1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari


Texnikada metallar va qotishmalar



Download 357,5 Kb.
bet4/6
Sana26.06.2017
Hajmi357,5 Kb.
#16049
1   2   3   4   5   6

2. Texnikada metallar va qotishmalar.

Ikkita yoki undan ortiq metallardan, shuningdek, metallar bilan metallmaslardan tarkib topgan sistemalar qotishmalar deyiladi. Qotishmalarning xossalari turli-tuman va boshlang`ich komponentlarnikidan farq qiladi. Masalan, 40 % Cd (Tsuyuq 321 0C) va 60 % Bi (Tsuyuq 271 0C) tarkib topgan qotishma 144 0C da suyuqlanadi. Qotishmalarda kimyoviy bog`lanish metall bog`lanishdan iborat. Shuning uchun ularda metall yaltiroqligi, elektr o`tkazuvchanlik hamda metallarga xos boshqa xususiyatlar mavjud bo`ladi.

Qotishmalar metallarni suyuqlantirilgan holatda aralashtirish yo`li bilan olinadi, keyin ularni sovitilganda qotadi. Bunda quyidagi tipik hollar bo`lishi mumkin:



1. Suyuqlantirilgan metallar bir-biri bilan istalgan nisbatda aralashadi, bir-birida cheksiz eriydi. Bunday suyuqlanmalar sovitilganda qattiq eritmalar hosil bo`ladi. Ularning kristallarida ikkala metallning atomlari bo`ladi, shu sababli ular bir jinsli bo`ladi. Masalan: Ag–Cu, Cu–Ni, Ag–Au qotishmalari.

2. Suyuqlantirilgan metallar bir-biri bilan istalgan nisbatda aralashadi, lekin sovitilganda qattiq eritma hosil bo`lmaydi. Bunday qotishmalar qotganida har qaysi metallning mayda kristallaridan iborat massa olinadi. Bu xususiyat Pb–Sn, Bi–Cd, Ag–Pb qotishmalari uchun xosdir.



3. Suyuqlantirilgan metallar aralashtirilganda bir-biri bilan reaksiyaga kirishib, kimyoviy birikma–intermetallidlar hosil qiladi. Masalan, Cu bilan Zn (CuZn, CuZn3, Cu3Zn2), Ca bilan Sb (Ca3Sb2), Na bilan Pb (Na2Pb, Na2Pb5, Na4Pb5) va boshqa birikmalar hosil qiladi.

Qotishmalarni o`rganishga N. S. Kurnakov (1860-1941) katta hissa qo`shdi. U qotishmalarni tekshirishning fizik-kimyoviy analiz deyiladigan yangi usulini ishlab chiqdi. Bu usul yordamida ko`pchilik qotishmalarning tarkibi bilan xossalari orasidagi bog`liqlik aniqlandi, kislotabardosh, issiqbardosh, o`ta qattiq va boshqa xil qotishmalar olish imkoniyati yaratildi.



3. Metallar olishning asosiy usullari.

Metallar tabiatda erkin holatda (yombi metallar) va asosan kimyoviy birikmalar holida uchraydi. Faolligi kam metallar (Au, Pt) yombi holida, Ag, Cu, Hg, Sn yombi holida ham, birikmalar holida ham, qolgan barcha metallar-faqat birikmalar holida uchraydi.

Tarkibida metallar va ularning birikmalari bor, sanoatda metallar olish uchun yaroqli bo`lgan minerallar va tog` jinslari rudalar deyiladi. Metallarning eng muhim rudalari–oksidlari, tuzlari (sulfidlari, karbonatlari, sulfatlari va xloridlari) hisoblanadi. Agar ruda tarkibida ikkita va undan ko`p metallarning birikmalari bo`lsa, bunday rudalar polimetall rudalar deyiladi.

Metallurgiya–bu tabiiy xomashyodan sanoatda metallar olish usuli haqidagi fan. Metallurgiya sanoati ham metallurgiya deyiladi. Hozirgi kunda metallurgiyada 75 xildan ko`p metallar va qotishmalar olinadi. Metallar olishning usullariga qarab piro-, gidro- va elektrometallurgiyaga bo`linadi.

Pirometallurgiya rudalardan metallarni yuqori haroratlarda qaytarish reaksiyalari olish usullarini o`z ichiga oladi. Qaytaruvchilar sifatida ko`mir, uglerod (II)-oksidi, faol metallar (Al, Mg, Ca, Na), kremniy va vodorod ishlatiladi.

Cu2O + C = 2Cu + CO Cu2O + CO = 2Cu + CO2

2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2 2ZnO + C = 2Zn + CO2

Cr2O3 + 2Al = 2Cr + Al2O3 TiCl4 + 2Mg = Ti + 2MgCl2

MoO3 + 3H2 = Mo + 3H2O WO3 + 3H2 = W + 3H2O

Gidrometallurgiyaga metallarni tuzlarining eritmalaridan olish usullari kiradi. Bunda ruda tarkibiga kiradigan metall dastlab mos reagentlar yordamida eritmaga o`tkaziladi, so`ngra shu eritmadan ajratib olinadi.

CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O SrCO3 + 2HCl = SrCl2 + H2O + CO2

CuSO4 + Fe = Cu + FeSO4 SrCl2 + Ca = Sr + CaCl2

Elektrometallurgiyaga metallarni elektroliz yordamida olish usullari kiradi. Bu usul bilan asosan yengil metallar–Al, Na, K va boshqalar suyuqlantirilgan oksidlaridan yoki xloridlaridan olinadi.

Hozirgi kunda O`zbekistonda metallar ishlab chiqarish yaxshi yo`lga qo`yilgan. Bekobod metallurgiya kombinatida asosan qora metallar va ularning qotishmalari ishlab chiqariladi. Navoiy tog`-kon metallurgiya, Olmaliq tog`-kon metallurgiya, Chirchiq elektrokimyoviy kombinatlarida va boshqa kimyo sanoati korxonalarida asosan rangli metallar ishlab chiqariladi.



4. Metallarning korroziyalanishi va korroziyadan himoya qilish.

Metallarning korroziyalanishi deganda tevarak-atrofdagi muhit ta`sirida yemirilishi tushuniladi. Yemirilishning sodir bo`lish mexanizmiga ko`ra korroziya ikki xil–kimyoviy va elektrokimyoviy bo`ladi.

Metallning tevarak-atrofdagi muhitda oksidlanib yemirilishida sistemada elektr toki paydo bo`lmasa, bunday yemirilish kimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu holda metall muhitning tarkibiy qismlari–gazlar va noelektrolitlar bilan reaksiyaga kirishadi.

Metallning elektrolit muhitida yemirilishida sistema ichida elektr toki vujudga kelsa, bunday yemirilish elektrokimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu holda kimyoviy jarayonlar (elektronlar berish) bilan birga elektr jarayonlar (elektronlarning bir qismdan boshqa qismga o`tishi).

Anodda: Fe – 2e- = Fe2+ │2 │1

2H+ + 2e- = H2 │2 │1

Fe + 2H+ = Fe2+ + H2 yoki Fe + 2HCl = FeCl2 + H2

Katodda: O2 + 2H2O + 4e- = 4OH-

Yani katod sirtida kislorod molekulalari elektronlarni bog`laydi. Bu katodning kislorodli qutbsizlanishi deyiladi. Bu holda

Fe2+ + 2OH- = Fe(OH)2

4Fe(OH)2 + 2H2O + O2 = 4Fe(OH)3 temir zangi.

Fe2O3•nH2O– o`ng`ir zang.

Korroziyalanish natijasida metall buyumlar o`zining qimmatli texnikaviy xossalarini yo`qotadi. Metallarni korroziyadan himoya qilishning bir qancha usullari mavjud. Ular yordamida metallar korroziyadan himoya qilinadi.

a) metallar himoya sirt qoplamalari bilan qoplanadi. Ular metalldan (Zn, Sn, Cr va boshqa metallar bilan qoplash) va metallmasdan (lak, bo`yoq, emal va boshqa moddalar bilan qoplash) qilinishi mumkin.

b) antikorrozion xossalarga ega bo`lgan qotishmalar yaratish uchun po`lat tarkibiga 12 % ga qadar Cr kiritish yo`li bilan korroziyabardosh zanglamaydigan po`lat olinadi.

c) protektor himoya va elektr himoya: protektor himoya elektrolit muhitida (dengiz suvi, yerosti suvlari, tuproq suvlari) bo`ladigan konstruksiya (yerosti truboprovodi, kema korpusi) muhofaza qilinadigan hollarda qo`llaniladi. Uning mohiyati shundaki, konstruksiya protektor (himoyachi, homiy)-muhofaza qilinadigan konstruksiya metaliga qaraganda aktivroq metallga ulanadi. Protektor sifatida Mg, Al, Zn lardan foydalaniladi va ular anod bo`lib xizmat qiladi va yemiriladi, bu bilan konstruksiyani yemirilishdan saqlaydi.

Elektr himoya ham shu prinsipga asoslangan, lekin uning afzalligi bor: uning ta`sir radiusi 2000 m ga yaqin, protektor himoyaniki esa 50 m atrofida bo`ladi.

d) muhit tarkibini o`zgartirish: metall buyumlarning korroziyalanishini sekinlashtirish uchun elektrolitga korroziyani sekinlatuvchi moddalar yoki ingibitorlar deyiladigan organik moddalar qo`shiladi. Ular metallni kislota yemirishidan saqlash zarur bo`lgan hollarda qo`llaniladi. Hozirda uchuvchan ingibitorlar ishlab chiqildi. Ular qog`ozga shimdiriladi va metall buyumlar shu qog`oz bilan o`raladi. Ingibitorlarning bug`i metall sirtiga adsorbsilanadi va unda himoya pardasini hosil qiladi.



Takrorlash uchun savollar.

  1. Davriy jadvalning qaysi qismlarida metallar joylashgan?

  2. Metallar qanday fizikaviy xossalarga ega bo`ladi?

  3. Metallar qanday kimyoviy xossalarga ega bo`ladi?

  4. Qotishmalar deb nimaga aytiladi?

  5. Qotishmalar qanday usullar bilan tayyorlanadi?

  6. Tabiatda metallar qanday holatda uchraydi?

  7. Metallar sanoatda qanday usullar bilan olinadi?

  8. O`zbekistonning qaysi kimyoviy korxonalarida metallar olinadi?

  9. Kimyoviy korroziyalanish deb qanday korroziyalanish turiga aytiladi?

  10. Elektrokimyoviy korroziyalanish deb qanday korroziyalanish turiga aytiladi?

  11. Metallar qanday usullar bilan korroziyadan himoya qilinadi?

Mavzuga oid tayanch iboralar.

Metallarning plastikligi, yaltiroqligi, elektr va issiqlik o`tkazuvchanligi, suyuqlanish va qaynash haroratlari, zichligi, qattiqligi, intermetall birikmalar (intermetallidlar), qotishmalar, rudalar, piro-, gidro-, elektro- metallurgiyalar, kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalanish, himoya sirt qoplamalari, antikorrozion qotishmalar, protektor va elektr himoya, muhit tarkibini o`zgartirish.



Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O`qituvchi», 1996.

3. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Anorganik kimyo. 8-9-sinf darsliklari, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

7-Ma`ruza.

Mavzu: Bosh guruhchalarning metallari.

Reja:

1. Litiy guruhchasining umumiy tavsifi. Natriy va kaliy, o`yuvchi ishqorlar, natriy va kaliy tuzlari.

2. Berilliy guruhchasining umumiy tavsifi. Kalsiy, uning oksid, gidroksid va tuzlari.

3. Suvning qattiqligi va uni yo`qotish usullari.

4. Bor guruhchasining umumiy tavsifi. Alyuminiy, uning oksid va gidroksidlari, alyuminiy va uning qotishmalarining ishlatilishi.

Yangi darsning bayoni.

1. Litiy guruhchasining umumiy tavsifi.

Natriy va kaliy, o`yuvchi ishqorlar, natriy va kaliy tuzlari.

Litiy guruhchasini Li, Na, K, Rb, Cs va Fr elementlari tashkil etadi. Bular s-elementlardir. Atomlarining tashqi energetik pog`onasida bittadan elektron bo`ladi. Ular kimyoviy reaksiyaga kirishganida valent elektronlarini berib, +1 ga teng doimiy oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

7. 1-jadval. Litiy guruhchasi elementlarining xossalari.



Xossalari

Li

Na

K

Rb

Cs

Fr

1.

2.

3.


4.

5.
6.



Tartib raqami

Valent elektronlari

Atomining ionlanish energiyasi, eV

Nisbiy elektrmanfiyligi

Birikmalarida oksidlanish darajasi

Atom radiusi, nm



3

2s1

5,39
0,97
+1

0,155


11

3s1

5,14
1,01
+1

0,189


19

4s1

4,34
0,91
+1

0,236


37

5s1

4,18
0,89
+1

0,248


55

6s1

3,89
0,86
+1

0,268


87

7s1

3,83
0,86
+1

0,280


Bu elementlarning oddiy moddalari ishqoriy metallar deyiladi. Ular kuchli qaytaruvchilar va eng faol metallar bo`lib, deyarli barcha metallmaslar bilan bevosita birikadi. Ular kimyoviy birikmalarida ko`pincha ionli bog`lanishli bo`ladi.

Tartib raqami ortishi va ionlanish energiyasi kamayishi bilan elementlarning metallik xossalari kuchayib boradi. Davriy jadvalning har qaysi davri (1-davrdan tashqari) shu elementlar bilan boshlanadi.

Bu elementlar kislorod bilan R2O tipidagi oksidlar hosil qiladi. Bu oksidlar suv bilan birikib, ROH tipidagi asoslar hosil qiladi:

R2O + H2O = 2ROH

Ishqoriy metallar vodorod bilan RH tipidagi birikmalarni hosil qiladi, ular metallarning gidridlari deyiladi. Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi –1 bo`ladi.

Tabiatda uchrashi. Tabiatda ishqoriy metallar erkin holda uchramaydi. Natriy va kaliy turli xil birikmalar tarkibiga kiradi. Ulardan eng muhimi NaCl bo`lib, u toshtuz qatlamlarini hosil qiladi. Kaliyli tuzlarning eng katta zahiralari Rossiyada (Solikamsk tumanida), Belorussiyada (Soligorsk shahri yaqinida) joylashgan.

Natriy va kaliy ko`p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Yer po`stlog`ida natriyning miqdori 2,64 %, kaliyniki 2,60 % dir.



Olinishi. Natriy suyuqlantirilgan NaCl ni yoki NaOH ni elektroliz qilish yo`li bilan olinadi. NaCl suyuqlanmasi elektroliz qilinganda katodda Na, anodda esa–Cl ajralib chiqadi:

Katodda: Na+ + e- = Na

Anodda: 2Cl- -2e- = Cl2

NaOH suyuqlanmasi elektroliz qilinganda katodda Na, anodda esa-suv bilan kislorod ajralib chiqadi: Na+ + e- = Na

4OH- - 4e- = 2H2O + O2

Kaliy esa quyidagi usullar bilan olinadi:

a) suyuqlantirilgan KCl orqali 8000C da Na bug`lari o`tkaziladi, ajralib chiqadigan K bug`lari esa kondensatsiyalanadi.

KCl + Na ↔ NaCl + K

b) suyuqlantirilgan KOH bilan suyuq Na orasidagi reaksiya qarshi oqim bilan 440 0C da, Ni dan yasalgan reaksion kolonnada o`tkaziladi.

KOH + Na ↔ NaOH + K



Fizik-kimyoviy xossalari. Na va K–kumushsimon-oq metallardir, Na ning zichligi 0,97 g/sm3, K ning zichligi 0,86 g/sm3, juda yumshoq, pichoq bilan oson kesiladi.

Tabiiy Na 23Na izotopdan, K esa 39K (93,08 %) va 41K (6,91 %) hamda radioaktiv 40K (0,01 %) izotopdan tarkib topgan.

Havoda Na va K tez oksidlanadi, shuning uchun ular kerosin ostida saqlanadi. Ular ko`pchilik metallmaslar–galogenlar, S, P bilan oson reaksiyaga kirishadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda H2 bilan NaH, KH hosil qiladi. Gidridlar suv ta`sirida oson parchalanib, tegishli ishqor bilan vodorodni hosil qiladi: NaH + H2O = NaOH + H2

Na mo`l kislorodda yondirilganda Na2O2 hosil bo`ladi, u havodagi nam CO2 bilan reaksiyaga kirishib, kislorod ajratib chiqaradi:

2Na2O2 + 2CO2 = 2Na2CO3 + O2

O`yuvchi ishqorlar. Suvda yaxshi eriydigan asoslar o`yuvchi ishqorlar deyiladi. Ulardan eng muhimlari NaOH va KOH lardir. NaOH va KOH–oq, xira, qattiq kristall moddalar. Suvda yaxshi eriydi, bunda ko`p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Suvdagi eritmalarda deyarli to`liq dissotsilanadi va kuchli ishqorlar hisoblanadi.

NaOH ↔ Na+ + OH- NaOH + CO2 = NaHCO3

KOH ↔ K+ + OH- 2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O

Na va K tuzlari. Natriy barcha kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Ularning barchasi suvda yaxshi eriydi hamda ulardan eng muhimlari–NaCl, Na2CO3 va Na2SO4 hisoblanadi.

NaCl ovqatga solinadigan zarur modda, oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda, NaOH, Cl2, HCl, Na2CO3 olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.

Na2CO3 kristall soda, ichimlik soda, shisha, sovun, qog`oz ishlab chiqarishda va ro`zg`orda yuvish vositasi sifatida ishlatiladi.

Na2SO4 soda va shisha ishlab chiqarishda hamda Na2SO4•10H2O kristallgidrati tibbiyotda ichni yumshatuvchi sifatida ishlatiladi.

Natriy tuzlari (natriy ionlari) alangani sariq rangga kiritadi. Bu kimyoviy birikmalardagi Na ni aniqlashning eng seziluvchan usulidir.

Kaliyli tuzlardan asosan kaliyli o`g`itlar sifatida foydalaniladi. Kaliy tuzlari (kaliy ionlari) alangani gunafsha rangga kiritadi. Bu kimyoviy birikmalardagi K ni aniqlashning eng seziluvchan usulidir.



2. Berilliy guruhchasining umumiy tavsifi.

Kalsiy, uning oksid, gidroksid va tuzlari.

Berilliy guruhchasini Be, Mg, Ca, Sr, Ba va Ra elementlari tashkil etadi. Bular s-elementlardir. Atomlarining tashqi energetik pog`onasida ikkitadan elektron bo`ladi. Ular kimyoviy reaksiyaga kirishganida valent elektronlarini berib, +2 ga teng oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ular ham kuchli qaytaruvchilar hisoblanadi, lekin ular ishqoriy metallarga qaraganda kuchsizroqdir.

7. 2-jadval. Berilliy guruhchasi elementlarining xossalari.



Xossalari

Be

Mg

Ca

Sr

Ba

Ra

1.

2.

3.


4.

5.
6.



Tartib raqami

Valent elektronlari

Atomining ionlanish energiyasi, eV

Nisbiy elektrmanfiyligi

Birikmalarida oksidlanish darajasi

Atom radiusi, nm



4

2s2

27,53
1,47
+2

0,113


12

3s2

26,68
1,23
+2

0,160


20

4s2

17,98
1,04
+2

0,197


38

5s2

16,72
0,99
+2

0,215


56

6s2

15,21
0,97
+2

0,221


88

7s2

15,43
0,97
+2

0,235


Ca dan keyingi elementlarning oddiy moddalari ishqoriy-yer metallari deyiladi. Ular ham kimyoviy birikmalarida ko`pincha ionli bog`lanishli bo`ladi.

Tartib raqami ortishi va ionlanish energiyasi kamayishi bilan elementlarning elektronlar berishi osonlashadi, shuning uchun ularning metallik xossalari kuchayib boradi. Bu hodisa ishqoriy-yer metallarda yaqqol kuzatiladi.

Bu elementlar kislorod bilan RO tipidagi asosli oksidlar hosil qiladi, bu oksidlarga R(OH)2 tipidagi asoslar muvofiq keladi. Asoslarning eruvchanligiga va asos xususiyati Be dan Ra ga tomon ortib boradi. Be(OH)2–amfoter birikma.

Xossalari jihatidan Be bilan Mg boshqa metallardan birmuncha farq qiladi. Masalan, Be suv bialn reaksiyaga kirishmaydi, Mg faqat qizdirilganda, qolgan metallar esa odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishadi:

R + 2H2O = R(OH)2 + H2

Bu metallar vodorod bilan RH2 tipidagi birikmalarni hosil qiladi, ular ham metallarning gidridlari deyiladi. Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi –1 bo`ladi. Be guruhchasi elementlaridan eng katta ahamiyatga ega bo`lgani Ca dir.



Tabiatda uchrashi. Tabiatda Ca ning quyidagi birikmalari eng ko`p tarqalgan: kalsit minerali CaCO3 (ohaktosh, marmar, bo`r), gips CaSO4•2H2O, angidrit CaSO4, apatit va fosforitlar Ca3(PO4)2 tarkibida, tabiiy suvlarda va tuproqda bo`ladi. Ca ko`p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Yer po`stlog`ida kalsiyning miqdori 3,6 % ni tashkil etadi.

Olinishi. Sanoatda kalsiy suyuqlantirilgan tuzlar: 6 qism CaCl2 va 1 qism CaF2 aralashmasini elektroliz qilish yo`li bilan olinadi. CaF2 CaCl2 ning suyuqlanish haroratini pasaytirish uchun qo`shiladi, elektroliz ana shu haroratda olib boriladi.

Fizik-kimyoviy xossalari. Ca–kumushsimon-oq va qattiq metall, yengil, zichligi 1,55 g/sm3, suyuqlanish va qaynash haroratlari ishqoriy metallarnikidan yuqori.

Tabiiy Ca massa sonlari 40 (asosiy izotop), 42, 43, 44, 46 va 48 bo`lgan oltita izotopi aralashmasidan tarkib topgan.

Havoda Ca oksidlanadi, shuning uchun berk idishlarda, odatda kerosinda saqlanadi. Odatdagi sharoitda Ca galogenlar, S, N, va C bilan oson reaksiyaga kirishadi. Ca + Cl2 = CaCl2 3Ca + N2 = Ca3N2

Ca + S = CaS Ca + 2C = CaC2

Ca faol metall sifatida suvdan vodorodni siqib chiqaradi:

Ca + 2H2O = Ca(OH)2 + H2

Havoda qizdirilganda yonib, kalsiy oksid hosil qiladi:

2Ca + O2 = 2CaO



Ca oksid va gidroksid. Kalsiy oksid–CaO (so`ndirilmagan ohak, kuydirilgan ohak, ohak momig`i) oq rangli kukun. Sanoatda ohaktosh, bo`r yoki boshqa karbonatli jinslar kuydirilganda hosil bo`ladi:

CaCO3 ↔ CaO + CO2 ∆H0 = 178 kJ/mol

CaO suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, Ca(OH)2 hosil qiladi, bunda ko`p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Ca(OH)2 ning texnikadagi nomi so`ndirilgan ohak. Agar u kukun holida tayyorlangan bo`lsa, ohak kukuni deyiladi.

CaO + H2O = Ca(OH)2 ∆H0 = -65 kJ/mol

So`ndirilgan ohak, qum va suv aralashmasi binokorlik qorishmasi yoki ohakli qorishma deyiladi. U suvoq sifatida, devor terishda g`ishtlarni bir-biriga tishlatish uchun ishlatiladi. Ohakli qorishmaning qotishida bit vaqtning o`zida ikki xil jarayon sodir bo`ladi: 1) o`ta to`yingan eritmadan Ca(OH)2 kristallarining cho`kishi, bu kristallar qum zarrachalarini bir-biriga puxta bog`laydi; 2) ushbu reaksiya natijasida CaCO3 hosil bo`ladi:

Ca(OH)2 + CO2 (havodan) = CaCO3 + H2O

So`ndirilgan ohak–oq rangli qattiq modda, suvda kam eriydi (200C da 1 L suvda 1,5 g). So`ndirilgan ohakning suvdagi eritmasi ohakli suv deyiladi. U ishqoriy hossaga ega, ohakli suv orqali CO2 o`tkazilganda eritma loyqalanadi (a), yana o`tkazilganda esa loyqa yo`qoladi (b):

(a) Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3 + H2O (b) CaCO3 + H2O + CO2 = Ca(HCO3)2



Download 357,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish