PSIXOLINGVISTIKANING AHAMIYATI VA UNING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Reja:
1. Psixolingvistikaning obyekti va predmeti
2. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari
3. Psixolingvistika psixologik fan sifatida
4. Psixolingvistika va tilshunoslik
Psixolingvistikaning obyekti va predmeti
Psixolingvistikaning asosiy tadqiqot obyekti nutqiy faoliyat subyekti bo‘lgan shaxs, til egasidir.
Til va til belgilarining tizimi lingvistika, adabiyotshunoslik, antropologiya, dasturlash va psixolingvistika fanlarining tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Ya’ni mazkur fanlarning umumiy obyekti – turli maqsadlarda va turli vaziyatlarda qo‘llaniladigan inson tili va nutqi bo‘lishi mumkin
Psixolingvistika fanining obyektini aniqlashtirishda A.A.Leontev qayd qilgan freym tushunchasini keltirish maqsadga muvofiqdir. Freym u yoki bu obyekt yoxud hodisani tasvirlovchi o‘lchovlar tizimini ifodalaydi. Masalan, “Ishlovchining shaxsiy varaqasi” (o‘lchovlari aniq shaklda keltirilgan)da mazkur shaxsning eng kamida uni ishga qabul qilinishi bilan bog‘liq xususiyatlarini tasvirlovchi freym mavjud bo‘ladi. Fanda modellashtirilgan aniq hodisalar, odatda, freym tamoyiliga ko‘ra tavsiflanadi. Masalan, psixologiyada aksariyat hollarda “faoliyat freymi” ishlatiladi.
Psixolingvistikaning predmeti turli – obyektlarning mavhum tizimi yoki ayrim obyektlarning mavhum tizimi hisoblanadi.
Psixolingvistika so‘zlovchilar niyatining mazkur madaniyatda qabul qilingan kodda signallarga aylanishi va bu signallarning tinglovchilar tushunchasiga aylanishi jarayonlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, psixolingvistika kodlash va dekodlash jarayonlarini o‘rganadi.
Psixolingvistika – til tizimi va lisoniy qobiliyat orasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan.
Psixolingvistika – til tizimi va lisoniy qobiliyat orasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan.
Nutqiy faoliyat va uni kompleks modellashtirish qonuniyatlari psixolingvistikaning predmeti hisoblanadi.
Psixolingvistika so‘zlovchi niyatining muayyan madaniyat kodida (tilida) qabul qilingan signalga aylanishi va bu signallar tinglovchining interpretatsiyasida qaytadan namoyon bo‘lishi jarayonlarini o‘rganadi.
Psixolingvistika nutqiy faoliyatni nutq akti mazmuni bilan so‘zlovchining maqsad-niyati orasidagi aloqadorlik nuqtayi nazaridan o‘rganadigan fan. U nutqni idrok etish, tilni egallash kabi masalalarni o‘rganadi. Psixolingvistikaning diqqat markazida individ va kommunikatsiya turadi. Unga ko‘ra, so‘zlovchi nutqni yuzaga chiqarar ekan, o‘zi o‘ylagan niyatini ma’lum qoidalar asosida aniq tilning nutq birliklariga uzatadi. Tinglovchi nutqni qabul qilar ekan, nutq ifodalarining tashqi shaklida o‘z aksini topgan ma’noni chiqarib oladi.