabelligi, bozordagi mavqeyi, innovatsiyalarning foydaliligi, asosiy kapital, ITTKIga investitsiyalar, moliyalashtirish manbalari

Ishlab chiqarish texnologik
salohiyati



Ishlab chiqarish fondlarining holati va texnologik darajasi, Ishlab chiqarishning zamonaviy innovatsion va axborot texnologiyalari, ilg‘or uskunalar, materiallar, laboratoriya va ofis jihozlari

Ilmiy-texnik salohiyat

ITTKIlarni o‘tkazish, ITTKIlar natijalarini tijoratlashtirish darajasi, yangi ilmtalab ishlanmalarni ishlab chiqish tajribasi, intellektual mulk obyektlari (ro‘yxatga olingan va joriy qilish bosqichigacha olib borilgan).

Tashkiliy boshqaruv
salohiyati

Tashkiliy tuzilma, innovatsion infratuzilma, innovatsion
menejmentning samaradorligi, innovatsiyalarni boshqarishning marketing strategiyalari, innovatsiyalarni moliyalashtirishni tashkil qilish, intellektual mulk bo‘yicha qonunchilik darajasi intellektual mulkni boshqarish

Innovatsion faollik omillari

Korxonaning mulk shakli o‘lchamlari, tarmoq mansubligi, korxona xodimlarining innovatsion faoliyatini amalga oshirishga tayyorligi va qobiliyati

Innovatsion faoliyatni samaradorligini oshiruvchi va uni tashkil etuvchi asosiy tarkibiy qismlaridan ko‘rinadiki, innovatsion salohiyat xodimlar, moliyaviy iqtisodiy, ishlab chiqarishning texnologik, ilmiy texnik, tashkiliy boshqaruv salohiyatidan, innovatsion faollik omillaridan tashkil topsa, innovatsion faollik innovatsion tizimning asosiy unsurlari – bilim, texnologiyalar, AKTlardan samarali foydalanish imkoniyatlari, shuningdek barcha yangiliklarni joriy qilishga tayyorgarlikni tavsiflaydi.


Iqtisоdiy shаrоit ustuvоr hisоblаnаdi, innоvаtsiоn fаоliyat оlib bоrishdа esа eng muhim ko’rsаtkich vаqt sаnаlаdi. Innоvаtsiya jаrаyonigа jаlb qilinаyotgаn rеsurslаr rаqоbаtchi yangi mаhsulоt bilаn bоzоrgа ertаrоq chiqsа, qаdrsizlаnishi mumkin. Mаsаlаn, Mckinsey firmаsi yangi mаhsulоtning bоzоrgа chiqishi оlti оygа kеchiktirilsа, bu dаrоmаdning 30%gа kаmаyishigа, ishlаb chiqаrish guruhi budjetining 30%gа ko’p хаrаjаti esа dаrоmаd hаjmining 2% qisqаrishini bildirаdi, dеb hisoblаydi.
Innоvаtsiоn fаоliyatgа tехnоlоgik vа iqtisоdiy оmillаr mаksimаl muvоzаnаtigа intilish, zаmоnаviy chеgаrаlаrni оptimаllаshtirish, innоvаtsiоn g’оyalаrning imkоn qаdаr ko’p sоnli mаnbаlаrini jаlb etish hаmdа yangiliklаr аmаliy dаvridа xаrаjаtlаrni tеjаshgа хоs bo’lаdi.
Оddiy ishlаb chiqаrishdаn innоvаtsiоn fаоliyat: innоvаtsiyalаrni tijоriylаshdа kаttа tаvаkkаlchilik хаvfi (50%gаchа); аniq nаtijаlаr bo’lmаgаn hоlаtlаrdа ishni to’хtаshi hаqidа qаrоr qаbul qilish uchun yangiliklаrni аmаlgа tаdbiq etishning оrаliq bоsqichlаrini dоimiy nаzоrаt qilish zаrurаti; sаrflаngаn zаhirаlаr vа kiritilgаn mаblаg’lаr hаjmigа nаtijаlаrning bоg’liqligini bеlgilаsh murаkkаbligi bilаn (jоriy etilishning dаstlаbki dаvridа yangilаngаn mаhsulоt hеch qаndаy dаrоmаd bеrmаsligi mumkin, so’ng dаrоmаd kеskin оshаdi) bеlgilаnаdi.
Innovatsion faoliyat o‘z ichiga ma’lum bosqichli jarayonlarni oladi. Ushbu bosqichli jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin


Innovatsion faoliyatni mazmun va mohiyatiga, pirovard olinadigan natijasiga ko‘ra korxonalar tomonidan olib boriladigan ichki investitsiya faoliyatining tarkibiy qismi, ya’ni uning bir bo‘lagi deb hisoblash mumkin.


Ichki investitsiya faoliyati innovatsion faoliyatdan tashqari kapital qurilish, yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, kengaytirish, rekonstruksiya qilish kabi ishlarni ham bevosita o‘z ichiga oladi. Demak, ichki investitsion faoliyat innovatsion faoliyatga nisbatan mazmunan keng tushuncha hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga sarflangan mablag‘lar jami kapital investitsiyalarini yangi g‘oya, ishlanmalar, jarayonlar, mahsulot, xizmat turlarini yaratish, o‘zlashtirish va tatbiq etishga taalluqli bo‘lgan qismidir.
Shunday qilib, innovatsion faoliyat makon va zamonda yuz bergan va berayotgan, o‘zining moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi hamda pulda baholanadigan mulk shaklidagi pirovard mahsuliga ega bo‘lgan, bunga erishish uchun ma’lum sarf-xarajatlarni talab qiladigan xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Aynan shu mazmunda korxonalarning innovatsion faoliyati ularda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hamda o‘tkaziladigan audit predmetini tashkil qiluvchi obyektlardan biri hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat subyektlari quyidagilardan iborat:

  • innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;

  • innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar;

  • innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari, korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;

  • innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar hisoblangan banklar, fondlar, koorporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

  • innovatsion jarayonga xizmat ko‘rsatadigan va uning infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.;

  • innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish