9.2. Neftning tarkibidan ajralib chiqadigan yо‘ldosh gazlarni (NTACHYG) utilizatsiya qilish muammolarini yechimini topishdagi kompleks yaqinlashish
Dunyodagi neft qazib olish bilan shug‘ullanadigan davlat va kompaniyalarning hamda shu jumladan respublikamizda ham neftning tarkibidan ajralib chiqadigan yо‘ldosh gazlarni (NTACHYG) utilizatsiya qilish muhim dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Neft qazib olishni va yо‘ldosh neftli gazlarni (NYG) qayta ishlashni muvozanat holatida bо‘lmaganligi uchun 170-180 mlrd. m3 gazlar (AQSH davlati – 50 mlrd. m3, Rossiya davlati – 40 mlrd. m3, Negiriya – 20 mlrd. m3, О‘zbekistonda – 1,5- 1,7 mlrd. m3) mash’ala orqali yoqib atmosferaga chiqariladi. Bu hajmda gazlarni atmosferaga chiqarish kammi yoki kо‘pmi degan savol tug‘iladi. Mash’alaga chiqariladigan gazning 1 m3 ham kо‘p bо‘ladi. О‘lkan iqtisodiy yо‘qotilish va atrof muhitga jiddiy xavf xatarni keltirib chiqaradi [49].
Respublikamizda bunday muammolarni yechimini topish uchun NYG larni yig‘ishning, tashishning, tozalashning, ajratishning va uni magistral quvuruzatmalariga haydash uchun infratuzilmani yaratish talab qilinadi va u juda katta investitsiya mablag‘ini sarflashni talab qiladi. Boshqa yо‘li esa – NYGdan motor yonilg‘isi,metanol va boshqa kerakli mahsulotlarni kon sharoitida ishlab chiqish hisoblanadi[10]. Kon sharoitida NYGlarini qayta ishlash uchun hamma vaqt ham sharoit bо‘lmaganligiga bog‘liq holda NYGning tarkibidagi hamma komponentlar kimyoviy usullar yordamida utilizatsiya qilinadi.
Hozirgi vaqtda tabiiy gazdan (metandan) sintetik yoqilg‘i ishlab chiqaradigan uchta zavod mavjud bо‘lib, ularga quyidagilar kiradi: Shell kompaniyasi tomonidan qurilgan (Malayziyada), Mossgas (Janubiy Afrikada) va Qatarda Petroleum zavodlari. Bu zavodlar juda yuqori quvvatga ega (1,1 — 1,5 mln. tonn bir yilga) ya’ni katta rentabellikka egadir. Bundan о‘lkan zavodlarni bunday katta miqdordagi gaz bilan ta’minlash uchun yuzlab milliarda metr kub zaxiraga ega bо‘lgan konlar kerak bо‘ladi [5].
Sintetik yoqilg‘ini ishlab chiqarishda asosiy xarajatlar (70% gacha) metanni sintez-gazga (H2+CO) konversiya qilishga sarflanadi va undan keyin esa maqsadli xomashyolar olinadi. Sintez-gazining bunday yuqori narxi noqulay bug‘ni energetikasi yoki metanning uglerodli konversiya orqali aniqlanadi:
CH4 + H2O = CH2 + CO - 206 kDj/mol
CH4 + CO2 = 2H2 + 2CO - 247 kDj/mol
Sintez – gazni oksidlantirish orqali olinganda havodan kislorodni ajratish uchun juda katta energiya sarfi talab etiladi [3].
CH4 + 0,502 = 2H2 + CO + 36 kDj/mol
Ma’lumki, kislorod – metan aralashmasini sotishda portlash xavfi bо‘lganligi uchun oldindan ehtiyot choralarini qо‘llash talab qilinadi. Azotli sintez – gazga ( ~40 % umumiy og‘irlikka nisbatan), oksidlovchi sifatida kisloroddan foydalanilganda muvozanatlashgan aralashmani konversiyasida (2H2+CO+2.5H2) jihozlarning ishlab chiqarish quvvati pasayib ketadi.
Bu muammolarni yechimini topishda reaktorda sintez – gazning oksidlanish reaksiyasi olinadi ya’ni, reaktorning devori kislorod uzatish membranlari hisoblanadi (9.1 -rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |