Ona tilini chuqurlashtirib o‘rgatish dasturining tuzilishi va mazmuni. Ona tilini VII-IX sinflarda chuqurlashtib o‘rgatish yuzasidan 1992-yilda nashr qilingan dastur odatdagidek, “Tushuntirish xati” va “Dastur” qismlaridan iborat:
nazariy bilimlarning hajmi ko‘rsatilgan qism;
shu bo‘lim yuzasidan o‘quvchilar hosil qilishi zarur bo‘lgan ko‘nikma v malakalar hamda bajariladigan amaliy ishlar ko‘rsatilgan bo‘lim;
nazaruy bilimlarning hamma ko‘satilgan qismi;
shu bo‘lim yuzasidan o‘quvchilar hosil qilish zarur bo‘llgan ko‘nikma va malakalar hamda bajariladigan amaliy ishlar lo‘rsatilgan bo‘lim.
Nazariy bilimlarning ko‘rsatigan qismining har bir mavzusi ikki banddan tashkil topgan. Uning birinchisida dasturning biror bo‘limiga oid o‘quvchilar bilisi zarur bo‘lgan nazariy bilimlar (jumladan, imlo va tinish belgilarga oidlari ham) ko‘satilgan. Ikkinchi bandida esa shu bo‘lim yuzasidan hosil qilinishi zarur bo‘lgan:
a ) ko‘nikma va malakalar: bajariladigan taxminiy amaliy ishlar qayd qilingan, chunonchi 9-sinf dasturining “Bog‘lovchili bo‘g‘langan qo‘shma gaplar” (10 soat ) qismining;
-birinchi bandi: bo‘g‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplarnning teng bo‘lovchilar bilan bo‘lanishi ularning ohangidagi xususiyatlari. Bunday gaplarning o‘zaro ma’noviy munosabatlari: bir paytdalik ketma ketlik, sabab-natija, qiyoslash, zidlash ma’nolari. Tinish belgi: vergulning qo‘llanishi.
-Ikkinchi bandida esa quyidagilar ko‘rsatilgan:
-ko‘nikma va malakalar. O‘quvchilar quyidagilarni qila olishlari kerak:
bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning ma’noviy munosbatlarini (bir paytdalik, ketma-ketlik, sabab-natija qiyoslash, zidlashva hokozo) far qila olish;
nutqda bog‘langan qo‘shma gaplar va uyushiq bo‘lakli sodda gaplarning simantik sinonimlar sifatida foydalana olish;
turli ma’noviy munosabatlarni ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplarni ifodali o‘qiy olish;
bog‘langan qo‘shma gaplarda vergulni to‘g‘ri qo‘ya olish.
Ta’limdagi muhim masalalardan biri o‘quvchilarning shaxsiy qobilyatlarini rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirish, ularning talab va moyillikarini hisobga olib tabaqalashtirib bilim berishni uyishtirshdir.
Ona tilini nazariy va amaliy chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘rganish ixtiyoriylik asosida o‘quvchilarning qiziqish va moyillikalini hisobga olib amalga oshirilishi zarur. Buning uchun o‘qtuvch o‘quvchilarga qaysi yo‘nalishdagi ta’limni tanlab olishlariga yordam berishi uchun o‘z o‘quvchilarining moyilliklari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
Ona tilini chuqur o‘rgatish yuzasida VII-XI sinflar uchun tuzilgan dasturning har bir bo‘imi ikki qismdan iborat:
a) ona tili kursi bo‘limlari yuzasidan o‘rganiladigan nazariy bilimlarning hajmi, mundarijasi belgilangan bo‘lim;
b) shu bo‘lim yuzasidan o‘quvchilar hosil qilishi zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar hamda bajariladigan amaliy ishlar ko‘rsatilgan bo‘lim. Keyingi bo‘lim dasturda o‘quvchilar hosil qilishi lozim bo‘lgan “Ko‘nikma va malakalar” hamda “Taxminiy amaliy ishlar” deb ikkiga bo‘lib berildi; bunday bo‘linish o‘qituvchiga ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini bir-biriga bog‘lab borishga imkon beradi. Dasturning ikkinchi qismidagi “Ko‘nikma va malakalar” hamda “O‘quvchilar qila olishlari kerak bo‘lgan amaliy qism”da o‘quvchilar hosil qilish zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar sanab ko‘rsatilgan, chunonchi: grammatikaga oid/ hammadan avval tog‘ri yozish va nutq malakalarini shakllantiradiganlar ko‘rsatilgan, nutqqa oid/ nutqning og‘zaki va yozma shakllarini tog‘ri, aniq, ta’sirchan va boy bo‘lishiga oid, imloga oid/ orfogramma va punktogrammalarni topish, ularning turini aniqlash, qoidasini eslash, o‘zini o‘zi tekshirish va hakozo.
Ona tilini chuqur o‘rgatish yuzasidan VII-XI sinflar uchun tuzilgan dastur asosan mazkur sinflarga shu vaqtgacha nashr qilinib turgan ona tili dasturining nazariy va amaliy jihatdan chuqurlashtirilgan ko‘rinishidir. Bu dasturda VII-IX sinflarning amaldagi dasturga nisbatan grammatikani o‘rgatishga; og‘zakiva yozma savodli nutq ko‘nikma va malakalariga amaliy yondashish kuchaytirilgan. Bu tinish belgilarning qo‘llanishiga, ifodalanayotgan fikr mazmunini aniqroq va ta’sirliroq bayon qilishda gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarining ahamiyati, nutqda har xil sinonimik qo‘shimchalardan foydalanish kabi masalalarga ko‘proq e’tibor berilgan. Har bir sinfda o‘rganiladigan bo‘limlarda turli sintaktik tuzilishdagi gaplarni har xil muammo qirralarini ifodalovchi ohang bilan aytish ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor kuchaytirilgan.
Ona tili chuqurlashtirib o‘rgatiladigan maktablarda /sinflarda/ o‘quvchilar o‘rganilgan nazariy tushunchalarni ifodalovchi atamalarni aniq bilishlari talab qilinadi. Ayrim hollarda ba’zi o‘quvchilar qo‘llangan atamaga nisbatan o‘z munosabatlarini ham bildirishlariga yo‘l qo‘yish mumkin. Bunda mulohazalarni o‘qituvchining o‘zi yaqinlashishi kerak.
Qoida va ta’riflarni esa hamma vaqt ham yod aytib berish shart emas. O‘quvchi qoida yoki ta’riflarda qo‘llangan atamani to‘g‘ri va aniq aytish, qoida va ta’riflarning mohiyatini o‘ziga ham bayon qilishga ham imkon berish kerak.