1-ma’ruza: «turizmda innovatsion faoliyat» faniga kirish


Инновацияни тармоқлар бўйича таснифлаш



Download 0,64 Mb.
bet6/65
Sana18.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#561590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Туризмда инновацион фаолият majmua

Инновацияни тармоқлар бўйича таснифлаш. Инновацияни тармоқлар бўйича таснифлаш ҳам ушбу ишнинг мақсадга мувофиқлигини таъминлайди. Чунки ҳар бир тармоқ ўзига хос хусусиятга эга. Бу хусусиятлар уларнинг ҳар бирига алоҳида ёндашиш лозимлигини тақозо қилади. Масалан, саноатга жорий қилиниши мумкин бўлган инновацияни қишлоқ хўжалиги корхоналарига жорий қилиш мумкин эмас. Ёки савдо соҳасига мўлжалланган инновацияларни молиявий соҳага ёки хизмат кўрсатишнинг бошқа тармоқларига жорий қилиб бўлмайди. Шу туфайли ушбу гуруҳ инновацияларни қуйидагича бўлишни тавсия қиламиз:

    • қишлоқ хўжалигига мўлжалланган инновация;

    • транспорт соҳасига мўлжалланган инновация;

    • савдо соҳасига мўлжалланган инновация;

    • молиявий соҳага мўлжалланган инновация;

    • хизматнинг бошқа соҳаларига мўлжалланган инновация

Инновацияни вақт нуқтаи назаридан таснифлаш. Барча мувоффақиятлар ва мағлубиятлар вақт ўтиши билан сарҳисоб қилинади ва аниқланади. Бу ерда вақт жуда катта аҳамият касб этади. Шу жиҳатдан инновацияни вақт нуқтаи назаридан таснифлаш ҳам объектив заруратдир. Ҳеч нарса доимий бўлмаганидек, инновация ҳам абадий эмас. Бугунги янгилик эртага эскириб қолиши ва инновацияни жорий қилиш заруратини туғдириши мумкин. Шу нуқтаи назардан қарайдиган бўлсак, инновацияни вақт нуқтаи назаридан таснифлашни ҳам устувор вазифа сифатида қараймиз. Ушбу тушунчани вақт нуқтаи назаридан қуйидаги учта гуруҳга бўлишни мақсадга мувофиқ, деб топдик:

  • қисқа муддатли инновация;

    • мавсумий инновация;

Инновацияни вақт нуқтаи назаридан келиб чиққан ҳолдаги таснифлашда
уларнинг боғлиқлигини қуйидагича тасвирлаш ҳам мумкин. Қисқа муддатли инновация кўпинча хизмат кўрсатиш жараёнларида қўлланилади. Мавсумий инновация асосан қишлоқ хўжалигида фойдаланилади. Узоқ муддатли инновация асосан техник ва технологик жиҳатдан такомиллаштириш жараёнида фойдаланилади.
Innovatsiyalar tаrqаlish ko’lаmigа ko’rа, glоbаl, milliy, mintаqаviy, tаrmоqli vа jоylаrdаgi (kоrхоnаdаgi, firmаdаgi) innоvаtsiyalаrgа fаrqlаnаdi.
Yangiliklarning tarqalish chegaralariga bog`liq ravishda innovatsiyalar quyidagi turlarga bo`linadi.

  • Dunyo miqyosidagi innovatsiyalar

  • Mamlakat miqyosidagi innovatsiyalar

  • Regional va viloyatlar miqyosidagi innovatsiyalar

  • Alohida firma va tashkilot yoki shahar doirasida amalga oshirililadigan innovatsiyalar

A.I.Prigojinning tasnifi innovatsiyaning eng ko’p foydalaniladigan tasnifi hisoblanadi. Xususan, u innovatsiyalarni tizimga solishning uchta eng umumiylashgan asosini taklif etadi:
- yangilik turi bo’yicha;
- amalga oshirish mexanizmi bo’yicha;
- innovatsion jarayonning o’ziga xosligi bo’yicha.
Bunda aynan bitta yangilik har bir holatda uning qanday belgisi e’tiborga olinishiga ko’ra, turli, hattoki ikkidan ortiq tur guruhlariga kirishi mumkin.
Yangi ishlanmaning turiga ko’ra, yangilikni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: moddiy-texnik va ijtimoiy. Moddiy-texnik yangiliklarga quyidagilar kiradi:
- Texnika (jihoz, asboblar). Sayyohlik sanoatida ularga sayyohlik korxonasi tomonidan yangi transport vositasining sotib olinishi yoki mehmonxona majmualari nomerlarini texnik qayta jihozlashni kiritish mumkin.
- Texnologiya (ishlab chiqarish jarayonlari). Mazkur holatda bu sayyohlik operatorining sayyohlik xizmatini ko’rsatuvchilar (otellar, transport kompaniyalari va shu kabilar) bilan bozor talablariga ko’proq moslashgan o’zaro harakati sxemasini ishlab chiqish; marketing va sayyohlik mahsulotlarini rivojlantirishda qat’iy yangi yondashuvlarni amalga oshirish, korxonaning tashkiliy tuzilmasini shakllantirish va boshqalar.
Ijtimoiy yangiliklar quyidagilarga bo’linadi:

  • Iqtisodiy (sayyohlik korxonasi ishchilar mehnatining me’yorini belgilash va yangicha haq to’lash usullari, bozor talablariga moslashtirilgan strategik va taktik boshqaruv ko’rsatkichlari tizimlarini ishlab chiqish, reklama kampaniyasining samaradorligini ta’minlash).

  • Tashkiliy-boshqaruv (sayyohlik korxonasining yangi tashkiliy tuzilmalari, gorizontal va vertikal o’zaro harakat shakllarini ishlab chiqish, sayyohlik firmasi direktori rolini o’zgartirish, mehnat taqsimoti).

  • Ijtimoiy-boshqaruv, ya’ni sayyohlik korxonasi direktori va mehnat jamoasi orasidagi munosabatlarni o’zgartirishga qaratilgan jamoa orasidagi munosabatlar (asosan ishchilarning huquq va majburiyatlari bo’limlarida), qaror qabul qilish shakllarini maqsadli ravishda o’zgartirish, gorizontal, bo’limlararo o’zaro harakatni tashkil etish, kasaba uyushmalari va ishchilarning boshqa birlashmalari rolini o’zgartirish.

  • Huquqiy. Asosan, sayyohlik bozorini tashkil etishning huquqiy tamoyillarini o’zgartirish (litsenziya berish, sertifikatlash, standartlash), sayyohlik sohasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish (personal malakasini oshirish, xizmat pog’onasi bo’yicha ko’tarish), sayyohlik manbalarini muhofaza qilish doirasidagi munosabatlar;

Хususiyatigа ko’rа esа evоlyutsiоn vа rаdikаl (bir yoqlаmа, turg’un) bo’lishi mumkin.
Evоlyutsiоn yangiliklаr uzluksiz yuz bеrаdi vа аksаriyat jihаtdаn ishlаb chiqаrish, sоtish, istе’mоl qilish sоhаlаridаn kеlib tushаyotgаn g’оya vа tаkliflаr оqibаti hisоblаnаdi. Evоlyutsiоn yangiliklаr jаrаyoni butunligichа jаmiyat ehtiyojlаrigа bo’ysunаdi, to’lоvgа yarоqli tаlаb bilаn shаkllаntirilаdi vа o’zi yuz bеrаyotgаn tizimning tехnоlоgik quvvаti imkоniyatlаri bilаn chеklаnаdi. Bоzоrgа yangi jоriy etilgаn nаrsаlаr bilаn chiqish tеzligi to’plаngаn tаjribаlаr vа bilimlаrgа bоg’liq. Nаtijаdа, istе’mоlchilаrning istаklаri to’g’risidаgi mа’lumоtlаrni оlish vа tаhlil qilish, bоzоr tаlаblаrini qаbul qilish bo’yichа firmа imkоniyatlаri оshаdi, to’plаngаn bilimlаr esа innоvаtsiyalаr yordаmidа mаhsulоtlаr vа tехnоlоgiyalаrni tаkоmillаshtirish imkоnini bеrаdi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish