Qonunning 3-moddasi «Avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonun hujjatlari» deb nomlanib, unda ushbu Qonun, O‘zbekiston Respublikasining «Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida»gi Qonuni, yo‘lov chilar, bagaj va yuk tashish qoidalari hamda boshqa qonun hujjatlari avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonun hujjatlari deb belgilangan.
Shuningdek, ushbu moddada, «Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi» – deb e’tirof etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |