1-ma'ruza. “Tilshunoslik” fani mazmuni, maqsadi, vazifalari tilshunoslik fanining oʼrganish obyekti tilning paydo boʼlishi



Download 24,88 Kb.
bet2/4
Sana12.04.2022
Hajmi24,88 Kb.
#547320
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma'ruza Tilshunoslik

Birinchi antinomiva: til bilan tafakkurning ajralmas birligi va ichki qarama-qarshiligidir. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur boimaganidek, til ham tafakkurdan ajratilishi mumkin emas.
Ikkinchi antinomiva: til har doim rivojlanib turadigan dinamik hodisadir. Bir tomondan, til faoliyat boisa, ikkinchi tomondan, faoliyat mahsulidir. Muloqot vositasidan toydalanuvchi har bir til sohibi nutqiy faoliyat davomida til taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi, uni me’yorlashtirishi, keng yoyishi, boyitishi mumkin. Shu bilan birga, til jamiyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha tarixiy boyliklarini mujassamlantirgan va ajdoddan avlodga o‘tib boradigan aniq tarixiy me’yordir. “Aslida til” “egroh” (faoliyat mahsuli) emas, balki “energiya” (faoliyat)ning o‘zginasidir”. Bu antinomiyadan ko‘rinib turibdiki, V. Gumboldt til bilan nutqni tilshunoslik fani obyektlari sifatida ajratib o‘rganish masalasini ilgari surgan. Demak, ikkinchi antinomiya til bilan nutqning o‘zaro munosabati masalasidan iborat
Uchinchi antinomiva: nutq va tushunish antinomiyasidir. V. Gumboldt ta’rifiga ko‘ra nutq va nutqni tushunish inson nutq faoliyatining ikki tomonini tashkil etadi.
To‘rtinchi antinomiva: nutqning obyektiv va subyektiv xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. V. Gumboldt fikricha, har bir individ insoniyat jamoasi tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Subyektiv hodisa sifatida esa har bir so‘zlovchi o‘zining nutqiy faoliyati jarayonida til rivojiga o'z hissasini qo'shadi.
Beshinchi antinomiva: tildagi jamoaviy va individual xususiyatlardir. Ma’lumki shaxs o'zidan oldingi avlod tomonidan yaratilgan jamoa mahsulotidan foydalanadi, individual xususiyatini namoyon etadi. Nutq faoliyati. o‘z navbatida, so‘zlovchi va tinglovchini taqozo qiladi. Shuning uchun nutqning jamoaviy va individual xususiyatlarini o‘rganish zarur. V. fon Gumboldt fikricha, til murakkab va ko'p aspektli hodisa boiib, uni ilmiy o‘rganish tilning barcha aspektlarini tekshirishni talab qiladi. Olimning ta’kidlashicha, tilning har doim rivojlanib, o‘zgarib turishi uning eng asosiy xususiyatidir. Tilshunoslik fanining asosiy masalasi - tilning ana shu xususiyatini o'rganishdan iboratdir.
Yuqorida ko‘rsatib o'tilgan masalalar tilshunoslik fanining predmeti masalasi bilan bevosita aloqadordir. V. Gumboldt nazariyasi, uning ilmiy faoliyati, ayniqsa, til va nutq xususidagi qarashlari tilshunoslik fani taraqqiyotiga katta hissa boiib qo'shildi. V. Gumboldtning til haqidagi falsafiy nazariyasi, o‘zidan keyingi tilshunoslik fani takomillashuvida, turli ilmiy maktablar va oqimlaming shakllanishida asosiy omil boidi. Tilning ijtimoiy tabiatini talqin qilishda jahon tilshunosligi dialektik taraqqiyot prinsiplariga asoslanadi. Xususan, tilni jamiyat taraqqiyotining mahsuli deb tushunish tilshunoslik faniga qo'shilgan eng buyuk hissalardan biridir. Tilning asosiy va muhim xususiyati shundan iboratki, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan boiib, eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Boshqa bir qator olimlar (A.Shleyxer, G.Paul, M.Myuller), tilshunoslik maktablari (“Yosh grammatikachilar’ maktabi, Praga strukturalizmi, Kopengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi) tilning asl mohiyatini ochib berish masalasiga o‘z nuqtayi nazarlaridan yondashdilar. Ulaming fikr-mulohazalari tilshunoslik sohasida erishilgan yutuqlardan hisoblansa-da, mazkur qarashlaming ba’zi jihatlari cheklangan edi. Tilshunoslik fani tarixida muhim o‘rin tutgan “Yosh grammatikachilar” maktabi vakillari tilning tarixiy hodisa ekanligini tilning eng asosiy xususiyati deb bildilar. Ularning fikricha, til, avvalo, uzoq tarixga ega boTgan kishilik jamiyati madaniyatining mahsuli boiib, uni tarixiy taraqqiyot nuqtayi nazaridan o‘rganish zarur.
Tilshunoslik tilning o‘ziga xos tabiatini, tilning o‘zgarish sabablarini ham ijtimoiy taraqqiyot negizida tahlil qiladi. “Yosh grammatikachilar” til hodisalarini ayrim (atomizm) holda o'rganishni tavsiya qiladilar. Ular til va tafakkur, tillarning grammatik qurilishi turlicha boiishi sabablari, tilning ijtimoiy tabiati kabi masalalar bilan qiziqmadilar, ular o‘sha davrda hukm surgan psixologik nazariyalaming ta’sirida boiib, tildagi barcha hodisalami individual psixologiya prinsiplari asosida hal qilishga intildilar.
Til jamiyat mahsuli sifatida shakllangan murakkab, ijtimoiy-biologik, psixik hodisa ekan, insonning olamni anglashi, dunyoni bilish sezgilari jamlangan a’zolaming nutq apparati sifatida takomillashuvi muayyan tarixiy davr hamda tizim talablari asosida amalga oshgan. “Til kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o'mini, jamiyat taraqqiyoti yoilarini bilish, o‘rganish mumkin emas. Tilda so‘zlar ma'no anglatadi, ular obyektga, biror narsa-hodisaga ishora qiladi. So'zlar narsa-hodisaning biror belgisiga ishora qilish xususiyatiga ega. Ammo ba’zi so'zlarda uning shakli ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydi. Dog (it) nega shu nom bilan ataladi? U hech qachon bizga o'z nomini eslatmaydi yoki it so'zi hayvonning biror holatini anglatmaydi. Venger tilida bu tushuncha kutya so‘zi bilan ifodalanadi. Ba’zi so‘zlar narsabuyum, jonzotning tovushiga ishora qiladi, ammo tovushga taqlid so‘zlari ham tiilarda bir xil emas. Ingliz tilida viv-viv, bov-vov tarzida, venger tilida w tarzida talaffuz etiladi. Til tovushlari nutqda muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq a’zolari inson uchun zaruriy uzvlar boiib, ular barcha tiilarda tovushlami hosil qilish uchun xizmat qiladi. Ammo fonetik imkoniyatlar tiilarda bir xil namoyon boimaydi. Masalan, ingliz tilida nutq tovushlarining 40ga yaqin muhim, turli xil ko'rinishlari ishlatiladi. Tovushlar fonema, harflar shaklida moddiylashtiriladi. Til, avvalambor, kommunikativ vositadir. Bu uning kommunikatsiyaga asoslangan tizim ekanligini ko‘rsatadi3”.
Kishilar o‘zaro aloqa-munosabatda bo‘lish, fikrlashishda tildan boshqa vositalardan ham foydalanadilar. Bular ovozli va grafik shaklda bo'lgan so‘zlashuv nutqidan boshqa turli tovush signallari: qo‘ng'iroq, gudok kabilardir. Kommunikatsiyani ta’minlashda simvolika, turli ramzlar hamda paralingvistik vositalardan ham foydalaniladi. Tilshunoslik fani, avvalo, nazariy va tatbiqiy-amaliy fkndir. Bu fan keng qamrovli bo‘lib, boshqa fan sohalari bilan har tomonlama bogiiqdir. Til murakkab ijtimoiy hodisa, belgilar tizimi sifatida insonlar muloqoti uchun xizmat qiladi. Bu o‘rinda til va nutqni iarqlash zarur. Nutq - bu tilning va undagi belgilaming barcha qo‘llanish holatlarini qamrab oladi. Yozma yoki og‘zaki nutq bo'lagi matn deb yuritiladi. Yozma nutq va og'zaki nutq farqlanganidek, yozma matn va og'zaki matn (monolog, dialog kabi) ham farqlanadi. Tilning jamiyat a'zolari tomonidan qabul qilingan qonunlari davr o‘tishi bilan turli o'zgarishlarga uchrashi mumkin. Tildagi o‘zgarishlar va tilning rivojlanishi murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Til kishilar o'rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlaming o‘rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o‘mini tahlil qilish. boshqa fanlar bilan munosabatini yoritish uning qimmatini belgilashda, bir qator lingvistik tushunchalaming kelib chiqish ildizlarini yoritishda, umuman, tilshunoslikning ko‘pgina nazariy muammolariga oydinlik kiritishda muhim ahamiyatga egaligi ta'kidlangan.
Tilning tabiati, mohiyati kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, strukturasi va bu strukturani tashkil etgan elementlaming o‘zaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash prinsiplari kabi muhim masalalami o‘rganishni, tilni har taraflama tadqiq qilishni talab qiladi. “Tilshunoslik nazariyasi” tilning shakllanishi va rivojlanishini qonuniyatlar asosida tahlil qilar ekan, til va nutqni boshqa ihatdan talqin qiladigan sohalarga murojaat etadi. Masalan, til va nutq munosabatini, nutq xususiyatlarini tahlii qilar ekan, nutq ontogenezi (nutqning shakllanishi) masalasida ham to'xtaladi. Darhaqiqat, biz dunyoni tovushlar, so'zlar orqali qanday anglaymiz? Fikrimizni qay holda ifoda etamiz;? Nutq jarayoni qay tarzda amalga oshadi? Bu savolga javob topish ham til va nutqning mohiyatini yoritishda ahamiyatlidir. “Biz tilni o'zaro muloqot vositasi sifatida qo'Hagan davrimizdan buyon uning vujudga kelish jarayonini tahlii qilishga harakat qilamiz. Biz til mazmunini qayerdan anglashimiz mumkin? Boshqacha aytganda, gapni qanday anglab yetamiz? Ba’zida bir kishi tomonidan aytilgan fikrni ikki kishi turli ma’noda tushunishi mumkin. Bu tilning leksik va struktur jihati bilan bog'liq”.
Tilning muhim kommunikativ funksiya bajarishi uning murakkab tizim ekanligi, nutqda voqelanishi ham muayyan qonuniyat asosida yuz berishini ko‘rsatadi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida tilning jamiyatga bo'lgan munosabati turlicha izohlangan. Har xil fikrlar, turli nazariyalar vujudga kelgan. Til birliklarining mazmun qiymatiga, semantik mohiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Semantikani o‘rganish qanchalik murakkab jarayon ekanligi va so‘zning qanday ma’no anglatishi ilmiy asoslashni talab etadi. “I saw her run to the bank” Men uning bankka yugurib ketayotganini ко ‘rdim. Bu gapdan, biz bank so'zining “moliyaviy institut” yoki “datyo qirg'og‘i” ma’nosini anglatayotganini bilmaymiz. Shubhasiz, gap mazmunini muloqot jarayonidan anglab yetamiz. “I ate the biscuits on the bed”. Men shirinlikniyotoqxonamdayedim gapida siz “Men shirinlik iste’mol qilgan paytimda kravot ustida o'tirganim”ni anglaysiz. Yoki “men kravot ustida turgan holda biskvitni yeganim” anglashiladi.
Nutq ontogenezi (nutqning shakllanishi) murakkab voqelik bo'lib, inson miyasidagi nutq bilan bog'liq jarayonlarni, nutq mexanizmini, nutqni ifoda etish, qabul qilish, tushunish, anglash masalalarini ham o'rganishni taqozo qiladi. Nutqning shakllanishi va rivojlanishini tahlii qilishda psixolingvistika fani tahlillaridan foydalaniladi. Nutqning shakllanish xususiyatlarini bolalar nutqining rivojlanish jarayoni misolida izohlash mumkin. “Hech bir tilni uning butun lug:at boyligi yoki gap qurilishini yod olish bilan o‘rganib boimaydi. Hatto biror kishi nazariy jihatdan shakllantirilgan hamma so‘zlami oigansa ham yetarli boimaydi. Ular o‘rganuvchilar nutq faoliyatining muqobil variantlari bilan tanishmasdan turib, muloqotga kirisha olmaydi. Biz biror tilni o‘rganish imkoniyatini yaratadigan boshqa usullami ko‘rib chiqishimiz lozim. Bu miya faoliyatining muayyan tilni o‘rganish mexanizmi bilan bog‘liq. Yana bir muhim maiumot sifatida shuni qayd etish zarurki, bolalar tilni tez va oson o‘rganishadi. Bola nutqi rivoji yoki til o‘rganish qobiliyati uni o'rab turgan muhit ta’siriga bogiiq”7. Inson tillarning paydo boiishi, shakllanishi, rivojlanishini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega emas. Tilshunoslik til tadqiqiga bagishlangan yozma manbalarga tayanadi. Maiumotlarning mukammal boiishi uchun shuning o‘zi yetarli emas. Shu bois ko‘p hollarda kishilik jamiyatida nutqning shakllanishi va rivojlanish xususiyatlarini yoritish uchun bola nutqining shakllanishi, rivojlanishiga doir kuzatishlardan foydalaniladi.
Tilshunoslik ham barcha fanlar qatori o‘zining tadqiqot doirasiga ega. Tilning tuzilishi, kelib chiqishi, rivojlanishi va boshqa masalalar uning tahlil doirasini tashkil qiladi, bunda boshqa fanlaming ilmiy xulosalariga tayanadi. Bir qator ichki lisoniy masalalar - masalan, tilning kelib chiqishi, rivojlanishi, tarqalishi va hokazolar boshqa ijodiy fanlar yordamida ham hal qilinadi. Bundan tashqari, boshqa fanlaming tilshunoslikka tobeligi mavjud. Masalan, aloqa muhandislari nutqni uzoq masofaga yetkazish maqsadida lisoniy masalalarni bilishlari shart. Biror-bir xalqning tarixini va madaniyatini oiganayotgan olim, albatta, shu xalqning tiliga, yozma manbalariga murojaat qiladi, chunki til — asosiy manba. Unda xalq haqida, uning madaniyati haqida yetarli ma’lumot mavjud. “Bobumoma”ning, dastavval, ma’lumot manbai sifatida o‘rganilganligi ham bu fikrni isbotlaydi.
Atrof-muhit, borliq, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, madaniy taraqqiyot, avvalo, inson ongida aks etadi. Maiumotlar sezgi a’zolari hamda ong orqali o‘zlashtiriladi, idrok etiladi. lnsoniyat ongli faoliyati, tafakkuri yordamida olingan axborotlar yuzasidan fikr qiladi, mushohada yuritadi. Tafakkur mahsullarini tizimli ravishda og‘zaki va yozma nutq ko‘rinishida ifoda etadi. Obyektiv borliq, voqea hodisalami qay darajada proeksiyalash axborot uzatuvchining fikrlash doirasi hamda nutq mahorati bilan belgilanadi. Bu maiumotlar ajdodlar va avlodlar o‘rtasidagi aloqa-munosabatni ta’minlaydigan, qadriyat, an’analaming davomiyligini saqlab qoladigan omil sifatida xizmat qiladi. “Tilshunoslik nazariyasi” til qurilishi, til tabiati, tilning insoniyat ijtimoiy turmush tarzidagi o‘mi, til va tillarni tadqiq etish metodlari xususida umumiy, tizimli xulosalar beradi. Talabalami tilshunoslikdagi asosiy yo'nalishlar, maktablar, ularga xos ta’limotlar, atoqli tilshunoslarning faoliyati va qarashlari, ularga tegishli tamoyillar tavsifi, izlanish olib borish metodikasi, metodlari, qo‘lga kiritilgan muhim yutuqlar bilan tanishtiradi. “Tilshunoslik nazariyasi” fani til sathlari haqida bahs yuritadi. Tilning asosiy sathlari sifatida fonetik-fonologik, leksik, grammatik sath tahlil etiladi. Tilshunoslikning nazariy masalalari mohiyati dialektologiya, frazeologiya, stilistika, etimologiya kabi bo‘limlar orqali yoritiladi. Bu masalalami o‘rganishda diaxron va sinxron tahlil usullaridan foydalaniladi.

Download 24,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish