1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari


Shisha ishlab chiqarishda Na2CO3 o`rniga ko`pincha Na2SO4 va ko`mir ishlatiladi. Bu holda Na2SiO3 quyidagi reaksiya tenglamasiga muvofiq hosil bo`ladi



Download 357,5 Kb.
bet2/6
Sana26.06.2017
Hajmi357,5 Kb.
#16049
1   2   3   4   5   6

Shisha ishlab chiqarishda Na2CO3 o`rniga ko`pincha Na2SO4 va ko`mir ishlatiladi. Bu holda Na2SiO3 quyidagi reaksiya tenglamasiga muvofiq hosil bo`ladi:


2SiO2 + C + Na2SO4 = 2Na2SiO3 + CO2↑ + 2SO2

Maxsus shisha olish uchun boshlang`ich aralashmaning tarkibi o`zgartiriladi. Soda Na2CO3 o`rniga potash K2CO3 ishlatib, qiyin suyuqlanadigan shisha (kimyoviy idishlar uchun) olinaadi. Bo`r CaCO3 o`rniga qo`rg`oshin (II)–oksid PbO, soda o`rniga potash ishlatib, billur shisha olinadi.

Boshlang`ich aralashmaga metall oksidlarini qo`shish shishaga turlicha rang beradi: Cr2O3 yashil, CoO ko`k, MnO2 to`q qizil. Shishadan texnika ehtiyojlari uchun tola va to`qimalar tayyorlanadi. Shishakristall materiallar, ya`ni sitallar ishlab chiqariladi. Ulardan elektr izolyator, idishlar va boshqalar tayyorlanadi.

Odatdagi silikat sement, ya`ni portlandsement yashilroq-kilrang kukun bolib, suvga qorilganda havoda yoki suvda toshsimon massa bo`lib qotadi. Odatda u ohaktosh bilan gildan iborat xomashyo massani qovushgunga qadar kuydirish (1400-1600 0C) yo`li bilan olinadi.

Qizdirish aylanib turadigan silindrsimon maxsus pechlarda amalga oshiriladi. Hosil bo`ladigan qovushgan donador massa klinker deb ataladi. Bu chala mahsulot. Unga tegishli qo`shimchalar qo`shib, sharli tegirmonlarda mayin kukun holigacha maydalanadi va oxirgi mahsulot olinadi.

Tabiatda tarkibida portlandsement olish uchun zaruriy nisbatlarda ohaktosh bilan gil bo`ladigan jinslar uchraydi, ular mergellar deb ataladi. Yirik sement zavodlari ana shu mergellar asosida ishlaydi. Aralashmaning tarkibini o`zgartirib, sementning turli xillari–tez qotadigan, sovuqqa chidamli, korroziyabardosh va boshqa turlari olinadi.

Sement, suv va to`ldirgichlar (qum, mayda tosh, chaqiqtosh, shlak) aralashmasi qottganidan keyin sun`iy tosh–beton hosil bo`ladi. Bu materiallarning aralashmasi qotguniga qadar beton qorishmasi deyiladi. Orasiga po`lat armatura (ichki karkas) qo`yilgan beton temir-beton deyiladi. Beton va temir-betonlar gidroelektrstansiyalar, yo`llar, binolarning yuk tushadigan qismlarini qurishga ko`plab miqdorlarda sarflanadi.

Bog`lovchi material sifatida organik polimerlar yoki polimerlar bilan sementdan foydalanilgan betonlar ham tayyorlanadi. Bular alohida xossalarga ega bo`lgan plastobetonlardir.

Shisha, sement va keramika ishlab chiqarish silikat sanoatiga kiradi, bu sanoat kremniyning tabiiy birikmalarini qayta ishlaydi.

Takrorlash uchun savollar.

1. Uglerod guruhchasi elementlari qanday umumiy xossalarni namoyon qiladi?

2. Uglerod qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?

3. Uglerod oksidlari qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?

4. Kremniy qanday olinadi va qanday xossalarga ega?

5. Kremniy oksidi qanday olinadi va qanday xossalarga ega?

6. Shisha qanday usullar bilan ishlab chiqariladi?

7. Sement qanday usullar bilan ishlab chiqariladi?



Mavzuga oid tayanch iboralar.

Olmos, grafit, karbin, adsorbsiya, adsorbent, adsorbat, karbidlar, quruq muz, karbonatlar, gidrokarbonatlar, silitsidlar, qumtuproq, silikatlar, alyumosilikatlar, shisha, kimyoviy shisha, billur shisha, sitallar, portlandsement, klinker, mergel, beton, temir-beton, plastobeton, silikat sanoati.



Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996.

3. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Anorganik kimyo. 8-9-sinf darsliklari. Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

4-Ma`ruza.

Mavzu: Kislorod. Oltingugurt. Sulfat kislota.

Reja.

1. Kislorod guruhchasi elementlarining umumiy xossalari.

2. Kislorod, olinishi, xossalari va ishlatilishi.

3. Oltingugurt, olinishi, xossalari va ishlatilishi.

4. Oltingugurtning vodorodli va kislorodli birikmalari.

5. Sulfat kislota, olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Yangi darsning bayoni.

1. Kislorod guruhchasi elementlarining umumiy xossalari.

Kislorod guruhchasiga O, S, Se, Te va Po elementlari kiradi. Ular D. I. Mendeleyev davriy jadvali VI guruhining p-elementlari bo`lib, umumiy nom bilan xalkogenlar deb yuritiladi. Ularning tashqi elektron pog`onasida–ns2np4 elektronlar mavjud bo`ladi. Xalkogenlar vodorod va metallar bilan hosil qilgan birikmalarida –2 oksidlanish darajasini, kislorod va boshqa faol metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalarida odatda +4 va +6 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Kislorod odatda –2 oksidlanish darajasini, ftor bilan hosil qilgan birikmasida +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

Kislorod guruhchasi elementlari vodorod bilan H2R kabi vodorodli birikmalarni hosil qiladi. Bu birikmalar H2O, H2S, H2Se, H2Te bo`lib ular xalkovodorodlar deyiladi.

S, Se va Te kislorod bilan RO2 va RO3 kabi oksidlarni hosil qiladi, ularga H2RO3 va H2RO4 kabi kislotalar muvofiq keladi.

Oddiy moddalarning xossalari qonuniyat bilan o`zgarib boradi: yadro zaryadi ortishi bilan metallmaslik xossalari susayib, metallik xossalari kuchayib boradi. Masalan, kislorod va tellur metallmaslar, lekin tellurning metall yaltiroqligi bor va elektrni o`tkazadi.

4. 1-jadval. Kislorod guruhchasi elementlarining xossalari.



Xossalari

O

S

Se

Te

Po

1.

2.

3.


4.

5.
6.



Tartib raqami

Valent elektronlari

Atomining ionlanish energiyasi, eV

Nisbiy elektrmanfiyligi

Birikmalarida oksidlanish darajasi

Atom radiusi, nm



8

2s22p4

13,62
3,50

-1, -2,


+2

0,066


16

3s23p4

10,36
2,6

-2, +2, +4, +6

0,104


34

4s24p4

9,75
2,48

-2, +4, +6

0,117


52

5s25p4

9,01
2,01

-2, +4, +6

0,137


84

6s26p4

8,43
1,76

-2, +2
0,164



2. Kislorod, olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Tabiatda uchrashi. Kislorod–Yerda eng ko`p tarqalgan element. U yer po`stlog`i massasining 47,2 % ni tashkil etadi. Uning havodagi miqdori hajm jihatdan 20,95 % va massa jihatdan 23,15 % ga teng. Kislorod suv, tog` jinslari, ko`pchilik minerallar va tuzlar tarkibiga kiradi, tirik organizmlarni tashkil etuvchi oqsillar, yog`lar va uglevodlarda bo`ladi.

Olinishi. Laboratoriya sharoitida kislorod natriy gidroksidning suvdagi eritmasini elektroliz qilish (Ni elektrodlar), bertole tuzini qizdirib turib parchalash yoki kaliy permanganatni qizdirib turib parchalash yo`llari bilan olinadi:

2KClO3 = 2KCl + 3O2↑ 2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2

Sanoatda kislorod suyuq havodan, shuningdek, suvni elektroliz qilishda vodorod bilan birga olinadi. Kislorod po`lat ballonlarda 15MPa (megapaskal) bosim ostida saqlanadi va tashiladi.

Fizik–kimyoviy xossalari. Kislorod–rangsiz, ta`msiz, hidsiz va havodan bir oz og`ir gaz. Suvda kam eriydi (1L suvda 20 0C da 31ml kislorod eriydi).–183 0C harorat va 101,325 kPa bosimda suyuqlanadi. Suyuq kislorod havorang tusli bo`ladi, magnit maydoniga tortiladi. Tabiiy kislorod tarkibida uchta izotop: 16O (99,76 %), 17O (0,04 %) va 18O (0,20 %) bo`ladi.

Tashqi elektron pog`onasini to`ldirish uchun kislorodga ikki elektron yetishmaydi. Kislorod ularni shiddat bilan biriktirib olib, -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

Kislorod molekulasi ikki atomdan tarkib topgan O2. Unda kimyoviy bog`lanish–kovalent qutbsiz.

Ozon molekulasi kislorodning uchta atomidan tarkib topgan O3. Ozon bu kislorod elementining allotropik shakl o`zgarishidir. Ozon–o`ziga xos hidli gaz. Organik moddalarni yemiradi, ko`pchilik metallarni, shu jumladan, oltin va platinani ham oksidlaydi. Masalan, u kaliy yodid eritmasidan yodni ajratib chiqaradi, kislorod bilan esa bunday reaksiya bormaydi:

2KJ1- + O30 + H2O = J20 + 2KO2-H + O20

2J1- - 2e- = J2 │2 │1

O3 + 2e- = O2 + O2- │2 │1

Kislorod deyarli barcha elementlar bilan oksidlar hosil qiladi. Bunda ko`pchilik moddalar bilan kislorod bevosita, ayniqsa, qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Masalan: 2Ca + O2 = 2CaO C + O2 = CO2

Kislorod galogenlar, oltin va platina bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi, ularning oksidlari bilvosita yo`llar bilan olinadi.

Murakkab moddalar muayyan sharoitlarda kislorod bilan o`zaro ta`sirlashadi. Bunda oksidlar, ayrim hollarda esa oksidlar va oddiy moddalar hosil bo`ladi. Masalan:

2C2H2 + 5O2 = 4CO2 + 2H2O 4NH3 + 3O2 = 6H2O + 2N2

Kislorod kimyoviy reaksiyalarda doimo oksidlovchi bo`ladi, chunki elektronlarni biriktirib oladi. Yonish, zanglash, chirish va nafas olish jarayonlari kislorod ishtirokida boradi. Bular oksidlanish–qaytarilish jarayonlaridir.



Ishlatilishi. Metallurgiya sanoatida kislorodning ancha ko`p miqdori sarflanadi. Kislorod yuqori harorat hosil qilish uchun ishlatiladi. Kislorod–atsetilen alangasining harorati 3500 0C ga, kislorod–vodorod alangasining harorati 3000 0C ga yetadi.

Tibbiyotda kislorod bemorlarning nafas olishini yengillashtirishda (kislorodli yostiqcha va palatkalar) ishlatiladi. Nafas olish qiyin bo`lgan atmosferada ishlarni bajarishda (yer osti va suv osti ishlarida, kosmik parvozlar), kislorodli asboblarda kisloroddan foydalaniladi.



3. Oltingugurt, olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Tabiatda uchrashi. Oltingugurt tabiatda keng tarqalgan. U yer po`stlog`i massasining 0,05 % ni tashkil etadi. Erkin holatda (yombi S) Italiyada (Sitsiliya orolida), AQSh da, Rossiyada (Volgabo`yida), Markaziy Osiyo davlatlarida va Ukrainada (Qrimda) uchraydi. Uning eng muhim tabiiy birikmalari sulfidlar–FeS2 temir kolchedani, ya`ni pirit, ZnS–rux aldamasi, PbS–qo`rg`oshin yaltirog`i, HgS–kinovar, shuningdek, sulfat kislota tuzlari (kristallgidratlar): CaSO4•2H2O–gips, Na2SO4•10H2O–glauber tuzi, MgSO4•7H2O–taxir tuz va boshqalardir.

Oltingugurt hayvonlar va o`simliklar organizmida bo`ladi, chunki oqsil molekulalari tarkibiga kiradi. Bundan tashqari oltingugurtning organik birikmalari neft tarkibida bo`ladi.



Fizik–kimyoviy xossalari. Oltingugurt–sariq rangli qattiq mo`rt modda. Suvda deyarli erimaydi, lekin CS2 da, anilinda va ba`zi boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Issiqlik va elektrni yaxshi o`tkazmaydi. Bir necha xil allotropik shakl o`zgarishlar hosil qiladi.

Oltingugurt 444,6 0C da qaynab, to`q qo`ng`ir rangli bug`lar hosil qiladi. Agar ular tez sovitilsa, oltingugurtning mayda kristallaridan iborat mayin kukun hosil bo`ladi va u oltingugurt guli deyiladi.

Tabiiy oltingugurt to`rtta barqaror izotopining: 32S, 33S, 34S, 36S aralashmasidan tarkib topgan.

Oltingugurt metallar hamda vodorod bilan hosil qilgan birikmalarida (masalan Na2S va H2S) –2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Elektronlar elektrmanfiyligi kuchliroq element atomiga berilganda yoki shunday atomga tortilganda oltingugurtning oksidlanish darajasi +2, +4 va +6 bo`lishi mumkin.

Odatdagi sharoitda qattiq oltingugurt molekulasi halqa tarzida bir-biri bilan tutashadigan 8 atomdan tarkib topadi S8. Qizdirilganda S8 uziladi. Yuqori haroratda zanjir bo`laklari mavjud bo`ladi: S2 (›9000C), S2↔2S (15000C dan yuqori). Oltingugurt bug`larida S8, S6, S4 va S2 molekulalar orasida muvozanat qaror topadi.

Oltingugurt osonlikcha ko`pchilik elementlar bilan birikmalar hosil qiladi. U havoda yoki kislorodda yonganida SO2 va qisman SO3 hosil bo`ladi:

S + O2 = SO2 2S + 3O2 = 2SO3

Qizdirilganda oltingugurt vodorod, galogenlar (yoddan tashqari), fosfor, ko`mir bilan, shuningdek, oltin, platina va iridiydan boshqa barcha metallar bilan bevosita birikadi. Masalan: S + H2 = H2S 3S + 2P = P2S3 S + Cl2 = SCl2 2S + C = CS2 S + Fe = FeS

Ishlatilishi. Oltingugurt sanoatda va qishloq xo`jaligida keng ko`lamda ishlatiladi. Qazib olinadigan oltingugurtning yarmiga yaqini sulfat kislota olishga sarflanadi. Oltingugurtdan kauchukni vulkanlashda foydalaniladi: bunda kauchukning puxtaligi va elastikligi ortadi. Oltingugurt guli (mayin kukun) holida oltingugurt tok va g`o`za kasalliklariga qarshi kurashda ishlatiladi. U o`q-dori, gugurt, shu`lalanadigan tarkiblar olish uchun ham ishlatiladi. Tibbiyotda teri kasalliklarini davolash uchun oltingugurtli surkov dorilar tayyorlanadi.

4. Oltingugurtning vodorodli va kislorodli birikmalari.

H2S vodorod sulfid palag`da tuxum hidi keladigan rangsiz gaz. Suvda yaxshi eriydi (200C da 1 hajm suvda 2,5 hajm H2S eriydi).

Vodorod sulfid tabiatda vulqon gazlarida va ba`zi mineral buloq suvlarida, masalan, Pyatigorsk va Masesta buloqlarining suvida uchraydi. U tabiatda turli xil o`simlik va hayvonlar qoldiqlaridagi oltingugurtli organik moddalar chiriganida hosil bo`ladi.

H2S oltingugurtni qizdirib turib vodorod bilan bevosita biriktirish yoki FeS ga suyultirilgan HCl yoki H2SO4 ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi:

S + H2 = H2S FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S↑ FeS + H2SO4 = FeSO4 + H2S↑



H2S asab sistemasiga zarar yetkazadigan juda zaharli gaz. U bilan qilinadigan tajribalarni mo`rili shkafda yoki germetik bekiladigan asboblarda o`tkazish kerak. Ishlab chiqarish binolarida H2S ning miqdori 0,01 mg bo`lishi kerak. Uning suvdagi eritmasi vodorod sulfidli suv yoki sulfid kislota deyiladi, bu kislota kuchsiz kislota xossalariga ega.

H2S suvga qaraganda beqaror birikma. Qattiq qizdirilganda oltingugurt va vodorodga deyarli to`liq ajraladi: H2S = S + H2

Gazsimon H2S havoda ko`kish alanga berib yonib, SO2 va H2O hosil qiladi, kislorod yetishmaganda S va H2O hosil bo`ladi:

2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O 2H2S + O2 = 2S + 2H2O

H2S ancha kuchli qaytaruvchi. Eritmada H2S elektronlarini havo kislorodining molekulalariga oson beradi. Bu holda H2S havo kislorodi ta`sirida S ga qadar oksidlanadi, natijada H2S li suv loyqa bo`lib qoladi.

H2S – 2e- = S + 2H+ │2│4│2

O2 + 4e- = 2O2- │4│2│1

2H2S + O2 = 2S↓ + 2H2O

H2S galogenlarning eritmalari bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Masalan:

H2S + J2 = 2HJ + S

Kuchsiz H2S bosqich bilan ionlarga dissotsilanadi, bunda H+ va HS- ionlari hosil bo`ladi:

H2S ↔ H+ + HS- HS- ↔ H+ + S2-

Ikki asosli kislota bo`lgan H2S ikki qator tuzlar–o`rta ruzlar (sulfidlar) va nordon tuzlar (gidrosulfidlar) hosil qiladi. Masalan, Na2S–natriy sulfid, NaHS–natriy gidrosulfid. Gidrosulfidlarning hammasi suvda yaxshi eriydi. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining sulfidlari ham suvda eriydi, qolgan metallarning sulfidlari suvda erimaydi yoki kam eriydi; ularning ba`zilari suyultirilgan kislotalarda ham erimaydi. Shuning uchun bunday sulfidlar tegishli metall tuzining eritmasi orqali H2S o`tkazish yo`li bilan olinadi. Masalan:

CuSO4 + H2S = CuS↓ + H2SO4 yoki Cu2+ + H2S = CuS↓ + 2H+



SO2 oltingugurt (IV) oksid (sulfit angidrid) odatdagi sharoitda o`tkir, bo`g`uvchi, hidli, rangsiz gaz. –10 0C ga qadar sovitilganda rangsiz suyuqlikka aylanadi, po`lat ballonlarda saqlanadi.

Laboratoriyada natriy gidrosulfit bilan sulfat kislotani o`zaro ta`sir ettirib yoki misni konsentrlangan sulfat kislota bilan birga qizdirish yo`li bilan olinadi:

2NaHSO3 + H2SO4 = Na2SO4 + 2SO2↑ + 2H2O

Cu + 2H2SO4 (kons) = CuSO4 + SO2↑ + 2H2O

Sanoatda SO2 FeS2 ni yoki rangli metallarning oltingugurtli rudalarini (ZnS, PbS) kuydirishda hosil bo`ladi.

4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2 2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2

Katalizator ishtirokida qizdirilganda SO2 havo kislorodini biriktirib oladi va SO3 hosil qiladi: 2SO2 + O2 ↔ 2SO3

SO3 oltingugurt (VI) oksid (sulfat angidrid) odatdagi sharoitda rangsiz suyuqlik, 17 0C dan past haroratda qattiq kristall massa bo`lib qotadi. U namlikni shiddat bilan yutib, H2SO4 hosil qiladi:

SO3 + H2O = H2SO4

Oltingugurt (VI) oksid kislotali oksidlarning barcha xossalariga ega. U SO2 ni oksidlash yo`li bilan olinadi. Sulfat kislota ishlab chiqarishda oraliq mahsulot hisoblanadi.

2SO2 + O2 ↔ 2SO3



5. Sulfat kislota, olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Sulfit kislota H2SO3. SO2 suvda yaxshi eriydi (1 hajm suvda 20 0C da 40 hajm SO2 eriydi). Bbunda faqat suvdagi eritmadagina mavjud bo`ladigan sulfit kislota hosil bo`ladi:

SO2 + H2O ↔ H2SO3

Sulfit kislotada kislotalarning barcha xossalari bor. Eritmada bosqich bilan dissotsilanadi:

H2SO3 ↔ H+ + HSO3- HSO3- ↔ H+ + SO32-

U ikki asosli kislota bo`lgani uchun ikki qator tuzlar (sulfitlar va gidrosulfitlar) hosil qiladi.

H2SO3 + 2NaOH = Na2SO3 + 2H2O

H2SO3 + NaOH = NaHSO3 + H2O

2H2SO3 + O2 = 2H2SO4

H2SO3 + Br2 + H2O = H2SO4 + 2HBr

5H2SO3 + 2KMnO4 = 2H2SO4 + 2MnSO4 +K2SO4 + 3H2O



Sulfat kislota H2SO4–og`ir, rangsiz moysimon suyuqlik. Juda gigroskopik, namlikni yutib ko`p miqdorda issiqlik chiqaradi. Shuning uchun suvni konsentrlangan sulfat kislotaga quyish yaramaydi, kislota sachrab ketadi. Suyultirish uchun suvga oz-ozdan sulfat kislota quyiladi.

Sanoatda sulfat kislota olishning kontakt usuli eng katta ahamiyatga ega. Bu usul bilan istalgan konsentratsiyadagi H2SO4 ni, shuningdek oleum, ya`ni SO3 ning H2SO4 dagi eritmasini olish mumkin. Jarayon uch bosqichdan iborat bo`ladi:

1) SO2 olish, 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2

2) SO2 ni oksidlab SO3 ga aylantirish, 2SO2 + O2 ↔ 2SO3



3) SO3 dan H2SO4 olish, SO3 + H2O = H2SO4

Suvsiz H2SO4 70 % gacha SO3 ni eritadi. Odatdagi haroratda u uchuvchan emas va hidsiz. Qizdirilganda tarkibida 98,3 % H2SO4 bor eritma hosil bo`lgunga qadar SO3 ni ajratib chiqaradi. Suvsiz H2SO4 elektr tokini deyarli o`tkazmaydi.

Konsentrlangan H2SO4 organik moddalardan–shakar, yog`och, tolalardan suv elementlarini tortib olib, ularni ko`mirga aylantiradi. Bunda H2SO4 ning gidratlari hosil bo`ladi.

C12H22O11 + nH2SO4 = 12C + nH2SO4 •11H2O

C + 2H2SO4 = CO2 + 2SO2 + 2H2O

Uchuvchan bo`lmagan kuchli H2SO4 quruq tuzlardan boshqa kislotalarni siqib chiqaradi. Masalan,

NaNO3 + H2SO4 = NaHSO4 + HNO3

Suyultirilgan H2SO4 standart potensiallar qatorida vodoroddan oldinda joylashgan metallarni eritadi.

Konsentrlangan H2SO4 qizdirilganda deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan:

Cu + 2H2SO4 (kons) = CuSO4 + SO2↑ + 2H2O

H2SO4 bosqich bilan dissotsilanadi:

H2SO4 ↔ H+ + HSO4- HSO4- ↔ H+ + SO42-

U ikki asosli kislota bo`lgani uchun ikki qator tuzlar (sulfatlar va gidrosulfatlar) hosil qiladi.

H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O H2SO4 + NaOH = NaHSO4 + H2O

H2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2HCl Na2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2NaCl

SO42- + Ba2+ = BaSO4



Download 357,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish