1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari



Download 357,5 Kb.
bet5/6
Sana26.06.2017
Hajmi357,5 Kb.
#16049
1   2   3   4   5   6

Ca tuzlari. Calsiy barcha kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Ularning barchasi suvda yaxshi eriydi hamda ulardan eng muhimlari–CaCO3 va CaSO4 hisoblanadi.

CaCO3 eng ko`p uchraydigan foydali qazilmalar qatoriga kiradi. Binokorlik toshi sifatida, shuningdek, ohak, CO2 va sement ishlab chiqarishda, metallurgiyada, qishloq xo`jaligida tuproqlarni ohaklash (kislotaliligini kamaytirish va tuproq strukturasini yaxshilash maqsadida) ishlatiladi.

CaSO4•2H2O ko`p uchraydi. Gipsni 150-1800C da kuydirish orqali oq kukun–kuydirilgan gips yoki alebastr CaSO4•0,5H2O olinadi. Agar alebastr suvga qorilsa, u tez orada qotib, yana qaytadan gipsga aylanadi:

CaSO4•0,5H2O + 1,5H2O = CaSO4•2H2O

Gips ana shu xossasi tufayli binokorlikda to`siq plita va panellar tayyorlash, turli xil buyumlardan quyma shakl va nusxalar olishda, tibbiyotda gipsli bog`lam, suvoqchilikda ohak-gipsli qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Bu binokorlik mahsulotining kamchiligi suvda oz bo`lsa-da, erishidir.

3. Suvning qattiqligi va uni yo`qotish usullari.

Tabiatda toza suv uchramaydi: uning tarkibida doimo biror moddalar aralashgan bo`ladi. Jumladan, suv yer qobig`idagi tuzlar bilan o`zaro ta`sirlashib, muayyan qattiqlikka ega bo`lib qoladi.



Suvning qattiqligi–suvda kalsiy kationlari Ca2+ va magniy kationlari Mg2+ borligidan kelib chiqadigan xossalari to`plamidir.

Agar suvda bu kationlarning konsentratsiyasi yuqori bo`lsa, u holda suv qattiq, agar kam bo`lsa–suv yumshoq deyiladi.

Kalsiy kationlari Ca2+ kalsiyli qattiqlikni, magniy kationlari Mg2+ magniyli qattiqlikni keltirib chiqaradi. Umumiy qattiqlik kalsiy va magniyli qattiqliklardan, ya`ni suvdagi Ca2+ va Mg2+ kationlarining konsentratsiyalari yig`indisidan hosil bo`ladi.

Suvni yumshatish jarayonlariga nisbatan olganda karbonatli va karbonatsiz qattiqliklar bo`ladi. Ca2+ va Mg2+ kationlarining suvdagi gidrokarbonat ionlari HCO3- ga ekvivalent bo`lgan qismi keltirib chiqargan qattiqlik karbonatli qattiqlik yoki muvaqqat qattiqlik deyiladi. Qaynatilganda Ca2+ CaCO3 holida cho`kmaga tushadi:

Ca2+ + 2HCO3- = CaCO3↓ + H2O + CO2

Mg2+ esa gidroksikarbonat yoki Mg(OH)2 (pH>10,3 bo`lganda) holida cho`kmaga tushadi:

Mg2+ + 2HCO3- + 2OH- = (MgOH)2CO3↓ + H2O + CO2

Qattiqlikning suv qaynatilgandan keyin ham qoladigan qismi karbonatsiz qattiqlik deyiladi. U suvda kuchli kislotalarning, asosan sulfatlar va xloridlarning kalsiyli va magniyli tuzlarining miqdori bilan aniqlanadi.

K = Ca2+/20,04 + Mg2+/12,16

Bunda [Ca2+] va [Mg2+] - Ca2+ va Mg2+ ionlarining konsentratsiyasi, mg/l.

Odatda suvning qattiqligini yo`qotish uchun suvga turli xil kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Masalan, karbonatli qattiqlikni so`ndirilgan ohak qo`shish yo`li bilan yo`qotish mumkin:

Ca2+ + 2HCO3- + Ca2+ + 2OH- = 2CaCO3↓ + 2H2O

Mg2+ + 2HCO3- + 2Ca2+ + 4OH- = Mg(OH)2↓ + 2CaCO3↓ + 2H2O

Ohak bilan soda bir vaqtning o`zida qo`shilganda karbonatli va karbonatsiz qattiqlikdan xalos bo`lish mumkin (ohak-sodali usul). Bunda karbonatli qattiqlikni ohak, karbonatsiz qattiqlikni soda yo`qotadi:

Ca2+ + CO3- = CaCO3↓; Mg2+ + CO3- = MgCO3

MgCO3 + Ca2+ + 2OH- = Mg(OH)2 + CaCO3

Suvning qattiqligini yo`qotishning boshqa usullari ham qo`llaniladi, ulardan hozirgi vaqtda eng ko`p foydalaniladigani kationitlar ishlatishga asoslangan (kationitli usul). Tarkibida tashqi muhit ionlariga almashina oladigan harakatchan ionlar bor qattiq moddalar ionitlar deyiladi.

Ionitlar ikki guruhga bo`linadi. Ulardan biri o`z kationlarini muhit kationlariga almashtiradi va kationitlar deyiladi, boshqalari o`zining anionlarini almashtiradi va anionitlar deyiladi.

Ca2+ + Na2R = 2Na+ + CaR; Mg2+ + Na2R = 2Na+ + MgR

CaR + 2Na+ = Na2R + Ca2+; MgR + 2Na+ = Na2R + Mg2+



4. Bor guruhchasining umumiy tavsifi.

Alyuminiy, uning oksid va gidroksidlari,

alyuminiy va uning qotishmalarining ishlatilishi.

Bor guruhchasini B, Al, Ga, In va Ta elementlari tashkil etadi. Bular p-elementlardir. Atomlarining tashqi energetik pog`onasida uchtadan elektron bo`ladi. Ular kimyoviy reaksiyaga kirishganida valent elektronlarini berib, +3 ga teng (bor –3 ham) oksidlanish darajasini namoyon qiladi, talliy uchun +1 oksidlanish darajasi eng barqarordir.

7. 3-jadval. Bor guruhchasi elementlarining xossalari.



Xossalari

B

Al

Ga

In

Ta

1.

2.

3.


4.

5.
6.



Tartib raqami

Valent elektronlari

Atomining ionlanish energiyasi, eV

Nisbiy elektrmanfiyligi

Birikmalarida oksidlanish darajasi

Atom radiusi, nm



5

2s22p1

71,35
2,01

+3, -3
0,091



13

3s23p1

53,20
1,47

+3
0,143



31

4s24p1

57,20
1,82

+3
0,139



49

5s25p1

52,69
1,49

+3
0,116



81

6s26p1

56,31
1,44

+1, +3
0,171



Bor guruhchasidagi elementlarda metallik xossalar berilliy guruhchasining elementlariga qaraganda ancha kuchsiz ifodalangan. Masalan, davrda berilliy bilan uglerod orasida joylashgan bor elementi metallmas elementlar qatoriga kiradi. Uning ionlanish energiyasi eng katta. Guruhcha ichida yadro zaryadi kattalashishi bilan atomlarning ionlanish energiyasi kamayadi va elementlarning metallik xossalari kuchayib boradi. Alyuniniy metall, lekin uning gidroksidi amfoter xossalarga ega. Talliyda metallik xossalar ancha kuchli ifodalangan.

Bu elementlar kislorod bilan R2O3 tipidagi oksidlar hosil qiladi, bu oksidlarga R(OH)3 tipidagi asoslar muvofiq keladi. Ularning bordan boshqa hammasi suvdagi eritmalarida gidratlangan ionlar R3+ holida bo`lishi mumkin. Bor–kislota hosil qiluvchi element. B guruhchasi elementlaridan eng katta ahamiyatga ega bo`lgani Al dir.



Tabiatda uchrashi. Tabiatda Al ning quyidagi birikmalari eng ko`p tarqalgan: alyumosilikatlar, boksitlar, korund va kriolit. Alyumosilikatlar yer po`stlog`ining asosiy massasini tashkil etadi. Gil–Al2O3•2SiO2•2H2O, nefelin–(Na, K)2[Al2Si2O8] muhim alyuminiyli rudalar hisoblanadi. Nefelinning yirik qatlamlari Rossiyada (Kola yarimoroli va Krasnoyarsk o`lkasida) uchraydi.

Boksitlar–tarkibida 30-60 % Al2O3 hamda 70-40 % temir oksidlari bo`ladi. Boksitning asosiy konlari Rossiyada (Boshqirdiston, Sibir), Qozog`istonda uchraydi.

Korund–Al2O3 tarkibli mineral, juda qattiq, abraziv material sifatida ishlatiladi.

Kriolit–AlF3•3NaF yoki Na3AlF6 tarkibli mineral. Hozirgi vaqtda sun`iy yo`l bilan tayyorlanadi, alyuminiy metallurgiyasida ishlatiladi.

Al ko`p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Yer po`stlog`ida alyuminiyning miqdori 8,8 % ni tashkil etadi.

Olinishi. Sanoatda alyuminiy alyuminiy oksidning suyuqlantirilgan kriolit Na3AlF6 dagi eritmasiga CaF2 qo`shib elektroliz qilish yo`li bilan olinadi. Bunda toza xomashyo ishlatiladi, chunki qo`shimchalar elektroliz vaqtida qaytariladi va alyuminiyni ifloslantiradi.

2Al3+ + 6e- = 2Al 3O2- - 6e- = 3/2O2



Fizik-kimyoviy xossalari. Al–kumushsimon-oq metall, yengil, lekin mexanik jihatdan mustahkam, zichligi 2,7 g/sm3, suyuqlanish harorati 6600C. Elektr va issiqlikni yaxshi o`tkazadi. Unga ishlov berish: zarqog`oz holida yoyish, ingichka sim qilib tortib quyish oson. Osonlik bilan qotishmalar hosil qiladi. Al 6000C da mo`rt bo`lib qoladi va uni donalar holida yoki kukun qilib tuyish mumkin.

Tabiiy Al bitta izotop 27Al (100 %) dan tarkib topgan.

Odatdagi sharoitda Al O2 bilan oson birikadi. Bunda uning sirti oksid parda bilan qoplanadi, bu parda metallni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Shu parda borligi sababli Al namlik va havo ta`sirida yemirilmaydi.

Agar oksid parda buzilsa, u holda Al suv bilan reaksiyaga kirishadi:

2Al + 6H2O ═ 2Al(OH)3 + 3H2

Ko`pchilik metallardan farq qilib, Al ga ishqorlarning eritmalari juda kuchli ta`sir etadi. Masalan:

2Al + 2NaOH + 10H2O ═ 2Na[Al(OH)4(H2O)2] + 3H2

Qizdirilganda Al galogenlar bilan, yuqori haroratda S, N, va C bilan reaksiyaga kirishadi. 2Al + 3Cl2 = 2AlCl3 2Al + N2 = 2AlN

2Al + 3S = Al2S3 4Al + 3C = Al4C3

Al oksid va gidroksid. Alyuminiy oksid (giltuproq) Al2O3 oq rangli, ancha qiyin suyuqlanuvchan, juda qattiq modda. Al2O3 ning kristallari ko`k rangli bo`lsa-sapfir, gunafsha rangli-ametist, qizil rangli-yoqut deyiladi.

Laboratoriyada Al2O3 Al ni O2 da yondirish yoki Al(OH)3 ni qizdirish yo`li bilan olinadi: 4Al + 3O2 ═ 2Al2O3 2Al(OH)3 ═ Al2O3 + 3H2O

Al2O3 suvda erimaydi va u bilan reaksiyaga kirishmaydi. U amfoter kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi:


  1. Al2O3 + 6HCl ═ 2AlCl3 + 3H2O b) Al2O3 + 2NaOH ═ 2NaAlO2 + H2O

c) Al2O3 + 2NaOH ═ 2Na[Al(OH)4(H2O)2]

Alyuminiy gidroksid Al(OH)3 oq qattiq modda, suvda amalda erimaydi. Bilvosita yo`l bilan–alyuminiy tuzlariga ishqorlarning eritmalarini ta`sir ettirib olinadi:

AlCl3 + 3NaOH ═ Al(OH)3↓ + 3NaCl

Al(OH)3 haqiqiy amfoter gidroksid. Kislotalar bilan o`zaro ta`sirlashganda tarkibida Al3+ bor tuzlar hosil qiladi; ishqorlarning eritmalari bilan o`zaro ta`sirlashganda alyuminatlar, ya`ni alyuminiy anion tarkibiga kiradigan tuzlar hosil qiladi. Masalan:

Al(OH)3 + 3H+ ═ Al3+ + 3H2O

Al(OH)3 + OH- + 2H2O ═ [Al(OH)4(H2O)2]-



Al va uning qotishmalarining ishlatilishi. Al va uning qotishmalari asosan aviatsiya sanoatida, mashinasozlikda, kabellar va simlar tayyorlashda, idish-tovoqlar tayyorlashda, kumushsimon bo`yoq tayyorlashda, metallurgiya sanoatida (alyuminotermiya usuli) metallar olishda ishlatiladi.

Al kukuni bilan teemir kuyundisining (FeO•Fe2O3) ekvivalent miqdorlari aralashmasi termit deyiladi.

3Fe3O4 + 8Al ═ 4Al2O3 + 9Fe; ∆H0 ═ -3300 kJ.

Termitdan po`lat buyumlarni payvandlashda foydalaniladi.



Takrorlash uchun savollar.

  1. Litiy guruhchasiga qaysi elementlar kiradi, ularni sanab bering?

  2. Na va K qanday usullar bilan olinadi, ular qanday xossalarga ega?

  3. Na va K ning asosiy birikmalari va tuzlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  4. Berilliy guruhchasiga qaysi elementlar kiradi, ularni sanab bering?

  5. Ca qanday usullar bilan olinadi va u qanday xossalarga ega?

  6. Ca ning asosiy birikmalari va tuzlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  7. Bor guruhchasiga qaysi elementlar kiradi, ularni sanab bering?

  8. Al qanday usullar bilan olinadi va u qanday xossalarga ega?

  9. Al ning asosiy birikmalari va tuzlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

Mavzuga oid tayanch iboralar.

Ishqoriy metallar, ishqoriy-yer metallari, suvning qattiqligi, kalsiyli-, magniyli-, umumiy-, karbonatli-, karbonatsiz- qattiqliklar, kationitlar, anionitlar.



Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O`qituvchi», 1996.

3. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Anorganik kimyo. 8-9-sinf darsliklari, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

8-Ma`ruza.

Mavzu: Yonaki guruhchalar metallari.

Reja.

1. Yonaki guruhchalar metallarining umumiy xossalari.

2. Xrom, olinishi, xossalari, oksidlari, gidroksidlari va tuzlari.

3. Temir, olinishi, xossalari, oksidlari, gidroksidlari va tuzlari.

4. Cho`yan va po`lat ishlab chiqarish.

Yangi darsning bayoni.

1. Yonaki guruhchalar metallarining umumiy xossalari.

Yonaki guruhchalar elementlariga D. I. Mendeleyev davriy jadvalidagi barcha d– va f– elementlar kiradi. Davriy jadvalda bunday guruhchalar 12 ta bo`lib, bu elementlardan f– elementlar (lantanoidlar va aktinoidlar) davriy jadvalda alohida oilalarga ajratilgan. Qolganlari esa quyidagilar hisoblanadi: mis, rux, skandiy, titan, vanadiy, xrom, marganes, temir, kobalt va nikel guruhchalari.

Bu elementlarning tashqi elektron pog`onasida 1 tadan yoki 2 tadan elektron bo`ladi. Ular kimyoviy birikmalarida +1, +2, +3, +4, +5, +6, +7 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Lekin ularning +1, +2, +3, +5, +7 oksidlanish darajalarini namoyon qilgan birikmalari barqaror birikmalardir.

Bu elementlar kislorod bilan R2O, RO, R2O3, RO2, R2O5, RO3, R2O7 tipidagi oksidlarni hosil qiladi. Bu oksidlarga ROH, R(OH)2, R(OH)3 kabi asoslar hamda HRO4, H2RO4 va H2R2O7 kabi kislotalar muvofiq keladi.

Bu elementlar qizdirlganda va yuqori haroratlarda kislorod, galogenlar, azot, fosfor, ko`mir, kremniy, suv, asoslar, kislotalar va tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi.

4Cr + 3O2 = 2Cr2O3 Fe + Cl2 = FeCl2 2Mo + N2 = 2MoN

2Cr + 3H2O = Cr2O3 + 3H2↑ Ni + Cu(OH)2 = Ni(OH)2 + Cu

Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2↑ Zn + 2AgNO3 = Zn(NO3)2 + 2Ag↓

Bu elementlar boshqa metallar bilan va bir-birlari bilan reaksiyaga kirishib qotishmalarni hosil qiladi. Ularning qotishmalari va metallarning o`zlari hozirgi texnika uchun ancha qimmatli materiallardir. Masalan: Bi–Cd, Ag–Pb, Ag–Cu, Cu–Ni, Ag–Au, Cu bilan Zn (CuZn, CuZn3, Cu3Zn2).

2. Xrom, olinishi, xossalari, oksidlari, gidroksidlari va tuzlari.

Tabiatda uchrashi. Xrom tabiatda turli xil minerallarda birikmalar holida uchraydi. Uning eng ko`p tarqalgan minerali xromit (xromli temirtosh) FeCr2O4 dir. Xromning yer po`stlog`idagi umumiy miqdori 0,03 % ni tashkil etadi. Koinotda esa xrom Quyoshda, yulduzlarda va meteoritlarda borligi aniqlangan.

Olinishi. Xrom metali Cr2O3 ni qizdirib turib Al bilan qaytarish orqali yoki xrom birikmalarining suvdagi eritmalarini elektroliz qilish yo`li bilan olinadi:

Cr2O3 + 2Al = Al2O3 + 2Cr



Fizik–kimyoviy xossalari. Xrom–kulrang-oq tusli yaltiroq metall. Zichligi 7,2 g/sm3, suyuqlanish harorati 1855 0C. Tabiiy xrom massa sonlari 50, 52, 53, 54, va 56 bo`lgan beshta izotopning aralashmasidan tarkib topgan. Sun`iy yo`l bilan radioaktiv izotoplari ham olingan. Al da bo`lgani kabi Cr da ham sirtida oksid parda Cr2O3 hosil bo`ladi. Suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalar bilan oksid parda erigandan keyingina eriy boshlaydi: Cr + 2H+ = Cr2+ + H2

Yuqori haroratda kislorodda yonib, oksid hosil qiladi. Cho`g` holigacha qizdirilgan xrom suv bug`lari bilan reaksiyaga kirishadi:

4Cr + 3O2 = 2Cr2O3 2Cr + 3H2O = Cr2O3 + 3H2

Xrom metali qizdirilganda galogenlar, vodorod galogenidlar, oltingugurt, azot, fosfor, ko`mir, kremniy va bor bilan reaksiyaga kirishadi:

Cr + Cl2 = CrCl2 2Cr + N2 = 2CrN

2Cr + 3S = Cr2S3 Cr + Si = CrSi



Xrom (II) oksid CrO–mayda tuyilgan holatida havoda o`z-o`zidan alangalanib ketuvchi qora kukun.

Xrom (II) gidroksid Cr(OH)2 CrCl2 ga ishqor eritmasi ta`sir ettirilganda sariq cho`kma holida hosil bo`ladi. Asos xossalariga ega, qaytaruvchi hisoblanadi, qizdirilganda Cr2O3 ga aylanadi. Havo kislorodi ta`sirida oksidlanib, Cr(OH)3 ga aylanadi.

CrO + 2H+ = Cr2+ + H2O Cr2+ + 2OH- = Cr(OH)2

2Cr(OH)2 + 1/2O2 + H2O ↔ 2Cr(OH)3

Xrom (III) oksid Cr2O3–yashil rangli qiyin suyuqlanadigan kukun. Amfoter xossalarga ega. Ishqorlar bilan birga suyuqlantirilganda xromitlar hosil bo`ladi. Bu oksidga Cr(OH)3 muvofiq keladi.

Xrom (III) gidroksid Cr(OH)3 Cr3+ tuzlariga ishqorlarning eritmalari ta`sir ettirilganda kulrang-yashil iviqsimon cho`kma holida olinadi. Amfoter xossalariga ega, kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi. Ishqorlar bilan qo`shib suyultirilganda metaxromitlar va ortoxromitlar olinadi.

(NH4)2Cr2O7 = Cr2O3 + N2↑ + 4H2O; Cr2O3 + 2NaOH = 2NaCrO2 + H2O

Cr3+ + 3OH- = Cr(OH)3↓ ; Cr(OH)3 + 3H+ = Cr3+ + H2O

Cr(OH)3 + NaOH + 2H2O = Na[Cr(OH)4(H2O)2] yoki

Cr(OH)3 + OH- + 2H2O = [Cr(OH)4(H2O)2]-

Cr(OH)3 + NaOH = NaCrO2 + 2H2O; Cr(OH)3 + 3NaOH = Na3CrO3 + 3H2O

Cr(OH)3 = Cr2O3 + 3H2O

Xrom (VI) oksid CrO3–to`q qizil kristall modda. Kuchli oksidlovchi, bunda Cr2O3 ga aylanadi. Kislotali xossalarga ega. Bu oksidga H2CrO4–xromat kislota va H2Cr2O7–dixromat kislotalar muvofiq keladi.

3S + 4CrO3 = 3SO2 + 2Cr2O3 ; 4CrO3 = 2Cr2O3 + 3O2

K2Cr2O7 + H2SO4 = 2CrO3↓ + K2SO4 + H2O

CrO3 + H2O = H2CrO4 2CrO3 + H2O = H2Cr2O7

H2Cr2O7 + H2O = 2H2CrO4

Agar har xil oksidlanish darajasida bo`lgan xromning gidroksidlari Cr(OH)2, Cr(OH)3 va H2CrO4 o`zaro taqqoslansa, quyidagicha xulosa kelib chiqadi: oksidlanish darajalari ortib borishi bilan gidroksidlarning xossalari o`zgarib boradi, ya`ni asos xossalari kamayadi va kislotali xossalari kuchayadi.

Cr(OH)2 asos xossalarini namoyon qiladi, Cr(OH)3 amfoter xossalarni namoyon qiladi, H2CrO4 esa kislota xossalarini namoyon qiladi.

2CrO42- + 2H+ ↔ Cr2O72- + H2O Cr2O72- + 2OH- ↔ 2CrO42- + H2O

3SO2 + K2Cr2O7 + H2SO4 = K2SO4 + Cr2(SO4)3 + H2O

2Na[Cr(OH)4(H2O)2] + 3Br2 + 4NaOH = 2H2CrO4 + 6NaBr + 8H2O

Cr2(SO4)3 + 2KMnO4 + 7H2O = K2Cr2O7 + 2Mn(OH)4 + 3H2SO4

3. Temir, olinishi, xossalari, oksidlari, gidroksidlari va tuzlari.

Tabiatda uchrashi. Temir alyuminiydan keyin–tabiatda eng ko`p tarqalgan element. Temirning yer po`stlog`idagi umumiy miqdori 5,1 % ni tashkil etadi. Temir ko`pchilik minerallar tarkibiga kiradi. Uning eng muhim rudalari quyidagilar hisoblanadi: magnitli temirtosh Fe3O4, qizil temirtosh Fe2O3, qo`ng`ir temirtosh Fe2O3•H2O, pirit FeS2.

Fizik–kimyoviy xossalari. Temir–yaltiroq kumushrang-oq metall. Zichligi 7,87 g/sm3, suyuqlanish harorati 1539 0C. Temir oson magnitlanadi va magnitsizlanadi. Temir massa sonlari 54, 56, 57 va 58 bo`lgan to`rtta barqaror izotopdan tarkib topgan. Sun`iy yo`l bilan olingan radioaktiv izotoplari ham ishlatiladi.

Temir suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalarda eriydi, ya`ni vodorod ionlari ta`sirida oksidlanadi: Fe + 2H+ = Fe2+ + H2

Temir yuqori haroratda (700-900 0C) suv bug`lari bilan reaksiyaga kirishadi, qattiq qizdirilgan temir sim kislorodda ravshan alanga berib yonib kuyindi–temir (II,III) oksid hosil qiladi:

3Fe + 2O2 = Fe3O4 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2

Temir isitilganda galogenlar va oltingugurt bilan, yuqori haroratda fosfor, ko`mir, kremniy bilan reaksiyaga kirishadi:

Fe + Cl2 = FeCl2 3Fe + C = Fe3C

Fe + S = FeS Fe + Si = FeSi


Download 357,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish