1 ma’ruza mashg‘uloti


Uzviylashtirilgan o‘quv dasturlari, darslik, o‘quv qo‘llanmalarining qiyosiy tahlili



Download 100,95 Kb.
bet5/13
Sana09.03.2022
Hajmi100,95 Kb.
#487718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 ma’ruza mashg‘uloti

Uzviylashtirilgan o‘quv dasturlari, darslik, o‘quv qo‘llanmalarining qiyosiy tahlili.

O‘zbekiston mustaqilligi bilan bog‘liq holdagina adabiyot dasturining bir necha avlodi yaratildi. Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar davlat ta’lim standartlarining yaratilishi, yangi o‘quv rejalarining ishlab chiqilganligi, ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi yangilanishlar dasturlarni ham qayta ko‘rib chikish zaruriyatini taqozo etdi va 187-sonli qaror qabul qilindi.
1991- yildan buyon maktab adabiy dasturlari jiddiy takomil yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘lda, ayniqsa, 1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi alohida bosqich bo‘ldi.
Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari badiiy asarlarni tanlash tamoyillarini ham belgilab beradi. Taniqli metodist M.V.Cherkezova ko‘rsatganiday, “Milliy maktablarda asarlarni va ularni o‘rgatish metodikasini tanlash uchun ilmiy adabiyotshunoslik mezonlari, adabiy fakt va hodisalarga nisbatan tarixiy-genetik, tarixiy-funksional va qiyosiy-tipologik yondashuvlar birligi asos bo‘lib xizmat qiladi”1.
Dastur eng muhim davlat hujjati bo‘lib, uni bajarish majburiydir. O‘qituvchining asosiy vazifasi davlat dasturi talablarini to‘la va samarali tarzda amalga oshirishdan iborat. Shunga ko‘ra xam o‘qituvchi uni to‘la bilishi, uning barcha qismlari haqida aniq tasavvur va ma’lumotga ega bo‘lishi shart.
Dastur o‘qituvchining ish faoliyatidagi eng asosiy manbadir. Unda amaliy harakatga ko‘rsatma ham, eng muhim ma’lumotnoma ham mujassamlashgan. Hozirgacha dasturlar umumta’lim maktablarining barcha bo‘g‘inlarini (I-IV yoki V-X1 sinflar) qamrab olardi. “Ta’lim haqida”gi yangi Qonun ta’lim tizimiga bir qator yangiliklarni olib kirdi. Unga ko‘ra endi umumiy o‘rta ta’lim I-IX sinflarni qamraydi. Bundan keyin esa o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshlanadi. Demak, dasturlar ham shundan kelib chiqqan holda boshqa-boshqa bo‘ladi.
Umuman dasturda adabiyot kursi to‘laligicha tavsiflab borildi. Har bir sinfdan adabiyot kursining mazmuni va ish tartibi, har bir mavzuniig mohiyati muayyanlashtiriladi. Unda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lish ilmiy-nazariy, adabiy tushunchalar, asarni o‘rganish, nutq o‘stirish, sinfdan tashqari o‘qitish, asarlar yuzasidan suhbat uchun ajratiladigan soatlar miqdori, adabiyotdan o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan og‘zaki va yozma ish turlari, predmetlararo aloqa, sinfdan tashqari o‘qishdagi asarlar ro‘yxati berilgan.
Davlat dasturini bajarish asosida o‘qituvchi o‘quvchilardagi adabiyot va san’atga bo‘lgan muhabbat, ijodkorlik, ijodiy faollik, yuksak axloqiy an’analarni takomillashtirish va o‘stirishga asosan e’tibor bermog‘i lozim.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida yaratilgan takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, jumladan, ona tili o‘quv dasturi xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, ona tili fani 5-­9- sinflarda 646 soat hajmda, haftasiga 19 soat, shundan 5- sinfda 6 soat, 6-sinfda 5 soat, 7-sinfda 3 soat, 8-sinfda 3 soat, 9-sinfda 2 soat o‘qitiladi.
Ona tili fanini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-9-sinflarida esa 986 soat, haftasiga 29 soat, shundan 5 sinfda 8 soat, 6- sinfda 7 soat, 7-sinfda 5 soat, 8-sinfda 5 soat, 9-sinfda 4 soatdan o‘qitiladi. Shu urinda “Nutq madaniyati” yondosh o‘quv dasturi ham har bir sinf uchun alohida berildi.
O‘quv dasturida “Uqtirish xati” keltirilgan bo‘lib, unda Ona tili fanini o‘qitishning ahamiyati va unga zamonaviy yondashuvlar, fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari, o‘quv dasturi mazmunida aks etgan grammatik mavzularni yoritishda o‘quv rejada keltirilgan “Hayot xavfsizligi asoslari”, “Tejamkorlik saboqlari” va “Iqtisodiy bilim asoslari” kurslarining mazmunini singdirib o‘qitish hamda ona tili o‘quv fani buyicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari kiritildi.
Ona tili fani Davlat ta’lim standartida umumiy ko‘rinishda berilgan tayanch komptensiyalar A2 va A2+ darajaga ajratib berildi. Har bir sinfning boshida o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan shu sinfga xos tayanch komptensiya elementlari berildi.
Har bir sinfda o‘rganiladigan bulim va mavzular nomlari hamda ularga ajratilgan soatlar ko‘rsatildi. Bunda har bir bo‘lim mazmuni va fanga oid komptensiyalar elementlari ochib berildi.
Ona tili fanining xususiyatidan kelib chiqib o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar elementlarining shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishi hamda o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, takrorlash soatlari ajratildi.
A2 va A2+ (9-sinf) yakunida o‘quvchilarda shakllangan tayanch hamda fanga oid kompetensiyalar elementlari keltirildi.
O‘quv dasturining oxirida o‘quv dasturini tuzuvchi ishchi va ekspert guruhlari tarkibi berildi.
Amaldagi o‘quv dasturi va o‘quvchilarda komptensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirish asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturining qiyosiy tahliliga ko‘ra 5, - 9 sinf dasturlarida umumiy 31, 2 % o‘zgarish bo‘ldi. Bunda 5, 6, 7- 9-sinflarda takrorlash va mustahkamlash darslari hisobidan 4 soatdan “Matn” yunalishiga aloqador yangi mavzular va “Leksikologiya” bo‘limiga 37 soat hajmda, 8-sinfda esa 2 soatga mo‘ljallangan yangi mavzular kiritildi.
Shuningdek, 5sinf o‘quv dasturida “Morfologiya” bo‘limiga amaldagi dasturda ajratilgan 40 soat 17 soatga, “Sintaksis” bo‘limiga ajratilgan 35 soat 17 soatga, “Fonetika” bo‘limi 46 soatdan 33 soatga qisqartirildi
Nazorat uchun savollar
1. Ta’lim sohasiga oid asosiy me’yoriy hujjatlar kaysilar?
2. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarining maqsadi nimalardan iborat?
3. O‘quv dasturlari, o‘quv rejasi va darsliklarning uzviyligi haqida ma’lumot bering.
4. Ona tili va adabiyot fanidan darslik, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilishdan maqsad nima?
5. Ona tili va adabiyot fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSning mazmuni, maqsad va vazifalari haqida gapiring. Unda ona tili va adabiyot fanidan o‘quvchilarga qanday talablar qo‘yilgan?
6. Yangi DTSning avvalgisidan farqi nimalarda ko‘rinadi?



Download 100,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish