Nazorat savollar
Sporalilarga xos xususiyatlarni ko`rsating?
Koktsidiyalar va bezgak parazitlarining tasnifini va qo`zg’atadigan kasalliklarini tushuntiring?
Qaysi sporalilar foydali xasharotlarda parazitlik qiladi?
Koktsidiyalar qanday rivojlanadi?
5-MAVZU: Miksosporidiya tipi. Mikrosporidiyalar tipi. Infuzoriyalar tipi. (2 soat )
Reja:
Miksosporidiya tipiga tavsif, tuzilishi, hayot sikli.
Mikrosporidiyalar tipi tavsif, tuzilishi, hayot sikli.
Infuzoriyalar tipi tavsif, tuzilishi, hayot sikli.
MIKSOSPORIDIYALAR (MYXOSPORIDIA) YOKI KNIDOSPORIDIYALAR (CNIDOSPORIDIA) tipi yaqin-yaqinga qadar sporalilar tipi bilan qo‘shib o‘rganilar edi. Lekin ularning tuzilishi va rivojlanish sikli har tomonlama chuqur o‘rganilgach, morfologik va fiziologik jihatdan sporalilardan farq qilishini hisobga olib, miksosporidiyalami mustaqil tip darajasiga ko‘tarishga imkon yaratildi.
Miksosporidiyalarda vegetativ va generativ yadrolar borligi, sporalari ko‘p hujayrali murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Yana shuni ham aytish kerakki, miksosporidiyalarning ko‘payishi va tarqalishi uchun xizmat qiladigan kapsulli sporalari deyarli hamma vaqt yetishib turishi bu tip vakillari uchun juda xarakterlidir (ma’lumki, sporalilar tipining vakillarida sporalar ularning oxirgi rivojlanish stadiyasida yetishar edi).
Miksosporidiyalarning vakillari hayvonlaming hujayrasida parazitlik qilib yashaydi. Ularning sporalari kapsula ichida boiadi. Kapsulada o‘ralib yotgan kuydirgich ipi boiib, xo‘jayin ichiga tushganda ip kapsuladan otilib chiqib, ichakning epiteliysiga sanchiladi. So‘ngra amyobasimon embrion sporadan chiqib xo‘jayin to‘qimasi ichiga kiradi.
Miksosporidiyalar tipiga 1000 dan ortiq tur kirib, 2 sinfga boiinadi:
1. Aktinomiksidiyalar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfi.
2. Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar (Myxosporea) sinfi.
Aktinomiksidiyalar sinfida 20 dan ortiq tur mavjud boiib, ular asosan halqali chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar sinfiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan baliqlarda parazitlik qiladi va baliqchilik xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
MDH da bu sinf vakillarini o‘rgangan olimlar V.A. Dogel va S.S. Shulmanlar hisoblanadi. Miksosporalilar shizogoniya, jinsiy jarayon, sporogoniya davrlari va nasllar gallanishining yo‘qligi bilan sporalilardan farq qiladi.
Shilimshiq sporalilardan Myxobolus pfeifferi turi baliqlaming har xil to‘qima va organlarida (jabralari, terisi, o‘t pufagi va muskullarida) parazitlik qiladi. Baliqlarning terisida shishlar paydo boiib, ko‘plab, ayniqsa, yosh aliqlar qirilib ketadi Miksosporalilaming oichami bir necha mikrondan 2 sm gacha boradi.
Rivojlanishi deyarli o‘z xo‘jayini - baliqlaming organizmida kechadi, ya’ni baliqlar parazit sporalarini yutib zararlanadi. Sporalari juda murakkab tuzilgan, ko‘p hujayrali boiib, qutbli kapsula va uning ichida spiral kabi o‘ralgan otiluvchi iplar joylashgan. Sporalar baliqlaming hazm organlariga o‘tganida ta’sirlanib, iplar kapsula ichidan tashqariga otilib chiqadi va xo‘jayin to‘qitnasiga sanchiladi. Shu yo‘l bilan sporalar organlar devoriga qattiq o‘mashib oladi va keyingi taraqqiyotini davom ettiradi. Bundan tashqari, spora ichida amyobasimon embrion, yadrolar va boshqa organellalar joylashgan.
Baliq ichiga kirgan sporalaming po‘sti shiralar ta’sirida yoriladi va uning ichidan chiqqan amyobasimon embrion ma’liim to‘qima yoki organga o‘rnashib, ko‘p yadroli, yirik vegetativ shaklga aylanadi. Keyinchalik ulardan sporalar yetiladi va tashqariga - suvga chiqadi. Boshqa baliqlar ham bu sporalami yutib zararlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |