2.«Avtomobil transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga asosan 1998-yil 29-avgustda amalga kiritilgan «Avtomobil transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni transport huquqining asosiy bosh manbalaridan biri deb hisoblanadi. Mazkur qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatining huqu qiy asoslarini shakllantirishdan iborat deb belgilab qo‘yilgan (1-mod da). «Avtomobil transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 31 ta moddadan iborat bo‘lib, uning 2-moddasi asosiy tushunchalarga bag‘ishlangan. u moddada avtomobil transporti; avtotransport vositalari; tashuvchi; mijoz (yo‘lovchi, yuk oluvchi, yuk jo‘natuvchi) kabi atamalarga ta’rif berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |