Koptiv, kaptivus – asrga olmoq, bunda parazit xo‘jayin organizmiga kirishi mumkin, lekin bu xo‘jayinda rivojlanish davom etmaydi.Uni ko‘rinishi, hajmi tashqi muhitda, toki xo‘jayinga kirguncha qanday bo‘lsa shundayligicha saqlanadi. Masalan, odamlarda parazitlik qiluvchi ankilostomalar bilan kemiruvchilarni zararlantirilganda, kemiruvchilar organizmida parazitning hech qanday rivojlanishi kuzatilmagan yoki marvariddor mollyuskalarning chig‘anoqlari orasiga turli gelmintlarning tuxumlari tushib qolganda, hech qanday rivojlanish kuzatilmagan.
Nazorat savollar
Oxirgi (defenitiv, asosiy), oraliq, qo’shimcha, rezerv xo’jayinlar izohlang.
Haqiqiy, obligat, koptiv, abortiv munosabatlarni izohlang.
Fakultativ, soxta, vaqtinchalik,statsionar, davriy, doimiy parazitizmlarni izohlang.
Parazitizmni hayvonat olamida tarqalishi. Parazitizm va uni boshqa xodisalardan farqlarini tushuntiring.
3-MAVZU:PROTOZOA OLAMI. SARKOMASTIGAFORALAR TIPI (2 soat )
Reja:
1.Parazit sodda hayvonlar, klassifikatsiyasi.
2. Parazit sodda hayvonlarning muhim vakillari.
1.Parazit sodda hayvonlar. Klassifikatsiyasi.
Sodda organizmlar orasida parazitizm keng tarqalgan. Parazit yashovchi sodda hayvonlar bir necha mingni tashkil qiladi. Sodda hayvonlar xo’jayinlarini turli a’zolarida (ichak, tana bo’shlig’i, qoni, jinsiy sistema va boshqalar) joylashadi va ularni zararlaydi. Ko’pchiligi hujayra ichi parazitlari. Sodda hayvonlar orasida odam va hayvonlarda turli og’ir, o’lim bilan tugaydigan hastaliklarni keltirib chiqaruvchi turlari bor. Shuning uchun parazit sodda hayvonlarni o’rganish nafaqat zoologiyani tibbiyot va veterinnariyani ham predmeti hisoblanadi. Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 40000 ga yaqin tur kiradi. Ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o'simliklar, hayvonlar hamda odam or-ganizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, nomidan ko'rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo'lsa-da, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo'lib, alohida holda ko'p hujayrali hayvonlarga o'xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalarni o'zi bajaradi.
Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o'z navbatida 5 ta tipga bo'linadi:
1. Sarko-mastigoforalar (Sarcomastigophora).
2. Apikomplekslar (Apicomplexa).
3. Miksosporidiyalar (Micsosporidia).
4. Mikrosporidiyalar (Microsporidia).
5. Infuzoriyalar (Infuzoria).
Bulardan apikomplekslar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib, og'ir kasalliklar, hatto, o'limga olib keladigan turlari bor.
Sarkomastigoforalar tipigа mаnsub hаyvоnlаr sохtа оyo‘qlаr yoki хivchinlаr yordаmidа hаrаkаtlаnаdi. Ulаr dеngiz, chuchuk suv hаvzаlаri vа nаm tuprоqlаrdа hаyot kеchirаdi. Shuningdеk, ulаr оrаsidа ham turli hаyvоnlаr vа оdаm оrgаnizmidа pаrаzitlik qilib, оg‘ir kаsаlliklar kеltirib chiqаrаdigаn turlаri bоr. Bu tipgа 18000 gа yaqin tur kirаdi. Sаrkоmаstigоfоrаlаr sаrkоdаlilаr vа хivchinlilаr kenjatiplariga bo‘linаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |