6-MAVZU: YASSI CHUVALCHANGLAR OLAMI (4 soat )
Reja:
Trematodalar sinifining parazit vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari.
Tasmasimon chuvalchanglar sinfining parazit vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chikaradigan kasalliklari.
Sestodasimonlar sinfining parazit vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chikaradigan kasalliklari
1. Trematodalar sinifining parazit vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari.
Yassi chuvalchanglar dengiz va okeanlarning suv ostida hayot kechirishga o’tgan kovakichlilardan kelib chiqqan.
Yassi chuvalchanglar tipi uchun quyidagi belgilar eng xarakterlidir: 1) embrional taraqqiyotida ekto- , ento- va mezoderma qavatlarning rivojlanishi va shu tufayli tananing uch qavatga ega bo’lishi, 2) muskul, nerv, ayirish, jinsiy sistemalar, ko’pchiligida hazm organlarining rivojlanishi va murakkablashishi, 3) teri-muskul xaltaning paydo bo’lishi, 4) tana shaklining ikki tomonlama simmetriyaga o’tishi, 5) tana bo’shlig’ining bo’lmasligi.
Yassi chuvalchanglarning dastlabki vakillarini asosan erkin, yirtqich holda yashovchi kiprikli chuvalchanglar yoki turbellyariyalar tashkil qiladi.
Yassi chuvalchanglar tipi vakillari gavdasining uzunligi 0,3 mm dan 15-20 metrgacha va hatto ayrim ulkan turlari 30 metrgacha (kashalotlarning ichagida parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglardan - Polygonoporus giganticus) boradi. Bu tipga 15 mingga yaqin tur kiradi.
Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar o'rtasida dengiz va chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki tur-bellariyalar bilan bir qatorda turli hayvonlar va odamlarning har xil organlarida parazitlik qiluvchi juda ko'plab turlari mavjud.
Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar tuzilishi va biologiya-sida yashash sharoiti ta'sirida vujudga kelgan juda ko'p o'ziga xos xususiyatlari bor. Ularning ayrimlarining rivojlanish sikli ancha murakkab kechadi.
Yassi chuvalchanglar tipi o'z navbatida 9 ta sinfga bo'linadi, asosiylari quyida-gilar: 1. Kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. 2. So'rg'ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi. 3. Monogeniyalar (Monogenea) sinfi. 4. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. 5. Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfi.
Yassi chuvalchanglar tipidan faqat kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin holda dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ularning barchasi yirt-qichlar bo'lib, bir hujayrali hayvonlar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Qolgan sinflarining vakillari esa parazitlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |