View (Ko’rish) tugmasi.
Bu guruhga quyidagi tugmalar jamlangan (New Form) yangi forma hosil qiladigan, (ViewUnit) modullarni qurish, (ViewForm) formani qurish, (Toggle Form/Unit) formadan modulga, moduldan formaga o’tishni ta’minlaydigan tugmachalar.
Toggle Form Unit formadan kodni tahrirlashga, tahrirlashdan formaga o’tkazuvchi tugma. Agar ilovada bir nechta forma qatnashsa, ularni qurish uchun View Form (Shift+F12) tugmadan foydalaniladi.
Yangi forma hosil qilish uchun New Form tugma bosiladi. Bunda yangi forma dizayneri paydo bo’ladi. Odatda sarlavhasi Form2 kabi nomlangan bo’ladi. Yangi forma ilovada yangi oynalarni ko’rsatish va ifodalash uchun zarur bo’lishi mumkin.
Debug tugmasi.
Bu guruhdagi tugmalar ilovani ishga tushirish uchun mo’ljallangan. Run (F9) tugmasi ilovani bajarish va ishga tushirish uchun, Pause ilovani vaqtincha to’xtatib turish uchun, TraceInto (F7) va Stepover (F8) ilovani qadamba-qadam bajarish uchun mo’ljallangan.
Custom tugmasi guruhi.
Bu guruhda Help contents tugmasi mavjud bo’lib, muhitning yordam tizimini chaqirish uchun ishlatiladi. Bu tugmalar guruhining joyi qat’iy tayinlanmagan, o’zimiz xoxishimizga qarab asosiy panelning istalgan joyiga joylashtirishimiz mumkin. Buning uchun kursorni tugmalar guruhining chap chekkasiga olib boramiz va sichqonchaning chap tugmasini bosib istalgan joyga joylashtirishimiz mumkin. Agar sichqonchaning o’ng tugmasini bossak 1.21-rasmdagi kabi menyu paydo bo’ladi. Bunda asosiy menyu panelidagi barcha tugmalar guruhini qayta o’rnatish mumkin.
1.21-rasm. Tugmalar guruhini o’rnatish
Standard komponentalar
Komponentalar palitrasining Standard qo’shimcha ilovalari komponentalari sizning dasturingizga Windows standart interfeysli elementlarning 14 tasining ulanishini amalga oshiradi.
TMainMenu
Bosh menyu komandalari Panelini va ularga mos keladigan tushib qoladigan menyularni yaratadi. Barcha menyu komandalarining identifikatorlari menyuning har qanday konkret komandasiga kirish huquqiga ega bo’lgan Items xususiyati bilan aniqlanadi. AutoMerge xususiyati Merge va UnMerge metodlari bilan birgalikda turli shakldagi menyularning birlashish jarayonini boshqaradi.
TPopupMenu
Shakl yoki bironta boshqa komponenta uchun maxsus menyu yaratadi. E’tiborga oling, aynan shu maqsad uchun har qanday boshqa komponenta PopUpMenu xususiyatiga ega bo’lib, bu xususiyatda siz uning bilan bog’liq menyuga iqtibos qilishingiz mumkin.
Agar siz sichqonchaning o’ng tugmasini shaklga yoki berilgan komponenta mansub bo’lgan biron boshqa elementga bosish bilan maxsus menyu ekranda paydo bo’lishini xoxlasangiz, AutoPopUp xususiyatining true qiymatini o’rnating. Voqea qayta ishlatgichi - OnPopUp yordamida bevosita maxsus menyuning paydo bo’lishi oldidan bajariladigan protsedurani aniqlashi mumkin.
TLabel
Shaklda tahrir qilib bo’lmaydigan statik matnning to’rtburchak sohasini aks ettiradi. Odatda matn boshqa komponenta nomidan iborat bo’ladi.
Nom matni Caption xususiyatining qiymatidir. Alignment xususiyati matnni tekislash usulini aniqlaydi. Shrift o’lchami avtomatik tarzda sohaning maksimal to’ldirilishiga mos kelishi uchun, AutoSize xususiyatining true qiymatini o’rnating. Kalta soha ichida matnning hammasini ko’rish imkoniga ega bo’lish uchun, WordWrap xususiyatining true qiymatini bering. Transparent xususiyatining true qiymatini o’rnatsangiz, boshqa komponentaning bir qismini to’g’ri uning ustida joylashtirilgan nom orasidan ko’rinib turadigan qilishingiz mumkin.
TEdit
Axborot yakka satrining tahrir qilinayotgan kiritishidagi to’rtburchak sohani shaklda aks ettiradi. Tahrir sohasining ichidagi boshlang’ich narsalarni Text xususiyatining qiymati bo’lgan satr aniqlaydi.
TEdit komponentasi TCustomEdit sinfining to’g’ridan-to’g’ri hosilasi bo’lib, uning barcha xususiyatlari, metodlari va voqealariga vorislik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |