Ishlab chiqarish liniyalari
Texnologik liniyalar barcha turdagi qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun premikslar ishlab chiqarishga imkon beradi. To‘ldiruvchini tayyorlash liniyasi uni qabul qilish, begona va metallomagnit aralashmalardan ajratish, quritish va maydalashga mo‘ljallangan. Metallomagnit aralashmalar elektromagnit separatorlarida yoki magnit kolonkalarda, begona aralashmalar esa elovchi mashinalarda ajratiladi.
To'ldiruvchining namligi 8 %dan oshganda quritishga yubo- riladi. Quritilgan to‘ldiruvchi teshik diametri 0 1,2 mm bo‘lgan elakda maydalanadi. Yog* bilan ishlov berilgan (kepak uchun 3 %, maydalangan don uchun 2 % va achitqi uchun 1 %) to‘ldiruvchi dozator osti bunkerlariga, so‘ng dastlabki aralashma tayyorlash liniyasiga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |