ELEKTRON DARSLIK – an’anaviy darslikdan farqli o‘laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan o‘rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlashtirilgan darslikdir. U komputer texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan adabiyot.
ELEKTRON SHAKLDAGI O‘QUV-USLUBIY MATERIALLAR – bular elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ma’ruza matnlari, elektronkutubxonalar, mos (CD, Flash vah.z.) sig‘imdagi audiovizual materiallar, interfaol o‘quv kurslari, komputerda hisoblash tajribasini o‘tkazish uchun laboratoriya vazifalari, test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tizimlar.
O‘QUV QO‘LLANMA – darslikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‘yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o‘zlashtirishini ta’minlovchi ayrim bob va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg‘ulotlarni olib borishga mo‘ljallangan nashr.
Foydalanilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar:
1. To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
2. G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T: Fan va texnologiyalar, 2012.
3. Roziqov O.v.b. Ona tili didaktikasi. – T: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2005.
4. G‘ulomov A., Nе’matov H. Ona tili ta’limining mazmuni. – T.: O‘qituvchi, 1995.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo‘raboyeva. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik / To‘ldirilgan 4-nashri. – T.: Ma’naviyat, 2015. – 224 b.
2. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun. – T.: Tasvir, 2013. – 208 b.
3. N. Mahmudov va boshq. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 7-sinfi ucnun darslik / To‘ldirilgan va qayta ishlangan 3-nashr. – T.: Ma’naviyat, 2013. – 160 b.
4. M.Qodirov, H.Ne’matov, M.Abduraimova, R.Sayfullayeva. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. – T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014. – 144 b.
5. N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sh.Sobirov. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.: Tasvir, 2010. – 128 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |