1-maruza matn Mavzu: Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining lavozimining malaka tavsiflari, kompetensiyasi. Reja



Download 0,63 Mb.
bet1/23
Sana12.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#544810
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Shoxista UMK


1-maruza matn
Mavzu: Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining lavozimining malaka tavsiflari, kompetensiyasi.
Reja:
1. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining lavozim vazifalari.
2. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi bilishi lozim bo'lgan jihatlar.
3.Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining malaka talablari.


Tаyanch so‘z vа iborаlаr: ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo'yiladigan davlar talablari, tarbiyachi, lavozim vazifalari, malaka talablari, rivojlanish, ta’lim, tarbiyalash, individual xususiyat, baholash, tahlil etish, kasbiy texnika

Maktabgacha talim muassasalari tarbiyachisi lavozimining vazifalari:


a) tarbiyalanuvchilarni har tomonlama uyg'un rivojlantirish va tarbiyalash ishlarini tashkil qilish, ularni maktabgacha talimga quyiladigan davlat talablariga muvofiq maktabda o'qishga tayyorlash;
b) kichik, o'rta va katta yoshdagi tarbiyalanuvchilarni aqliy va jismoniy rivojlantirishga, muomala ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli xildagi tadbirlarni tashkil etish, jumladan guruh va individual mashg'ulotlar, o'yinlar, sahnalashtirishlar, tabiatga ekskursiyalar tashkil qilish;
v) tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini, qiziqishlari va mayllarini o'rganish;
g) talim-tarbiya dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun guruhlarda zarur shart-sharoitlar yaratish;
d) guruhdagi har bir bolaning holati va sog'ligini nazorat qilish, maktabgacha talim muassasasi tibbiy xodimlari bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarning sogligini mustahkamlashga, ruhiy, jismoniy rivojlanishiga kumaklashuvchi tadbirlarni muntazam utkazish;
e) tarbiyalanuvchilar sogligidagi uzgarishlar tugrisida maktabgacha talim muassasasi mudirini, muassasa tibbiy khodimlarini, ota-onalarni darhol xabardor qilish;
j) tarbiyalanuvchilarning maktabgacha talim muassasasiga qatnovini hisoblash tabelini yuritish, ularni muassasaga kelmaganlik sabablarini aniqlash, tibbiy khodimlarni muassasaga kelmagan tarbiyalanuvchilar tugrisida habardor qilish;
z) o'quv-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, tarbiyalanuvchilar uchun o'rnatilgan kun tartibini bajarishni taminlash, ular to'grisida ota-onalar bilan suhbatlar olib borish;
i) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
a) amaldagi maktabgacha talim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) maktabgacha talimga qo'yilgan davlat talablarining mazmunini;
v) tarbiyalanuvchilarni “Ilk qadam” tayanch dasturi orqali bilim olishini taminlashni;
g) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, defektologiya asoslarini, yosh anatomiyasi va fiziologiyasini;
d) maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, jumladan maktabgacha yoshdagi bolalarga tilni, matematikani, tabiatshunoslikni, tasviriy san'atni o'qitish metodikalarini, mehnat talimini, musiqiy va jismoniy tarbiyani o'rgatishni, bolalar o'qitilayotgan tilning grammatik tuzilishi va so'z tarkibini;
e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, uquv va tarbiya jarayonida o'qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini;
j) maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy o'yinlarini tashkil qilish qoidalarini, gigiena asoslarini;
z) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, tekhnika va yongin xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) o'z yunalishi buyicha o'rta maxsus pedagogik malumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
Maktabgacha talim muassasasi tarbiyachisiga ikkinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko'rsatkichlar bilan aniqlanadi:
a) maktabgacha talim muassasasi tarbiyachisiga quyiladigan umumiy talablarga javob berishi;
b) maktabgacha tarbiya va talimning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini bilishi;
v) tarbiyalanuvchilar bilan o'zaro munosabatlarda ularning individual va yosh guruhlari xususiyatlarini bilishi;
g) talim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning qiziqishi va sog'ligini hisobga olgan holda yondashishi;
d) talim jarayonida qulay shart-sharoit yaratish, amaliy faoliyatida talim jarayonining xilma-xilligini (variantliligini) taminlovchi metodlar, usullar va vositalarni qo'llay olishi;
e) tarbiyalanuvchilarni “Ilk qadam” tayanch dasturi orqali maktabgacha talimga qo'yiladigan davlat talablariga mos holda bilim olishini taminlashi;
j) muassasa ijtimoiy faoliyatida faol qatnashishi;
z) o'z yo'nalishi bo'yicha oliy yoki o'rta maxsus ma'lumotli hamda tarbiyachi vazifasida uch yildan kam bo'lmagan mehnat stajiga ega bo'lishi, belgilangan muddatlarda malaka oshirgan bo'lishi.
Magistr darajasiga ega bo'lgan pedagog xodimga attestasiya o'tkazilmasdan ikkinchi malaka toifasi beriladi.
Birinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko'rsatkichlar bilan aniqlanadi:
a) ikkinchi toifa pedagogga quyilgan barcha talablarga javob berish;
b) bolaning intellektual va shaxsiy rivojlanish darajalarini diagnostik taxlil qilish usullarini bilishi;
v) maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishning zamonaviy texnologiyalarini bilishi;
g) ta'lim jarayonida dastur va texnologiyalarni ijodiy qo'llashi;
d) ilgor ish tajribalari maktabgacha talim muassasasida ommalashtirilishi, metodik tavsiyalar yaratish;
e) o'z yunalishi bo'yicha oliy yoki urta maxsus ma'lumotli hamda tarbiyachi vazifasida uch yildan kam bo'lmagan mehnat stajiga ega bo'lishi; malaka oshirish kurslarini muntazam o'tishi;
j) ikkinchi toifali tarbiyachi lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega bulishi bilan.
Oliy malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko'rsatkichlar bilan aniqlanadi:
a) birinchi toifa pedagogga qo'yilgan barcha talablarga javob berishi;
b) maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiya jarayonida umumiy rivojlantiruvchi dastur va texnologiyalarni, bolaning psikhik rivojlanish darajalarini hamda bolalar bilan korreksion ishlash asoslarni bilishi;
v) ilgor pedagogik texnologiyalar va metodikalarni ishlab chiqishi, ularni tadqiqot eksperimental faoliyatlarda ishtirok etgan holda sinashi;
g) bolaning rivojlanish muhitini mustaqil yarata olishi, shuningdek, ta'lim va tarbiyaning ko'rgazmalar, o'yinlar, original vositalari muallifi bo'lishi;
d) ilgor ish tajribalari tuman yoki shaharda ommalashtirilishi, metodik tavsiyalar va uslubiy qo'llanmalar yaratishi;
e) o'z yo'nalishi bo'yicha oliy pedagogik malumotli hamda birinchi toifali tarbiyachi lavozimida kamida uch yil stajga ega bulishi, malaka oshirish kurslarini muntazam utishi bilan.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish