1-Ma’ruza
Mavzu: Borland C++ Builder komponentlar palitrasi. Hodisa jarayonlarini yaratish. Standard komponentlar palitrasi.
Reja:
Borland C++ Builder dasturlash muhitining interfeysi.
Borland C++ Builder dasturlash muhitining menyular satri.
Borland C++ Builder dasturlash muhitining tezkor tugmalari
Borland C++ Builder muhitining Standard komponentlar palitrasi.
Ixtiyoriy dasturlashdan minimal bilimga (dasturlashdan maktab kursidan) ega foydalanuvchi ham Borland C++ Builder 6 muhitni tezda o’rgana oladi. Bu muhitning soddaligi professional programmist bo’lishga xalaqit qilmaydi.
Dasturlash muhitlari ichida eng sodda muhitlardan biri hisoblanadi, bir nechta mashqlarni mustaqil bajargandan keyin, muhitdan kishining ajralgisi kelmaydi.
Umuman har qanday yangi texnologiyani o’zlashtirayotganda bilgan o’rgangan bilimlarni amalda tez-tez takrorlab turmasa xotirada saqlab qolishning iloji bo’lmaydi. Yangi tushunchani takrorlab xotiraga joylash va uni tadbiq qilishni bilgandan keyingina xotirada mustahkam joylashadi. Har bir dasturlash tili, muhiti o’zidan oldingi tillarning mukammal tomonlarini o’zida mujassamlashtiradi, uncha muvaffaqiyat qozonmagan tomonlarini mukammallashtirish hisobiga rivojlantiriladi. Shunga ko’ra bitta zamonaviy tilni mukammal bilgan dasturchi ikkinchi tilni katta kuch va vaqt sarflamasdan o’rgana oladi. Dasturchilar tillarni o’rganayotganda birini ikkinchisi bilan solishtirib o’rganishadi. Masalan, Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash (OYD) zamonaviy dasturlash tillarining asosini tashkil qiladi. Demak barcha zamonaviy dasturlash tillari umumiy qoidalarga bo’ysunadi.
OYDda har bir dasturlash elementi obyekt sifatida qaraladi. Bunda obyekt, barcha hollarda ma’lum umumiy qoidalarga va xususiy qoidalarga ega bo’ladi. Bu obyektlar oynalar, tugmalar, konteynerlar va Canvas lar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Bunda har bir ilova kichik qismlarga ajratiladi va yakunida bu qismlar birlashtiriladi. Borland C++ Builder 6 muhitida Windows osti ilovalar yaratish juda oson.
OYD da qadamba qadam alohida uncha katta bo’lmagan dasturlarni funktsiya metodlari amalga oshirsa, harakatlanuvchi jarayonlarni qayta ishlash uchun xodisa amalidan, chaqiriluvchi obyektlarni tugmalar va oynalar bilan ifodalaydi.
1.1-rasm. Borland C++ Builder 6 interfeysi
Dasturchilar tilida bu interfeysga tez qayta ishlovchi muhit RAD (Rapid Application Development) deb atashadi. Bunga sabab bu muhitda dastur, ilova tuzish va uning dizaynini qurishda tayyor obyektlar va kutubxonada mavjud metodlardan foydalanish mumkin.
Masalan, kompyuter avtomatik ravishda xodisani qayta ishlovchi funktsiya dasturi matnini hosil qiladi.
Interfeysning tepasi 1.2-rasmda C++ Builder 6 – Project1 asosiy oynasi – joylashgan
1.2-rasm. Interfeysning asosiy oynasi
Ilova bu – tayyor bajariluvchi fayl hosil qilish uchun kerak bo’ladigan barcha fayllar to’plamidir. Masalan, ilova tarkibiga dastur matni, tovush fayllari, ikonka rasmlari va shu kabi ilovaga, kerakli fayllar kirishi mumkin. Bunda har bir ilova uchun alohida papka hosil qilish maqsadga muvofiq sanaladi. Chunki ilovani boshqa kompyuterga o’tkazmoqchi bo’lsak va papkada saqlamagan bo’lsak, ularni yig’ishimizga to’g’ri keladi. Bunda interfeysning o’zi ilovani saqlashni talab qiladi, ammo papka hosil qilishni o’zimiz bilishimiz kerak.
Interfeysning asosiy oynasi sarlavha oynasida ilova nomi, ilovani tiklash, berkitish tugmalari joylashgan. Sarlavha nomi tagida asosiy menyu joylashgan. Bu menyu orqali muhitning barcha funktsiya va komandalarini ishga tushirish mumkin. Asosiy menyuning tagida tez tugmalar joylashgan. Bu tugmalar ma’nolariga ko’ra guruhlarga ajratilgan. Bu tugmalar orqali tez-tez ishlatiladigan komandalarni ishga tushirishimiz mumkin. Bu tugmalarning o’ng tomonida vizual komponentalar VCL (Visual Component Library - vizual komponentlar kutubxonasi) palitrasi joylashgan. Bu shunday obyektlarki yoki shunday dasturlash komponentalariki, bular yordamida Windows uchun vizual dasturlarni tezda yaratish mumkin. Komponentalar yordamida har xil tugmalar, rasmlar, yozuvlar, taymerlar, kalendar va hokazolarni ilovaga kiritishimiz mumkin. Vizual komponentalar palitrasi ma’nosiga va vazifasiga ko’ra guruhlarga ajratilgan.
Bu muhitning barcha oynalarini berkitish mumkin faqat asosiy oynani berkitsa ilovadan chiqib ketiladi, boshqa barcha oynalar o’lchamlarini kattalashtirish va kichiklashtirish imkoniyatiga egamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |