1-ma'ruza. “Tilshunoslik” fani mazmuni, maqsadi, vazifalari tilshunoslik fanining oʼrganish obyekti. tilning paydo boʼlishi.
Reja:
1. “Tilshunoslik” — tilshunoslik haqida nazariy ma’ tumot beruvchi fan sifatida.
2. “Tilshunoslik” fanida o‘rganiladigan asosiy masalalar.
3. Tilshunoslikka nazariyasiga doir qarashlar.
Asosiy tushunchalar: tilshunoslik, tilshunoslik nazariyasi, umumiy tilshunoslik, xususiy tilshunoslik, nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik, proto til, sinxroniya, diaxroniya, til va jam iyat, til va nutq, til va tafakkur, dunyo tillari, tillar tasnifi, til oilalari, “ Yosh grammatikachilar’’ maktabi, Praga strukturalizmi, Kopengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi, tilshunoslik fani bo ‘limlari, antinomiya, fonetika, grammatika, morfologiya, sintaksis.
Tilshunoslik (lingvistika: grekcha lingua — «til», logos - «fan») murakkab va ko‘p qirrali, tilni boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqadorlikda ilmiy va amaliy jihatdan o'rganuvchi, tilshunoslikning asosiy masalalarini, tilning paydo boiishi va til taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlami, til va nutq xususiyatlarini tahlii etuvchi fandir. Til jamiyat uchun xizmat qiladi, jamiyat a’zolari muloqotini ta’- minlaydi. Til jamiyat tarixini o‘zida aks ettiruvchi vosita boiib, insonning ina’naviy va ma’rifiy shakllanishi, rivojlanishida belgilovchi ahamiyatga ega. Til, uning amaliy ifodasi boigan nutq inson tafakkuri, ruhiyati, madaniyati, urf-odati va shaxsiy kamoloti bilan bogiiqdir.
Tilshunoslik fani umumiy va xususiy xarakterga egadir. Tilshunoslikning umumiy va xususiy tilshunoslik, nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik kabi qator ko‘rinishlari mavjud boiib, til va nutqni turli aspektlarda talqin qiladi. Umumiy tilshunoslik jahon tillaridagi fonetik, fonologik, grammatik (morfologik va sintaktik), leksik-semantik, stilistik jihatlarni ilmiy asosda o‘rganadi. Bu xususiyatlarning muayyan bir tildagi izohi (masalan, o‘zbek tili yoki boshqa tillaming belgilari)ni xususiy tilshunoslik o‘rganadi. Nazariy tilshunoslik
Tilshunoslik fanining o‘rganish obyekti murakkab tuzilishga ega, biologik, fiziologik, ijtimoiy jarayonlar mahsuli bo‘lgan tildir. Tilni har tomonlama chuqur o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shu sababli tilshunoslikni faqat nazariy fan deb emas, balki tatbiqiy va amaliyot uchun kerakli, ya'ni insonlar muloqoti uchun zarur fan sifatida baholash lozim. “Tilshunoslik” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- til va jamiyat, til va tafakkur, til va madaniyat, til va psixologiya, til va semiotika masalalarini, tilning semiotik tabiatini yoritish;
- nutq va nutq faoliyati munosabatini o‘rganish;
- dunyo tillarini tavsiflash, tasniflash, tillarning genetik asoslarini, eng qadimiy til, proto til (“bobo til”), uning boshqa tillar hamda shevalarga munosabatini tahlil etish; - tillarning kelib chiqishi va rivojlanishiga oid qarashlarni umumlashtirish, til va jamiyat taraqqiyoti uyg‘unligini asoslash;
- dunyo tillari tipologiyasini, tillarning morfologik xususiyatlarini, morfem tarkibi, tuzilishini yoritish; - tilning hozirgi holati hamda tarixiy rivojlanish bosqichlarini sinxron va diaxron aspektda o‘rganish;
- yozuv va imlo qoidalarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslarini ko‘rsatib berish; tilning talaffuz me’yorlarini belgilashning nazariy va amaliy asoslarini izohlash;
- tilning asosiy sathlarini tavsiflash, fonetik-fonologik, leksik, grammatik sath mohiyatini yoritish, fonetika va fonologiya, morfologiya va sintaksis, leksika va semantika, stilistika masalalarini belgilash.
Tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan biri tilning ushbu tan predmeti sifatidagi ta’rifidir. Ma’lumki. tabiiy til faqat tilshunoslikda emas. balki yar.a bir qator fanlar tomonidan o'rganiladigan murakkab obyekt bo'lib, har bir fanning tilga bergan ta’rifi ham turlichadir. Tilning ta’rifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng muhim masalalardan biridir, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin bahslarga sabab bo‘lmoqda. Tilshunoslik fanining predmeti, o'rganish manbai o'z ichki qonuniyatlariga ega bo'lgan murakkab tizim - tildir. Tilning o'ziga xos xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini o'rganish mazkur ijtimoiy hodisaga har tomonlama to'liq ta’rif berish imkonini yaratadi. Til umumiy qonuniyatga bo'ysunadigan o'ziga xos ramzlar tizimi bo'lib, kishilik jamiyatidagi aloqa-munosabatning eng muhim quroli, fikr ifodasi hamda fikr yuritish asosi, voqelikni ajdoddan avlodga yetkazadigan, ichki kechinmalarni, his-tuyg'ularni aks ettiradigan. insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy, ilmiy boyliklarini ifodalaydigan muhim kommunikativ vositadir.
Darhaqiqat, tilshunoslikda mavjud bo'lgan har bir nazariya, avvalo, tilni qanday tushunishga asoslanadi. Tilni qanday tushunish til haqidagi nazariyani yaratishda ahamiyatlidir. Tilshunoslik tanining obyekti, predmeti va tilni ilmiy o'rganish metodlari kabi masalalar ma’lum darajada tilni qanday tushunishga bog'liqdir. Tilshunoslik tarixida tilni turlicha ta’riflash fanning predmetini ham turlicha tasawur qilishga sabab bo'Idi. Shuning uchun bu masalaning tilshunoslik tarixi asosiy bosqichlarida qanday hal etilganligini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Tilga bo'lgan qiziqish eramizdan awalgi V asrlarda paydo bo'lgan. Tilshunoslik qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va Rim, Misr, Mesopotamiya, Xitoy, Movarounnahr, Arabiston yarim oroli va h.k. mintaqalarda rivojlangan.
Tilshunoslik fani uzoq vaqt mobaynida falsata tarkibida rivojlangan. Antik davrda va O'rta asrlarda Yevropada tilshunoslik falsafaning ajraimas qismi bo'lgani, falsafiy g'oyalaming ustunligi, tilshunoslikning hali alohida soha bo'lib, ajralib chiqmaganligidan dalolat beradi. Tilshunoslik taraqqiyoti jarayonida alohida tillar yoki til guruhlari empirik nuqtayi nazardan o'rganilgan. Ba’zi bosqichlarda muayyan tillar (Yevropada lotin, Yaqin va O'rta Sharqda arab) namuna, etalon sifatida qaralgan.
“Dunyoda o'rta asr olimlarining tilga oid nazariy va amaliy masalalami qamrab olgan tilshunoslikka oid qarashlari adab ilmlar tarkibi 8 da lug'at, sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), balog‘at ilmlari kabi sertarmoq va murakkab ilmiy nazariyalar majmuyi sifatida rivojlanib, uning o‘rganish obyekti til, til hodisalari va til ifodasi bo'lgan nutqdan iborat bo‘ldi. Til - murakkab ramzlar tizimi sifatida baholandi. Til hodisalarini nazariy o‘rganish jarayonida G‘arb lingvistika maktablari tilning kommunikativ, kognitiv, nominativ va akkumulyativ funksiyalariga e’tibor qaratdi, shu bois G‘arb olamida sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, antropolingvistika kabi sohalar rivojlandi. Islom uyg‘onish davrida tilshunoslami ko‘proq tilning emotsional ekspressiv, ya’ni valyuntativ funksiyasi qiziqtirib, til hissiy-ruhiy ta’sir vositasi sifatida chuqur o‘rganildi. Natijada tilning estetik ta'siri va badiiy tuzilishiga oid nazariy qarashlar arab dunyosida balog'at ilmining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi”2. Faqatgina XIX asrda tilshunoslik maydonga alohida fan sohasi si fatida kirib keldi, shunga qaramay falsafa, mantiq va psixologiya bilan aloqasini yo‘qotmadi. Ilmiy tilshunoslikning asoschilari - eng yirik tishunoslar yetuk faylasuf ham bo‘lganlar. Bular Y.Grimm, V.Gumboldt, Vundt, Chemishevskiy va boshqalardir. Bu ikki fan orasidagi munosabat til haqidagi fanni boyitish bilan bir qatorda, unga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishni chegaralab qo‘ygan. Tilshunoslik masalalari chegaradosh sohalarda o‘rganilmay qolgan.
XIX asr o‘rtalariga kelib tilshunoslikni ijtimoiy sohalardan ajratishga urinishlar boshlandi, bu Darvin ta’limotining rivojlanishi tufayli amalga oshdi. Tabiiy fanlaming rivojlanishi, Charlz Darvin ta’limotining vujudga kelishi bilan tilni tirik organizm, deb tushunish kuchaydi. Nemis tilshunoslari M.Myulier va A.Shleyxerlar shu nazariya tarafdori edilar. Tilshunoslikda «natural» maktab oqimi paydo boidi. Uning asoschisi nemis olimi A.Shleyxer edi. U birinchi bo‘lib biologiya qonunlarini «inson organizmi»ga ko‘chirish kerakligini aytdi va tilshunoslikni tabiiy fanlar safiga qo‘shdi. Jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilning bir butunligiga asoslanib, uni tirik organizmga o‘xshatish noto‘g‘ridir.
Til o‘zining tuzilishi, ayrim unsurlarining o'zaro munosabati bilan butun bir tizimni tashkil etadi. Lekin bu holat uni aynan bir tirik organizm sifatida baholash imkonini bermaydi. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishiiarning tabiiy-biologik va fiziologik xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanishi va hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq jamiyatga bog‘liq bo'lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish va flkrlash uchun kishilik jamiyati (sotsial muhit) bolishi shart. Chunki, til kishiiarning bir-biri bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo boigan. Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli olaroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Til boshqa kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji tufayli paydo b o igan. Jamiyat sohalari va inson faoliyatida yuz beradigan o‘zgarishlar, birinchi navbatda, tilning lug‘at qismida o‘z aksini topadi. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo boiadi (ayrim qarashlarda aytilganidek, “tuglladi”, “taraqqiy etadi”, “rivojlanadi”), bir jamiyat yobq bolishi bilan til ham asta-sekin iste’moldan chiqa boshlaydi va davrlar olishi bilan o lik tilga aylanadi. Lotin, sug‘d, qadimiy Xorazm tillari bunga misol. Biroq tilning paydo bolishi (“tugilishi”) taraqqiy etishi (“rivojlanishi”) va iste'moldan chiqishi (“olishi”) biologikjarayon emas, balki jamiyat taraqqiyoti bilan bogliqdir. Shuning uchun til qonunlari, uning taraqqiyot yollari jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalq tarixi bilan bogliq holda o‘rganilgandagina masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin.
Demak, aytilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: birinchidan, til tabiiy biologik hodisa emas; ikkinchidan, tilning mavjud bolishi va uning taraqqiy qilishi tabiat qonunlariga bo‘ysunmaydi; uchinchidan, til kishiiarning tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy belgilariga) bogliq emas; to'rtinchidan, faqat jamiyat boiib uyushgan insonlargina aloqa vositasi boigan tilga ega. Binobarin, til tabiiy-biologik hodisa bolmay, kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiladigan, subyektga bogliq bolmagan murakkab ijtimoiy hodisadir. Jamiyatdagi turli guruhga mansub shaxslar bir-biri bilan aloqada boladilar, til esa ishlab chiqarishni uyushtirishda jamiyat sohalari rivojlanishida muhim aloqa vositasi boiib xizmat qiladi.
Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadigan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, til ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga xizmat qiladi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan konkret-tarixiy me’yor sifatida jamiyat a’zolarining barchasiga teng xizmat qiladigan asosiy aloqa vositasidir. So'zlovchi insoniyat tomonidan tanlangan tildan foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Shu bilan bir qatorda. har bir so‘zlovchi, ayniqsa, adiblar, olimlar o'zlarining nutq faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun ma’lum hissalarini qo'shadilar.
Tilshunoslik k tarixida tilga turlicha yondashuvlami kuzatish mumkin. Umumiy tilshunoslik fani asoschisi V. Fon Gumboldt (1767-1835) tilshunoslikning asosiy masalalarini, predmetini va chegarasini belgilab berishga harakat qilgan mashhur olimdir. V. Gumboldt tilshunoslikni inson o‘rganadigan tarixiy, falsafiy, etnografik fanlar qatoriga qo‘shishga harakat qildi. V. Gumboldt ta’rificha, til murakkab, bir-biriga qarama-qarshi boigan sifat va xususiyatlami o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir, shuning uchun ham tilni ilmiy o‘rganishda, uning haqiqiy mohiyatini tushunishda antinomiya - qarama-qarshilik metodini qoilash maqsadga muvofiqdir. Til tabiatiga xos asosiy antinomiyalar quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |