1-ma’ruza. Sintetik suyuqlik yoqilg‘isini ishlab chiqarish texnologiyasi


-rasm. Metanni sintez-gazga oksidlash konversiyasi uchun reaktorning membranli sxemasi



Download 6,79 Mb.
bet85/100
Sana26.01.2022
Hajmi6,79 Mb.
#411065
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100
Bog'liq
Cинтетик суюқликни олиш бўйича

9.1-rasm. Metanni sintez-gazga oksidlash konversiyasi uchun reaktorning membranli sxemasi

Bunday turdagi membranlar yaratishni tadqiqotlash 20 asrning oxirida AQSH davlatida olib borilgan. Tadqiqot ishlari ikkita yetakchi kompaniyalar tomonidan (Amoco, BP Chemicals. Praxair, Sasol, Statoil, Air Products and Chemicals, ARCO. Cheramatec, Chevron) va Argon milliy laboratoriyasida (Argonne National Lab.) olib borilgan. Bu tadqiqotlar AQSh davlati tomonidan moliyalashtirilgan. Materialning Sr-Fe-Co-O elektron va ionli о‘tkazuvchanlik istiqbolligiga asoslanilgan. Quvurli membranli reaktor plastik ekstruziya usulida tayyorlangan va 1000 soat davomida 900°S haroratda sinalgan.

Metan uzatiladigan reaktorning devori orqali kislorodning yuqori о‘tkazuvchanligi CH4 ni CO bо‘yicha 90% maqsadli yо‘naltirilganda uni konversiyasi 98% ta’minlanadi. Sо‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlardan ma’lumki, panjarali kislorodning harakatchanligi membranning ishlab chiqarish kо‘rsatgichini aniqlaydi, balki seriya + oksidning nanokostruksiyasida uning kо‘rsatgichi oshirilishi mumkin. Lekin reaktorlarning membraniyasini yaratishning bunday harakatlarga qaramasdan sintez – gaz olishning kommersializatsiyalash usuliga tо‘sqinlik qiluvchi muammolar yechilmasdan qolmoqda. Bular membranning mexanik mustahkamligiga bog‘liq bо‘ladi hamda reaktor devorlari oralig‘ida O2 ionlarining yuqori gradiyenti konsentratsiyaga bog‘liq holda pasayadi, ulardan biri havo bilan kontaktlashadi boshqasi esa tiklanuvchi muhitda joylashadi.

Membranli reaktorning parchalanishi qurilmaning metall detallarini germetik biriktirilganda sodir bо‘ladi qaysiki, metallning va keramikaning kengayish koeffitsiyenti bir-biridan katta qiymatga farq qiladi [4—5]. Shuni kо‘rsatib о‘tish lozimki, sintez-gazni olishning zamonaviy texnologiyasi metan gazini qayta ishlashga mо‘ljallangandir. Yuqorida birinchi bobda keltirilgan ma’lumotlardan ma’lumki, har xil konlardan ajratib olinadigan metanning tarkibida katta miqdorda etan va propan (massasiga nisbatan 40% ga), S4-5 fraksiyaning massasiga nisbatan 20% gacha bо‘ladi. Bunday uglevodorod aralashmasidan xomashyo sifatida foydalanilganda molekulyar massasining о‘sishi reaksiyalanish xususiyatini oshirib yuboradi. Qattiq sharoitlarda metanni sintez-gazga chuqur konversiya qilganda boshqa uglevodorodlar uglevorod hosil qilishga parchalanadi va katalizatorni faolligini kamaytiradi.

Bu kо‘rib chiqilgan holat NYGlarni tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri kon sharoitida qayta ishlash jarayonida asosiy rentabellik talablarini shakllantirish imkoniyatini beradi:

a) kichik va о‘rtacha quvvatdagi qurilmalardan foydalanish;

b) energiyaning iste’molining kichikligi;

v) uglevodorodlarning aralashmasini konversiyasiga yuqori darajada barqaror bо‘lgan katalizatorlarni qо‘llash.

Laboratoriyada obib borilgan kо‘p yillik tadqiqotlar ma’lumotlariga asoslanib shuni aytishimiz mumkinki, RFAning Moskva shahridagi organik kimyo instituti tomonidan oksid metallning nanotuzilmalarini shakllantiradigan tizim yaratilgan.

Boshqa muhim tomoni oksid-metalli tizimning asosiy xususiyati shundaki, agar massasiga nisbatan 20 % kislorod panjarasi hosil qilinganda u uglevodorodlarni sintez-gazga oksidlantirish qobiliyatiga ega bо‘ladi:

CH4 + Meox+1 = 2H2 + CO + Meox.

Havo yordamida keyingi ishlov berishda tiklangan tizim tо‘liq reaksiyalanadi ya’ni, faqatgina faol kislorodning tarkibi dastlabki kо‘rsatgichga qaytmasdan hosil bо‘lgan uglerodni yо‘qotadi:

Meox + 0,5O2 (havo) = Meox+^ + azot;

C + O2 = CO2

Bunday jarayon orqali sintez-gazni olish jarayonining umumiy issiqlik balansi natijaviy bо‘ladi.


Download 6,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish