1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari



Download 357,5 Kb.
bet3/6
Sana26.06.2017
Hajmi357,5 Kb.
#16049
1   2   3   4   5   6

Takrorlash uchun savollar.

1. Kislorod guruhchasi elementlari qanday umumiy xossalarni namoyon qiladi?

2. Kislorod qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?

3. Oltingugurt tabiatda qanday holda uchraydi va qanday xossalarga ega?

4. Vodorod sulfid qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?

5. Oltingugurt oksidlari qanday olinadi va qanday xossalarga ega?

6. Sulfit kislota qanday usul bilan olinadi?

7. Sulfat kislota qanday usul bilan ishlab chiqariladi?



Mavzuga oid tayanch iboralar.

Xalkogenlar, xalkovodorodlar, kislorod va ozon, oltingugurt guli, silfid kislota, sulfidlar va gidrosulfidlar, sulfit kislota, sulfitlar va gidrosulfitlar, sulfat kislota, sulfatlar va gidrosulfatlar, kontakt usulda sulfat kislota ishlab chiqarish, suyultirilgan kislota, konsentrlangan kislota.



Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996.

3. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Anorganik kimyo. 8-9-sinf darsliklari. Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

5-Ma`ruza.

Mavzu: Galogenlar. Nodir (inert) gazlar.

Reja.

1. Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari.

2. Xlor, olinishi, xossalari va ishlatilishi.

3. Vodorod xlorid va xlorid kislota.

4. Nodir gazlar va ularning umumiy xossalari.

Yangi darsning bayoni.

1. Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari.

Galogenlar guruhchasiga F, Cl, Br, J va At elementlari kiradi. Bu elementlar D. I. Mendeleyev davriy jadvalining VII guruhidagi p–elementlardir. Ular atomlarining tashqi elektron pog`onasida 7 tadan ns2np5 elektroni bo`ladi.

Ular kimyoviy reaksiyalarda bittadan elektronni oson biriktirib olib, -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ular vodorod va metallar bilan hosil qilgan birikmalarida shunday oksidlanish darajasiga ega bo`ladi. Lekin ftordan boshqa galogenlar atomlari +1, +3, +5, +7 ga teng oksidlanish darajalarini ham namoyon qiladi.

5. 1-jadval. Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari.



Xossalari

F

Cl

Br

J

At

1.

2.

3.


4.

5.

6.



Tartib raqami

Valent elektronlari

Atomining ionlanish energiyasi, eV

Nisbiy elektrmanfiyligi

Birikmalarida oksidlanish darajasi
Atom radiusi, nm


9

2s22p5

17,42
4,1

-1

0,064



17

3s23p5

12,97
2,83

-1,+1, +3,+5, +7

0,099


35

4s24p5

11,84
2,74

-1,+1, +3,+5, +7

0,114


53

5s25p5

10,45
2,21

-1,+1, +3,+5, +7

0,133


85

6s26p5

9,2
1,90

-1,+1, +3,+5, +7

-


9F +9)2)7 1s2,2s22p5 17Cl +17)2)8)7 1s2,2s22p6,3s23p5

Galogenlar vodorod bilan HR kabi vodorodli birikmalarni hosil qiladi, bu birikmalarning suvdagi eritmalari kislotalar hisoblanadi. Masalan: HF–vodorod ftorid yoki ftorid kislota, HCl–vodorod xlorid yoki xlorid kislota.

Galogenlarning reaksiyaga kirishish xususiyati F-Cl-Br-J qatorda kamayib boradi. Shu sababli oldingi element o`zidan keyingisini HG tipidagi kislotalardan va ularning tuzlaridan siqib chiqaradi. F2›Cl2›Br2›J2. Ularning tartib raqamlari ortishi bilan fizikaviy xossalari ma`lum qonuniyat asosida o`zgarib boradi: F–qiyin suyuqlanadigan gaz, Cl–oson suyuqlanadigan gaz, Br–suyuqlik, J–qattiq modda.

Ftor F zaharli och yashil gaz. Ftor suyuqlantirilgan birikmalarini elektroliz qilib olinadi. U kuchli oksidlovchi, hatto ayrim nodir gazlarni ham oksidlaydi:

2F2 + Xe = XeF4

Ftor polimer materiallar–ftoroplastlar sintez qilishda, raketa yoqilg`isi sifatida, uning ayrim birikmalaridan tibbiyotda ham foydalaniladi.

HF ning o`ziga xos muhim xususiyati–kremniy (IV) oksid bilan o`zaro ta`sirlasha olishidir: 4HF + SiO2 = SiF4 + 2H2O

HF shishani yemiradi, shu sababli parafin, kauchuk, polietilen yoki qo`rg`oshindan yasalgan idishlarda saqlanadi. HF metall quymalardan qumni yo`qotishda va shishaga ishlov berishda ishlatiladi.

Brom Br og`ir qizil–qo`ng`ir suyuqlik. Brom bug`lari zaharli bo`lib, teriga tushganida qattiq kuydiradi.

Yod J qora–gunafsha qattiq modda. Qizdirilganda gunafsha bug`lar hosil bo`ladi, ular sovitilganda yana kristallga aylanadi. Yodning sublimatlanishi amalga oshadi. Brom va yod suvda kam eriydi, bunda tegishlicha bromli yoki yodli suv hosil bo`ladi. Organik erituvchilarda–spirtda, benzolda, benzinda, xloroformda yaxshi eriydi. Brom va yod kuchli oksidlovchilar bo`lib, ularning bu xususiyatidan moddalarni turli xil analiz va sintez qilishda foydalaniladi.

Brom bilan yodning ko`p miqdorlari dori–darmon tayyorlashda ishlatiladi.



2. Xlor, olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Tabiatda uchrashi. Xlor tabiatda erkin holda faqat vulqon gazlaridagina uchraydi. Uning tabiiy birikmalari keng tarqalgan bo`lib, ulardan eng muhimlari NaCl natriy xlorid, KCl kaliy xlorid, MgCl2•6H2O magniy xlorid, NaCl•KCl silvinit, KCl•MgCl2•6H2O karnallit, MgSO4•KCl•3H2O kainitlar hisoblanadi.

Xlor birikmalari okean, dengiz va ko`llarning suvlarida, ozroq miqdorlarda esa o`simlik va hayvonlar organizmlarida bo`ladi. Xlor Yer po`stlog`i massasining 0,05 %ni tashkil etadi.



Olinishi. Laboratoriya sharoitida xlor xlorid kislotaga marganes (IV) oksid ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi. Reaksiya qizdirilganda boradi:

4HCl + MnO2 = Cl2 + MnCl2 + 2H2O

Oksidlovchi MnO2 o`rniga KMnO4 ishlatish ham mumkin. Bu holda reaksiya odatdagi haroratda, ya`ni qizdirilmasa ham boradi:

16HCl + 2KMnO4 Q 5Cl2 + 2MnCl2 + 2KCl + 8H2O

Sanoatda xlor NaCl ning konsentrlangan eritmasini elektroliz qilish yo`li bilan olinadi. Bunda xlor anodda ajralib chiqadi. Vodorod (katodda ajralib chiqadi) va NaOH (eritmada qoladi) ham hosil bo`ladi. Suyuqlantirilgan xlor (xona haroratida 600 kPa bosimda suyuqlikka aylanadi) po`lat ballonlarda saqlanadi va ishlatilish joyiga shu holda tashiladi.

Fizik–kimyoviy xossalari. Xlor–sarg`ish–yashil rangli o`tkir hidli gaz. Havodan 2,5 marta og`ir. 20 0C da 1 hajm suvda 2,3 hajm Cl eriydi. Uning suvdagi eritmasi xlorli suv deyiladi. Cl organik erituvchilarda yaxshi eriydi.

Xlor nafas yo`llarini yallig`lantiradi, ko`p miqdor xlor bilan nafas olib bo`g`ilish hatto o`limga olib kelishi mumkin. Tabiiy xlor tarkibida ikkita izotop: 35Cl (75,4 %) va 37Cl (24,6 %) bo`ladi. Xlor molekulasi ikki atomdan tarkib topgan bo`lib, atomlar o`zaro qutbli kovalent bog`lanish bilan birikkan: Cl2, Cl—Cl

Xlor metallar bilan o`zaro ta`sirlashganda kuchli oksidlovchilik xossalarini namoyon qiladi. Bunda metall atomlari elektronlarini beradi, xlor esa ularni biriktirib oladi. Masalan: Cu – 2e- = Cu2- │2│1

2Cl- + 2e- = Cl2 │2│1

Cu + Cl2 = CuCl2

Xlor ko`pchilik metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan:

2P + 3Cl2 = 2PCl3 2P + 5Cl2 = 2PCl5

Xlor vodorod bilan o`ziga xos reaksiyaga kirishadi. Qorong`ida xlor bilan vodorod aralashtirilsa reaksiyaga kirishmaydi. Lekin kuchli yoritilganda reaksiya juda tez, portlash bilan sodir bo`ladi: Cl2 + H2 = 2HCl

Xlor to`yingan uglevodorodlardagi vodorodning o`rnini oladi va to`yinmagan uglevodorodlarga birikadi:

CH4 + Cl2 = CH3Cl + HCl C2H4 + Cl2 = C2H4Cl2

Xlor brom bilan yodni vodorodli va metallar bilan hosil qilgan birikmalaridan siqib chiqaradi:

Cl2 + 2HBr = 2HCl + Br2 Cl2 + 2KBr = 2KCl + Br2

Xlor suv bilan reaksiyaga kirishib, ikkita kislota–xlorid (kuchli kislota) va gipoxlorit (kuchsiz kislota) kislotalar hosil qiladi. Reaksiya qaytar hisoblanadi:

Cl2 + H2O ↔ HCl + HClO yoki Cl2 + H2O ↔ H+ + OH- + HClO

HClO juda beqaror kislota. Qizdirilganda yoki yorug`likka qo`yilganda u HCl bilan O2 ga ajraladi: 2HClO = 2HCl + O2

Xlor kislorod, azot, ko`mir bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi (ularning birikmalari bilvosita yo`llar bilan olinadi). Namlik yo`g`ida xlor temir bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun xlor po`lat ballon va sisternalarda saqlanadi.



Ishlatilishi. Xlor ichimlik suvni zararsizlantirish (suvni xlorlash), gazlama va qog`oz massalarni oqartirish uchun ishlatiladi. Uning ko`p qismi xlorid kiislota, xlorli ohak, shuningdek, tarkibida xlor bo`ladigan turli xil kimyoviy birikmalar olish uchun sarflanadi.

3. Vodorod xlorid va xlorid kislota.

Vodorod xlorid HClo`tkir hidli rangsiz gaz. U bilan nafas olinganda nafas yo`llarini yallig`lantiradi va bo`g`adi. Havodan 1,3 marta og`ir. Nam havoda «tutuydi», ya`ni havodagi suv bug`lari bilan birikib, mayda tuman tomchilarini hosil qiladi. 0 0C da 1 hajm suvda 500 hajmga yaqin vodorod xlorid eriydi. Vodorod xloridning suvdagi eritmasi xlorid kislota deyiladi.

Laboratoriyada HCl NaCl ni konsentrlangan H2SO4 bilan o`zaro ta`sir ettirib yoki vodorodni xlorda yondirish yo`li bilan olinadi:

NaCl + H2SO4 = HCl↑ + NaHSO4 H2 + Cl2 = 2HCl

Sanoatda ham xuddi shu usullar bilan olinadi. NaCl bilan konsentrlangan H2SO4 orasidagi o`zaro ta`sir reaksiyasiga asoslangan usul sulfatli usul, vodorodning xlorda yonish reaksiyasiga asoslangan usul sintetik usul deyiladi.

Ikkala holda ham olingan gaz maxsus yuttirish minoralarida suvga yuttiriladi. Gaz ancha to`liq erishi uchun gaz bilan suv bir-biriga qarama-qarshi harakat qiladi (gaz pastdan yuqoriga, suv yuqoridan pastga) va xlorid kislota hosil bo`ladi.

Xlorid kislota–rangsiz suyuqlik. Konsentrlangani tarkibida 37 % gacha HCl bo`ladi va nam havoda «tutaydi». U kuchli kislota bo`lgani uchun kislotalarning barcha xossalariga ega bo`ladi. Ko`pchilik metallar, asosli oksidlar, asoslar va ba`zi tuzlar hamda gazlar bilan reaksiyaga kirishadi.

Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2↑ Fe + 2HCl = FeCl2 + H2

CuO + 2HCl = CuCl2 + H2O Al(OH)3 + 3HCl = AlCl3 + 3H2O

AgNO3 + HCl = AgCl↓ + HNO3 NH3 + HCl = NH4Cl

Xlorid kislota gummirlangan, ya`ni ichki yuzasiga kislotabardosh rezina qoplangan sisterna va bochkalarda, shuningdek, shisha va polietilen idishlarda saqlanadi va tashiladi.

Vodorod xlorid NaCl, KCl, AgCl, ZnCl2, BaCl2, CaCl2, HgCl2, AlCl3 kabi tuzlarni olishda, metallarni dorilashda, oziq-ovqat sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi. Undan barcha kimyo laboratoriyalarida reagent sifatida foydalaniladi.

NaCl–(toshtuz, osh tuzi, galit) ovqatga solinadi, NaOH, Cl2, HCl, Na2CO3 olishda xomashyo sifatida hamda oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda ishlatiladi.

KCl–kaliy xlorid, qimmatli kaliyli mineral o`g`it.

AgCl–kumush xlorid, kam eiydigan tuz, fotografiyada foydalaniladi.

ZnCl2–rux xlorid, yog`ochni chirishdan saqlash maqsadida unga shimdirish uchun, kavsharlashda metall sirtini ho`llashda ishlatiladi.

BaCl2–bariy xlorid, zaharli modda, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.

CaCl2–kalsiy xlorid, gazlarni quritishda va tibbiyotda keng ko`lamda ishlatiladi.

HgCl2–simob xlorid, sulema, kuchli zahar, dezinfeksiyalovchi vosita sifatida, urug`larni dorilashda, terini oshlashda va organik sintezda foydalaniladi.

AlCl3–alyuminiy xlorid ko`pincha organik sintezlarda katalizator sifatida foydalaniladi.



4. Nodir gazlar va ularning umumiy xossalari.

Nodir (inert) gazlar deb D. I. Mendeleyev davriy jadvali VIII guruh asosiy guruhchasi elementlariga aytiladi. Ularga He, Ne, Ar, Kr, Xe va Rn elementlari kiradi. Ular atomlarining tashqi pog`onasida 8 tadan ns2np6 (geliyda 2 ta) elektron bo`ladi. Ilgari bunday atomlar elektronlarini bermaydi, elektronlar biriktirib ham olmaydi hamda umumiy elektronlar jufti ham hosil qilmaydi, deb hisoblanar edi. Lekin 1962–yilda nodir gazning birinchi kimyoviy birikmasi–ksenon tetraftorid XeF4 olindi, shundan keyin nodir gazlar kimyosi jadal sur`atlar bilan rivojlana boshladi. Ayniqsa Xe kimyosi ma`lumotlarga boy, Xe birikmalari xossalari jihatidan J ning tegishli birikmalariga o`xshaydi.

Xe F bilan o`zaro ta`sir ettirilganda tajriba sharoitlariga qarab XeF2, XeF4 yoki XeF6 olinadi. Odatdagi haroratda bularning hammasi–oq rangli qattiq moddalar. Kimyoviy jihatdan eng faoli XeF6 bo`lib, u qumtuproq bilan oson reaksiyaga kirishadi: 2XeF6 + SiO2 = 2XeOF4 + SiF4

Bunda hosil bo`ladigan ksenon oksitetraftorid XeOF4 odatdagi haroratda–uchuvchan rangsiz suyuqlik.

Ksenon ftoridlarning hammasi suv bilan o`zaro ta`sirlashadi. Bunda diftorid va tetraftorid bilan bo`ladigan reaksiyalarda ksenon, kislorod va vodorod ftorid hosil bo`ladi: 2XeF2 + 2H2O = 2Xe + O2 + 4HF XeF4 + 2H2O = Xe + O2 + 4HF

Lekin geksaftorid suv bilan reaksiyaga kirishganda yangi birikma–ksenon (VI) oksid hosil bo`ladi: XeF6 + 3H2O = XeO3 + 6HF

Ksenon (VI) oksid XeO3–rangsiz kristall modda, qattiq holatida ancha portlovchan bo`ladi (portlash kuchi jihatidan u trinitrotoluoldan qolishmaydi), eritmada esa barqaror va xavfsizdir.

Ksenon ftoridlari kuchli oksidlovchilar. Ular vodorod bilan o`zaro ta`sur ettirilganda ksenonga qadar qaytariladi. Bundan toza ksenon olishda foydalaniladi.

XeF6 + 3H2 = Xe + 6HF ; XeF6 + 6KJ = Xe + 3J2 + 6KF

Ksenon ftoridlaridan keyin radon ftoridini olishga muvaffaq bo`lindi. Lekin radon juda radioaktiv bo`lgani uchun bu birikma kam o`rganilgan. Kripton ftoridlari KrF2 va KrF4 ham olingan, lekin ular ksenon birikmalariga qaraganda beqarorroqdir. Geliy, neon, argonlarning birikmalari olinmagan.

Kislorodli birikmalardan XeO3 dan tashqari XeO4 va ularga muvofiq keluvchi kislotalar H6XeO6 va H4XeO4 ham oligan. Bu kislotalar beqaror bo`lgani bilan ularning tuzlari–ksenatlar (masalan, Na4XeO6, Ba3XeO6) va perksenatlar (masalan, Na6XeO6, Ba2XeO6)–xona haroratida ancha barqaror kristall moddalardir. Kripton kislotaning tuzlari–bariy kriptat BaKrO4 ham olingan.

Nodir gazlarning ion bog`lanishli birikmalari ham ma`lum. Nodir gazlarning atomlaridan elektronlarni tortib olish uchun ftorga nisbatan ham kuchli oksidlovchi bo`lgan platina geksaftorid–to`q qizil rangli gazdan foydalanildi. Hamda nodir gazlarning ion bog`lanishli birikmalarini olishga muvaffaq bo`lindi. Ksenonning platina geksaftord bilan reaksiyasini shunday ifodalash mumkin:

Xe + PtF6 = Xe+[PtF6]-

Hosil bo`lgan ksenon geksaftorplatinat–ion kristall panjarali, to`q sariq rangli qattiq modda.

Takrorlash uchun savollar.

1. Ft, Br, J qanday xossalarga ega va qanday maqsadlarda ishlatiladi?

2. Xlor qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?

3. Vodorod xlorid qanday olinadi va qanday xossalarga ega?

4. HCl tuzlaridan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

5. Nodir gazlarning qanday kimyoviy birikmalari olingan?



Mavzuga oid tayanch iboralar.

Galogenlar, xlorli suv, sulfatli usul, sintetik usul, sublimatlanish, xlorid kislota, xloridlar, bromli suv, yodli suv, gipoxlorit kislota, nodir gazlar, ksenon ftoridlari, ksenat kislota, perksenat kislota, kripton kislota.



Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996.

3. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Anorganik kimyo. 8-9-sinf darsliklari. Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

6-Ma`ruza.

Mavzu: Metallar.

Reja:


  1. Metallar, ularning davriy jadvaldagi o`rni, fizikaviy va kimyoviy xossalari.

2. Texnikada metallar va qotishmalar.

3. Metallar olishning asosiy usullari.

4. Metallarning korroziyalanishi va korroziyadan himoya qilish.

Yangi darsning bayoni.

1. Metallar, ularning davriy jadvaldagi o`rni, fizikaviy va kimyoviy xossalari.

Agar D. I. Mendeleyevning elementlar davriy jadvalida Be dan At ga tomon diagonal o`tkazilsa, u holda diagonalning yuqori o`ng tomonida metallmaslar (yonaki guruhchalar bundan mustasno), diagonalning pastki chap tomonida metallar (yonaki guruhchalar ham shularga taalluqli), diagonal atrofida amfoter (ikki xossali) elementlar joylashgandir.

Be

Metallmaslar


Metallar

At

Elementlarning oilalarga bo`linishiga asoslanib shunday xulosaga kelish mumkin: metall elementlarga I va II guruhlarning s–elementlari, barcha d– va f– elementlar, shuningdek, bosh guruhlarning ayrim p–elementlari, masalan, III (B dan tashqari hammasi), IV (Ge, Sn, Pb), V (Sb, Bi) va VI (Po) kiradi. Shunday qilib, 109 elementdan 88 tasi metallardir.



Metallar quyidagi fizikaviy xossalarga ega bo`ladi: plastiklik xossasi–Au, Ag, Cu, Sn, Pb, Zn, Fe qatorida kamayib boradi. Masalan, Au ni 0,003 mm qalinlikdagi listlar holida yoyish mumkin, bundan turli buyumlar sirtiga oltin qoplashda foydalaniladi.

Metallik yaltirog`i, odatda kulrang tus va shaffof emaslik barcha metallar uchun xos xususiyatdir, bu erkin elektronlar borligi bilan bog`liq.

Metallarning elektr va issiqlik o`tkazuvchanligi ularda erkin elektronlar borligi bilan tushuntiriladi; bu elektronlar ozgina potensiallar ayirmasi ta`sirida ham manfiy qutbdan musbat qutbga tomon harakat qiladi.

Metallarning zichligi turlicha, yani metall elementning atom og`irligi qancha kichik va atom radiusi qancha katta bo`lsa, uning zichligi shuncha kam bo`ladi. Eng yengil metall–Li (ρ═0,53 g/sm3), eng og`ir metall–Os (ρ═22,6 g/sm3). Zichligi 5 g/sm3 dan kichik metallar yengil metallar, kattalari og`ir metallar deyiladi.

Metallarning suyuqlanish va qaynash haroratlari ham turlicha bo`ladi. 10000C dan yuqori haroratda suyuqlanadigan metallar qiyin suyuqlanadigan, bundan past haroratda suyuqlanadigan metallar oson suyuqlanadigan metallar deyiladi. Hg ning Tsuyuqlanish = -38,9 0C, Cs ning Tsuyuqlanish = 29 0C, Ga ning Tsuyuqlanish = 29,8 0C, W ning Tsuyuqlanish = 3390 0C.

Metallarning qattiqligi bir-biridan farq qiladi. Eng qatiq metall – Cr (shishani qirqadi), eng yumshoqlari–K, Rb, Cs. Ularni pichoq bilan oson kesish mumkin.

Metallar kristall tuzilishli bo`ladi. Ularning ko`pchiligi kubsimon panjara hosil qilib kristallanadi.

Metallar quyidagi kimyoviy xossalarni namoyon qiladi: metallarning atomlari valent elektronlarini ancha oson beradi va musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. Shuning uchun metallar qaytaruvchilar hisoblanadi.

Metallar oddiy moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Metallarning galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari galogenidlar, oltingugurtli birikmalari–sulfidlar, azotli birikmalari–nitridlar, fosforli birikmalari–fosfidlar, uglerodli birikmalari–karbidlar, kremniyli birikmalari–silitsidlar, vodorodli birikmalari–gidridlar deyiladi.

Metallarning kislotalar bilan o`zaro ta`siri oksidlanish-qaytarilish jarayonidir. Bunda vodorod ioni oksidlovchi bo`lib, metalldan elektronni biriktirib oladi: Ca – 2e- = Ca2+│2 │1

2H+ + 2e- = H2 │2 │1

Ca + 2H+ = Ca2+ + H2

Metallar aktivligi kamroq metallar tuzlarining suvdagi eritmalari bilan o`zaro ta`sirlashadi: Ni + CuSO4 = NiSO4 + Cu

Ni – 2e- = Ni2+ │2 │1

Cu2+ + 2e- = Cu │2 │1

Aktiv metallar suv bilan reaksiyaga kirishadi, bunda suv oksidlovchi bo`ladi. Masalan: 2Na + 2H2O = 2Na+ + 2OH- + H2

Na – e- = Na+ │1│2

2H2O + 2e- = H2 + 2OH- 2│1

Gidroksidlari amfoter bo`lgan metallar, odatda, kislotalarning eritmalari bilan ham, ishqorlarning eritmalari bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan:

Be + 2HCl = BeCl2 + H2

Be + 2NaOH + 2H2O = Na2[Be(OH)4] + H2

Metallar bir-biri bilan ham kimyoviy birikmalar hosil qilishi mumkin. Ularning umumiy nomi–intermetall birikmalar yoki intermetallidlar. Bularga ba`zi metallarning surma bilan hosil qilgan birikmalari misol bo`la oladi: Na2Sb, Ca3Sb2, NiSb, Ni4Sb3, FeSbLi (x = 0,72-0,92).



Download 357,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish