7-MAVZU.
YO‘LOVCHI POEZDLARNING TUZISH REJASI
REJA
7.1.Poezdlar tuzish rejasini xisoblash uchun kerak bo‘ladigan birlamchi ma’lumotlar
7.2.Yo‘lovchi poezdlar tuzish rejasining xisobi
Kalit iboralar
Yo‘lovchi poezdlar tuzish rejasi, yo‘lovchilar oqimi yo‘nalishlari, yo‘lovchilar oqimi miqdori, tranzit yo‘lovchilar oqimining xajmi, poezdning og‘irlik me’yori
7.1.POEZDLAR TUZISH REJASINI XISOBLASH UCHUN KERAK BO‘LADIGAN BIRLAMCHI MA’LUMOTLAR
Yo‘lovchi poezdlar tuzish rejasi – bu yo‘lovchi poezdlarning manzillari va yurish marshrutlari sonini tanlashdir. Yo‘lovchi poezdlar tuzish rejasining optimal variantini va u javob berishi lozim bo‘lgan maqsadlarni tanlashda xisobga olinadigan asosiy omillar ko‘p qirrali masalalardan xisoblanadi. Yo‘lovchi poezdlar tuzish rejasida bir tomondan yo‘lovchilar uchun kerakli qulayliklar, ikkinchi tomondan tashish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transportining xarajatlari o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. SHuning uchun barcha omillarga baxo berish va shu bilan birga barcha masalalarni xal etish tashish xarajatlarini taqqoslash asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunda yo‘lovchi poezdlar tuzish rejasining optimal variantini tanlash masalalari xarajatlarning minimumini topishdan kelib chiqib xal etilishi mumkin.
Temir yo‘llar tarmog‘idagi aylanadigan barcha yo‘lovchi poezdlarining yo‘lovchilar oqimi bir biri bilan bog‘liq bo‘lganliklari sababli, yo‘lovchi poezdlari tuzish rejasi masalasini xal etish tarmoqning katta poligonlari uchun amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday masalani xal etishda katta miqdordagi ishlarni amalga oshirish talab etiladi va shuning uchun bu masalalarni xal etishda EXM foydalanish talab etiladi.
Yo‘lovchi poezdlar tuzish rejasini xisoblash uchun quyidagilar birlamchi ma’lumotlar xisoblanadi:
– tayanch stansiyalari orasidagi yo‘lovchilar oqimi aloxida yo‘nalishlari kattaliklari;
– poligonning aloxida uchastkalari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimining zichligi;
– temir yo‘llarning kirish stansiyalari orasidagi tranzit yo‘lovchilar oqimi kattaligi (statistik xisobotlar bo‘yicha);
- o‘zining texnik jixozlanganlik darajasi bo‘yicha yo‘lovchi poezdlar tuzish yoki tarkiblarning aylanish stansiyalari vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan poligon stansiyalarining soni (stansiyalarning amaldagi texnik jixozlanganligini taxlili);
– yo‘lovchi poezdlarning mumkin bo‘lgan aylanish marshrutlari;
– oylik yo‘lovchilar oqimining xisobiy yo‘nalishlari o‘lchami;
– yo‘lovchi poezdlarning og‘irlik me’yorlari va xarakat tezliklari;
– yirik temir yo‘l uzellaridagi amaldagi cheklovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |